Biznes-reja funksiyalari quyidagilar:
korxona faoliyatini rejalashtirishni samarali amalga oshirish va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash, kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish, natijalarni aniqlash va tahlil qilish;
korxona strategiyasini ishlab chiqish bazasini yaratish – korxona faoliyatini boshlash, kerakli resurslar bilan ta’minlash, amalga oshirish, yangi yo‘nalishlarni aniqlash, tashkil etish, boshqarish;
pul mablag‘larini jalb qilish;
ishga o‘z sarmoyasi yoki texnologiyasi bilan ishtirok etishni istaydigan hamkorlarni jalb etish.
Biznes-rejaning asosiy va umumiy vazifasi korxona faoliyati va uning istiqbolini aniq, asosli, yaxlit tarzda ifodalab berish hisoblanadi. Shu bilan birga, uning alohida vazifalari ham mavjud. Ular quyidagilar:
korxona faoliyatining aniq sohalari va yo‘nalishlari, mo‘ljallangan bozori va unda korxona o‘rnini aniqlash;
korxona faoliyatining uzoq va qisqa muddatlardagi maqsadlari, ularga erishish strategiyasi, taktikasi va mas’ul xodimlarni belgilash;
ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan tovarlar (xizmatlar)ni tanlash, ularning turlari va ko‘rsatkichlarini baholash;
mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash va baholash;
o‘ylangan ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurslar va shart-sharoitlarni aniqlash, ular bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash;
marketing va menejment sohasida kompleks tadbirlarni belgilash;
kelajakda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini pasaytirish choralarini ko‘rish;
hamkorlar topishga ko‘maklashish ularni mazkur ishga qiziqtirish va unga ishtirok etishga ko‘ndirish.
Biznes-reja tuzishga ham uning tarkibi, strukturasi ham korxona faoliyatining xususiyatlari va rejaning maqsadlari, kreditorlar, investorlar, hamkorlarning shaxsiy talablariga muvofiq har xil bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari biznes-reja ichki foydalanuvchi va xodimlar yoki tashqi foydalanuvchi kreditorlar, investorlar, hamkorlarga mo‘ljallanishiga qarab ham farq qiladi. Ammo biznes rejaning shakli va tuzilishidan qat’iy nazar unda aks ettiriladigan shunday masalalar borki, ular har qanday biznes rejada bo‘lishi shart. Bunda masalalar biznes-rejaning asosiy mazmunini tashkil etadi va ularga quyidagilar kiradi:
korxona qanday ish bilan shug‘ullanadi?
uning maqsadi nima?
belgilangan maqsadga erishish uchun qanday strategiya va taktika tanlab olinadi?
korxona faoliyati uchun qancha moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar kerak?
ulardan qancha muddatga va qanday foydalaniladi?
chetdan olingan qarzlar va investitsiyalar qachon va qanday qaytariladi?
Biznes rejaning strukturasi, alohida qismlari va ularning mazmuni umumiy ko‘rinishda quyida keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |