I-modul. Kirish. Badiiy adabiyotning umumiy xususyatlari 1-mavzu: Adabiyotshunoslikning asosiy va qo‘shimcha tarkibiy qismlari (2 s)



Download 150,42 Kb.
bet55/74
Sana09.02.2022
Hajmi150,42 Kb.
#438271
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
MA\'RUZA

Gyustav Flober (1821–1880) “Bovari xonim” asarini besh yil mobaynida yozgan. Ish juda sekin va ogʻir kechgan: “Bovari” oldinga siljimayapti. Bir haftada ikki sahifa qogʻozga tushadi, xolos! Tushkunlikdan boshingni toshlarga urging keladi”, deb eslagan edi yozuvchi.
Flober toʻqqizda uygʻonar, hali oʻrnidan turmasidan xatlar va gazetalarni oʻqir, onasi bilan suhbatlashib oʻtirardi. Soʻng vannaga tushar, nonushta va tushlikni bir qilib ovqatlanar va sayrga otlanardi. Bir soat davomida jiyaniga tarix va geografiyadan saboq berar, soʻng kresloga mustahkam oʻrnashib olib, kechki yettiga qadar mutolaa qilardi. Kechlikdan soʻng onasi bilan gurunglashar, vaqt allamahal boʻlgachgina yozishga oʻtirar edi. “Ish – hayotdan uzilishning eng yaxshi usuli”, deb qayd qilgan edi yozuvchi. Haqiqatan ham, u borliq olamdan uzilib, rohatlanib ishlardi.
Jeyms Joys (1882–1941) oʻzi haqida: “Odamning yaxshi fazilatlari kam, u ichkilik va hafsalasizlikka moyil boʻladi”, deb yozgandi. Yozuvchi hech qanday tartib-qoidaga amal qilmagan. U toʻqqizgacha uxlashga odatlangan edi. Ingliz tilidan dars berish va pianino chalishdan pul topar, tinimsiz qarz olar, pulini soʻragan kreditorlarni siyosat bilan qoʻrqitib kun koʻrardi. “Uliss”ni yozish uchun unga yetti yil kerak boʻldi. Bu davrda u sakkiz kasallikni boshdan kechirdi, Shveysariya, Italiya va Fransiyaga oʻn sakkiz marta safar qildi. Tanaffuslar bilan oʻtgan ijod jarayonida u yigirma ming soatini ishlashga sarfladi.
Albatta, har bir inson alohida dunyo. Birov jondan yaxshi koʻrgan narsani siz yoqtirmasligingiz mumkin. Biroq koʻpchilikka xos umumiy xususiyatlar ham boʻladi. Yuqorida hayot tarzi bilan tanishgan yozuvchilarimizni birlashtiruvchi bitta jihatga eʼtibor bergan boʻlsangiz kerak: ularning aksariyati yozishga jiddiy eʼtibor bergan. Deyarli har kuni yozgan. Siz shunday qila olasizmi? Bir ustozim Lev Tolstoyning ajoyib odatini bot-bot aytib turardi. Buyuk yozuvchi agar biror kun yozolmasa, hech qursa “Bugun men hech narsa yoza olmadim”, deb qogʻoz qoralab qoʻyarkan. Futbol sharhlarida “U hozir sport formasida”, “U sport formasini hali yaxshi tiklab ololgani yoʻq” singari iboralarni eshitib qolamiz. Biror jarohat olgan yoki shugʻullanishni susaytirgan sportchi oʻz formasini yoʻqotib qoʻyadi, yaʼni oldingiday yaxshi oʻynolmaydi. Har kuni turnikda yigirmatadan tortiladigan yigit bir hafta kasal boʻlib yoki ishga chalgʻib tortilmasa, keyin qiynaladi, oʻzini oʻnglab olishi qiyin kechadi. Yozuvchilik ham xuddi shunday: muntazam shugʻullanishni, oʻqib-oʻrganib, ong-tasavvur “mushak”larini chiniqtirib borishni talab etadi. Shu bilan birga sogʻlom turmush tarziga amal qilish, soddaroq aytadigan boʻlsak, sport bilan shugʻullanish, hayotdan uzilmaslik, jismoniy mehnat bilan ham shugʻullanib turish, ochiq havodagi sayrlarga chiqish ishlash kayfiyatini uygʻotadigan, odamdagi asabiy zoʻriqishlarni kamaytiradigan muhim jihatlardir. Ana shu narsalar kundalik turmushingizga kirsa, ishingizga unum qoʻshilishi aniq.

Download 150,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish