I-modul. O’zbekistonda mavjud bo’lgan yengil sanoat korxonalari



Download 208,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi208,63 Kb.
#418857
  1   2
Bog'liq
1-Mavzu



I-modul. O’zbekistonda mavjud bo’lgan yengil sanoat korxonalari 
1-Mavzu. Kirish. Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlarini ishlab 
chiqarish jihozlari haqida umumiy ma’lumot. Tikuvchilik mashinalari tarixi. 
REJA: 
1. “Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari” 
fanining maqsadi va vazifalari 
2. Bu fanning yengil sanoatdagi o’rni 
3. Tikuv mashinalarining paydo bo’lishi tarixi 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, respublika 
iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati 
kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni 
qo’ydi. Jumladan, tikuvchilik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli
chiroyli kiyimlar bilan tahminlash yengil sanoat xodimlari oldida turgan muhim 
vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yo’ksak 
samarali texnikaga ega bo’lgan korxonalarni yaratish kerak bo’ladi. Hozirgi
paytda Vatanimiz tikuvchilik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida 
ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to’ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil 
moslamalar 
bilan 
jihozlash 
orqali 
texnologik 
jarayonlarni 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish davom etmoqda. Ishlab chiqarishning 
tayyorlov va bichish bo’limlaridagi ishlarni mexanizatsiyalashtiradigan mashina, 
mexanizmlar va tashish qurilmalari kompleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning 
nuqsonini aniqlaydigan, bo’yi va enini aniq o’lchaydigan yangi mashinalar joriy 
qilinmoqda. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik asosda rivojlantirilib, 
elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish mumkin bo’ldi. Kiyim qirqimlarini 
lazer nurlari, ultratovush, yuqori chastotali elektr uchquni bilan bichishda 
dasturlashtirilgan elektron boshqaruv sistemalaridan foydalanilmoqda. 
Bir vaqtning o’zida bir nechta texnologik jarayonni bajarish imkonini 
beradigan tikuv mashinalari keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda tikuv 
bo’limlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga oid quyidagi 
ishlar olib borilmoqda: 
- kiyim qirqimlarini tikish jarayonida yordamchi va qo’lda bajariladigan 
ishlarda yarim hamda to’la avtomatlashtirilgan maxsus mexanizmlarni joriy etish; 
- kiyimlarning asosiy detallarini tikishga mo’ljallangan maxsus qurilmalar 
va mashinalar kompleksini ishlab chiqish; 
- buyumlarga issiqlik va namlik bilan ishlov berishni avtomatlashtirish va 
nazorat qilish; 


-bir vaqtda bir nechta ishni bajaradigan maxsus mashinalarni va kichik 
mexanizatsiyalashtirilgan komplekslarni ishlatish. 
Albatta tikuvchilik sanoatini rivojlantirish bilan birgalikda sanoatni zamon 
talablariga javob beradigan yuqori malakali, yetuk mutaxassis kadrlar bilan 
tahminlash kerak bo’ladi. 
O’zbekistonda 1918—1919-yillarda 600—700 ishchidan iborat "Qizil tong" 
tikuvchilik korxonasi tashkil etildi. 1922 yillarda, fuqarolar urushining tugashi 
bilan ishchi kuchi va xom ashyoning bo’lmaganligi sababli bu korxona yopildi. 
1923 yillarda ilgarigi tikuvchilik korxonalari asosida hunarmandchilik 
kooperativi "Rabkoop №9" tashkil etildi. Bu O’zbekistonda tikuvchilik sanoatining 
tashkil etilishining boshlanishi edi. Bunda ish qurollari asosan qo’l ignasi, ko’mir 
bilan isitiladigan dazmol, kichik unumli qo’l va oyoq bilan ishlaydigan tikuv 
mashinalaridan iborat edi. 
1924 yilda "Qizil tong" tikuvchilik korxonasi qayta ishga tushirildi. Ikkinchi 
jahon urushigacha bo’lgan besh yilliklar davrida: 1930 yilda Buxoro, Samarqand, 
Toshkent; 1932 yilda Qo’qon va Andijon, 1937 yilda Urganchda yangi korxonalar 
qurilib, eskilari rekonstruktsiya qilindi. O’zbekiston yirik tikuvchilik sanoati bor 
respublikaga aylandi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Ukraina, Belorussiya va boshqa joylardan 
tikuvchilik ustaxonalari O’zbekiston, Qozog’istonga ko’chirildi. O’zbekistonda 
yangi Chirchiq, Qarshi, Namanganda tikuvchilik korxonalari qurildi. Hamma 
tikuvchilik korxonalarida majburiy ravishda qo’llash uchun kiyim tikishning 
tipovoy texnologik konstruktsiyasi ishlab chiqildi. 50-yillarga borib, eskirib ketgan 
asosiy uskunalarning 25—30%i yangilandi, maxsus mashinalar, presslar ishlatila 
boshlandi. Buxoro, Toshkent, Andijon, Qo’qon korxonalarini konveyerlashtirish 
natijasida unumdorlik 12—15% ga oshdi. 
Keyingi paytlarda tikuvchilik sanoatining samaradorligini oshirish
maqsadida bir necha mayda korxonalarni birlashtirib, ishlab chiqarish 
birlashmalari tashkil qilindi. (Masalan, "Qizil tong", "Yulduz" Toshkentda, 
"Sanam" Qarshida, "8mart" Samarqandda, "B. Amonova", "Nigora" Buxoroda va 
h.k.) 
Tikuvchilik sanoati boshqa sohalar bilan chambarchas bog’liq. Masalan, 
to’qimachilik, kimyoviy, mashinasozlik, mo’ynachilik va h.k. 
Bu sohalar tikuvchilik sanoatiga gazlama, turli xil kimyoviy materiallar, 
asbob uskunalar, mo’yna va furnitura yetkazib beradi. Xalq xo’jaligini 
ximiyalashtirish texnikaviy rivojlanishning asosiy yo’nalishidir. Uning xalq 
iste’moli uchun chiroyli, chidamli, qulay va arzon kiyim ishlab chiqarishda 
ahamiyati juda katta. Tikuvchilik korxonalari sintetik tolali gazlamalar, sun’iy 


mo’yna, porolon, flizelin, proklamelin, dublirin, sun’iy charm, sintetik yelimlar, ip, 
tugmalar oladi. 
Sanoat robotlarini tikuvchilik sanoatida qo’llashdan birdanbir maqsad shuki, 
mehnat jarayonini yaxshilash va kishi sog’ligi uchun zararli va og’ir jismoniy 
ishlarni bajarishni yengillashtirishdir. 
Hozirgi "Bozor iqtisodiyoti" Sharoitida (raqobat davrida) asosiy e’tiborni 
ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatiga qaratish kerak. Buning uchun eskirgan 
jihozlarni yangilatish, modellarni o’zgartirish, yangi materiallarni ishlatish, 
malakali kadrlarni tayyorlash kerak. 

Download 208,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish