Firma, iste’molchilar va jamiyat manfaatlarining moslashuvi firmaning mijozlar, raqobatchilar, ta’minotchilar, o‘zining xodimlariga munosabat, shuningdek, jamoatchilik va ijtimoiy atrof-muhit bilan munosabatlarni belgilaydigan falsafiy tamoyillardan iboratdir.
8.2.Marketing strategiyalarining tizimi va ko‘rinishlari
Marketing strategiyasi deganda ma’lum muddatga belgilangan korxonaning bozordagi xatti-harakatlari tamoyilining modelidan foydalanish tushuniladi. Uning yordamida korxona o‘z muvaffaqiyatini ta’minlashga intiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalarini uch darajada ko‘rib chiqish mumkin:
korporativ;
funksional;
instrumental.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaxshiroq foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi. SHu bilan bog‘liq holda ular faoliyat hajmining kengayishi, bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining tashabbusini va ijodini rag‘batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalarni hal qilishga moslashtirilgan.
Korporativ strategiyalar uch guruhga bo‘linadi: portfelli strategiyalar, o‘sish strategiyalari va raqobat strategiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |