Korxona hayotiyligida marketing tadqiqotlarini samarali tadbiq etish yo‘nalishlari
Iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha ilg‘or marketing qurollarini keng va har tomonlama hisobga oladigan marketing tadqiqotlarini olib borishning to‘liq chizmasi chop etilmagan. Bu nuqsonni quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, marketing tadqiqotini olib borish algoritmi uning maqsadi va vazifalariga ko‘p darajada bog‘liq.
Ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini rejalashtirish chizmasini amaldagi maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ongli ravishda soddalashtirish.
Uchinchidan, tadqiqotlarni olib borish usullari va metodlarining doimiy ravishda yangi ishlanmalar bilan to‘ldirilib borishi.
Marketing tadqiqotlari marketing ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ixtiyoriy marketing faoliyatidan boshqa narsa emas, ya’ni muayyan marketing faoliyati uchun ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va prognozlash tizimidir. Demak, marketing tadqiqoti bu yerda korxonaning marketing faoliyati har qandaysiklning boshlanishi va mantiqiy yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Savol kelib chiqadi: bunday tadqiqotning maqsadi nima? Tabiiyki, marketing qarorlarini qabul qilishda duch keladigan noaniqliklarni kamaytirish.
Qayd etish kerakki, adabiyotda har qanday marketing tadqiqoti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qism: muayyan bozorlarni va firmalarning bozorga chiqishi va o‘z o‘rnini mustahkamlab olishi uchun o‘zining imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat, degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, bozorni o‘rganish — kompleksli marketing tadqiqotining bir qismi. Marketing tadqiqotining majburiy shartlari quyidagilar:
tadqiqotlar tizimli haraktyerda bo‘lishi kerak, shu holdagina samaradorlikni kutsa bo‘ladi;
marketing tadqiqotlarini olib borishda obyektivlik va aniqlikka asoslangan ilmiy yondashishga rioya etilishi kerak;
marketing tadqiqotlari qaror qabul qilish uchun axborot talab etadigan marketingning har qanday tomoniga nisbatan qo‘llanilishi mumkin;
tadqiqot — ma’lumotlarni to‘plash, materiallarni qayd qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladigan ko‘p bosqichli jarayon;
ma’lumotlar korxonaning o‘zidan, betaraf tashkilot yoki mutaxassistadqiqotchilardan kelib tushishi mumkin.
SHu bilan birga keyingi paytlarda marketing tadqiqotlarida keng ma’noda jamoat fikrini baholash, ijtimoiy tadqiqotlar keng qo‘llanila boshladi. Xalqaro savdo palatasi ESOMAR (Jamoatchilik fikri va marketingni o‘rganish bo‘yicha Evropa hamjamiyati)ning 1976 -yilda qabul qilingan marketing va ijtimoiy tadqiqotlar amaliyotiga doir Xalqaro kodeksiga ko‘ra marketing tadqiqotlarini olib borishning muayyan yondashish (qoida)lari mavjud. Mazkur holda marketing tadqiqotlari deganda alohida shaxslar va tashkilotlarning iqtisodiy, jamoat, siyosiy va har kunlik faoliyatida ularning xulqatvori, ehtiyojlari, munosabatlari, fikrlariga tegishli ma’lumotlarni tizimli to‘plash va obyektiv yozib olish, tasniflash, tahlil qilish va taqdim etish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |