I-мodul bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari mavzulari


II-modul bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar mavzulari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/131
Sana13.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#791539
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
Bog'liq
entomologiya labaratoriya uzb

II-modul bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar mavzulari 
 
7-amaliy mаshg‘ulоt. Mavzu: Hasharotlarning nerv sistеmasi
va sezgi organlari tuzilishi

 
 
Dars maqsadi:
Talabalarga hasharotlarning nerv sistеmasi va sezgi organlari 
tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot berish. 
 
Idеntiv o‘quv maqsadlari:
1. Hasharоtlarning nerv sistеmasi haqida ma’lumot bera oladi.
2. Hasharоtlarning sezgi organlari tuzilishini tushuntira oladi.
Kеrakli materiallar va jihоzlar: 
Kеrakli materiallar, jihоzlar va o‘rganish 
оb’еkti 5-amaliy mаshg‘ulоtnikiga o‘xshash. Hasharotlarning nerv sistemasi va sezgi 
organlari tuzilishini suvarak yoki yirik chigirtkalar misolida o‘rganish qulay.
Ishning bajarilish tartibi: 
Ishning bajarilish tartibi hasharotlarni yorib nerv 
tizimini o‘rganish 5-amaliy mаshg‘ulоtnikiga o‘xshash.
Hasharotlarning nerv sistemasi boshqa hamma bo‘g‘imoyoqlilarnikiga o‘xshash 
qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo‘lsada, turli darajada murakkablashgan. Hasharotlarning 
bosh miyasi prototserebrum, deytotserebrum va tritotserebrum deb ataladigan uchta 
bo‘limdan iborat 
(nazariy qismining 76-betidagi 16-rаsmga qarang). 
Bosh miya uchta bosh segmentlari-gangliylarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Prototserebrumning ikki yonida ko‘zlarni boshqaradigan ikkita ko‘rish bo‘laklari joylashgan. 
Bosh miyaning o‘rta bo‘limi deytotserebrum ancha yirik bo‘lib, mo‘ylovlarni idora qiladi. 
Uning ostki qismi maxsus hidlov bo‘laklarini hosil qiladi. Bosh miyaning uchinchi bo‘limi 
tritotserebrum qisqichbaqasimonlarning 2-juft, mo‘ylovlari segmentiga mos keladi.
Undan yuqori labga nervlar chiqadi. Halqumosti nerv tuguni mandibula, maksilla va 
pastki lab bo‘g‘imlariga mos keluvchi uch juft gangliylami birga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. 
Undan yuqori jag‘lar, pastki jag‘lar va pastki lablarga ketuvchi uch juft nervlar chiqadi. 
Hasharotlarning murakkab xulq-tvori prototserebrumdagi 
zamburug‘simon tana 
bilan 
bog‘liq. Chunki bosh miyaning bu qismi eng murakkab xulq-atvorga ega bo‘lgan 
hasharotlar, ayniqsa jamoa bo‘lib yashovchi arilar, termitiar va chumolilarda kuchli 
rivojlangan. Hatto bir turning har xil tabaqalariga tegishli bo‘lgan individlar bosh 
miyasining zamburug‘simon o‘simtasi turli darajada rivojlangan. Masalan, hayotiy faoliyati 
xilma-xil va murakkab bo‘lgan ishchi chumolilarda zamburug‘simon tana malika va erkak 
chumolilarga nisbatan kuchli rivojlangan. 
Qorin nerv zanjiri uchta ko‘krak va 8 tagacha qorin nerv tugunlaridan iborat. Ko‘pchilik 
hasharotlarda ayrim qorin nerv tugunlari birga qo‘shilib ketganligi sababli ularning soni ancha 
qisqaradi. Ba’zan qorin va ko‘krak gangliylari birga qo‘shilib, yaxlit ko‘krak nerv massasini 
hosil qiladi; qorin bo‘limida esa faqat nervlarning o‘zi saqlanib qoladi.
Hasharotlarda ko‘rish, hid va ta’m bilish, sеzish va eshitish organlari mavjud. 
Ular atrof muhit ta’siriga asosan hid bilish organlari yordamida rеaksiya ko‘rsatadi.


286 
Hasharotlarning sezgi organlari xilma-xil va ancha murakkab tuzilgan. Ularda 
mexanik, tovush, kimyoviy, namlik, harorat, yorug‘lik va boshqa xilma-xil 
ta’sirotlarni qabul qiluvchi 
mexanoretseptorlar, xemoretseptorlar, termoretseptorlar 
va 
fotoretseptorlar 
bor.
Hasharotlar sezgi organlarining morfologik va funksional asosini kutikula bilan 
bog‘langan sezgi organlar-
sensillalar 
tashkil etadi. Sensillalar butun tanada tarqalgan 
bo‘lib, ayniqsa hasharotlarning mo‘ylovlari, og‘iz organlari, oyoqlari va dumidagi 
o‘simtalarda ko‘p bo‘ladi. Erkak asalarilarning mo‘ylovlarida 30 mingga yaqin 
tangachasimon hidlov sensillalari joylashgan.
Tuyg‘u organlari funksiyasini asosan 
trixoid sensillalar 
deb ataladigan 
mexanoretseptorlar bajaradi 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish