Epik turning birinchi bo`g`ini uch xususiysti bilan ajralib turishi.
Epik turining birinchi bo’g’ini epos uch xususiyati bilan ajralib turadi: birinchisi – ob’yektivlik, voqeaning tashqarisida turib bayon qilish. Bu bilan eposda muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, degani emas. Xolis turib bayon va tasvirlash eposning bosh alomati. Xolislik ba’zan muallifning mavqei va dunyoqarashi, deb baholashga ham duch kelamiz. Xolis turib tasvirlash bioan muallif mavqeini ajrim qilmaslik, asarni nodurust baholashga olib keladi. Masalan, Qodiriy “Yig’indi gaplar” asarida xolis turib tasvirlashni muallifning mavqeini tub tushunganlik asarni nodurust baholashga olib keldi. Go’yo asar qahramonining ovsarona gaplari, ayniqsa, Respublika rahbarlari haqida gaplar muallifning qarashi bo’lib ketgan.
Eposning ikkinchi xususiyati ko’lamdorligidir. “Alpomish” dostonida zakot bahonasida o’zbek urug’i bilan qalmoq qavmi o’rtasida keng ko’lamdagi voqealar aks ettirilgan. YOki Oybekning “Navoiy” romanida ham xuddi shu taqlidda hayotning keng ko’lami ifodalangan.
Eposning uchinchi alomati voqeabandlik. Bu janrda voqea va inson hukmronlik qiladi. Inson ba’zan voqea ustidan hukmron, ba’zan voqea inson ustidan hukmronlik qiladi. Bunga “Urush va tinchlik”, “Qullar” romanlarini misolga keltirish mumkin. Ayniqsa, xalq og’zaki ijodidagi qahramonlik eposlarida voqea va inson hukmronlik qiladi.
Belinskiy qadimiy epos bilan zamonaviy eposni farqlashni juda o’rinli ta’kidlagan. Bu fikr Izzat Sultonning qarashida yanada oylinlashgan. Avvalambor, qadimiy va zamonaviy epos uchun uch alomat xos. Ammo qadimiy va yangi eposning tub ajrim alomati realzmdir. “Go’ro’g’li”, “Manas”, “Alpomish” qadimiy qahramonlik eposlari bo’lsa, “Qullar” va “Navoiy” zamonaviy epos sirasiga kiradi. Mashhur adabiyotshunos Izzat Sulton zamonaviy eposning janrlari sifatida - roman, qissa, hikoya va novella, deb uqtiradi.
Roman – Gegel’, Belinskiy romanni zamonaviy epos, deb baholashgan. “Hayotning keng manzarasini tasvir etuvchi epik asar “roman” deb ataladi” (I.Sulton, 248).
Qadimiy eposlarda uch alomat mubolag’aviy tarzda, zamonaviy eposda esa aniq, realistik tarzda namoyon bo’ladi.
Belinskiy “Zamonamizning epopeyasi roman”da qadimiy epopeyaning barcha xususiyatlari mavjud. Agar qadimiy eposda asos voqea bo’lsa, roman inson va uning shaxs sifatida muammosi birinchi rejaga chiqadi. Romanda endi muallif erkin harakat qiladi, ya’ni nutqiga keng o’rin beradi. CHunki muallif asar voqeasi kechayotgan muhit, sharoitga baho berishi ham kerak.
Romanning yana bir yangi alomati dramatizm va lirizmga keng o’rin beriladi. Otabek va Homidning ziddiyatlari dramatizm bo’lsa, har ikki yoshning sevgi borasidagi his-tuyg’ulari lirizmdir.
Izzat Sulton “Eposining eng oliy nodir shakli epopeyadir”, deydi va unga “Urush va tinchlik”, “Tinch Don”, “Qullar”, “Navoiy”ni misolga keltiradi.
Xulosa, epos epik tasvir nazarda tutadigan epik turning umumiy belgi va xususiyati. Epopeya esa eposning eng oliy va sara ko’rinishidir.
Qissa. Zamonaviy epos turidir. U romanga ko’ra voqeaning ixcham va oz sonli qahramonlar hayoti haqida hikoya qiluvchi janrdir. Qissada “odatda, lirizm, hikoya va romanga nisbatan kuchliroq bo’ladi” (I.Sulton, 248).
Olim qissa bilan povestni ba’zi xususiyatlariga ko’ra farqlashni tavsiya qilib, qissani povestdan sevgi mavzusiga bag’ishlanganligi bilan ajrim qilishni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |