7 - SINF O’ZBEKISTON TARIXI
I MAVZU: SOMONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY HAYOT
II-MAQSAD: A) TA`LIMIY: O`quvchilarga shu mavzu asosida
atroflicha ma`lumotlarni berish.
B) TARBIYAVIY: O`quvchilarni Vatanga sadoqtali
farzandlar qilib tarbiyalash.
V) RIVOJLANTIRUVCHI : O’quvchilarga Somoniylar
davrida qishloq xo’jaligi,bog’dorchilik,
hunarmandchilik,ichki va tashqi savdo
haqidagi ma’lumotlarni berish.
DARS TURI : Yangi bilim larni berish.
DARS USLUBI: Interfaol.
DARS JIHOZI: Xarita, plakat va tarqatmalar,note book.
III DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism a) Sinf xonasiga kirib o`quvchilar bilan salomlashaman
-
Navbatchi o`quvchi orqali davomatni aniqlayman va sinf
tozaligini tekshiraman. Keyin esa o’quvchilar bilan O;zbekiston va
jahonda sodir bolgan yangiliklar bilan suhbat o’tkazaman.
Aziz o’quvchilar kelinglar endi sizlar bilan yurtimizda yetishib
chiqqan allomalarni eslab olamiz
1 Abu Ali ibn Sino kim bo’lgan va u qaysi sohada ijod qilgan?
2 Alisher Navoiy kim bo’lgan?
3 Zahiriddin Muhammad Bobur qayerda va qachon tavallud topgan?
O’quvchilar bilan suhbat o’tkazib bo’lganimdan keyin O’tilgan
mavzuni o’quvchilardan so’rayman?
Aziz o’quvchilar biz o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’tganmiz?
O`tilgan mavzu: Somoniylar
O’tilgan mavzuni o’quvchilar qanday o’zlashtirganliklarini bilish
uchun o’quvchilarga savollar beraman.
Savollar: 1 Somoniylar qanday qilib Arab xalifaligidan mustaqil bo’lib oldilar?
2 Ismoil Somoniy haqida nima bilasiz?
3 Nima sababdan Movarounnahrning mustaqilllikka intilishi Arab
xalifaligiga yo’qmagan?
4 Nima sababdan Somoniylar va Safforiylar o’rtasida urush kelib
chiqdi?
5 Somoniylar boshqaruv tizimi qnday bo’lgan?
6 Somoniylar islomga qanday e’tibor berdilar? Islom dinining ma’naviy
hayotdagi mohiyati.
7 Somoniylarda mudofaa ishlari qanday yo’lga qo’yilgan edi?
8 Shuyx ul – islom qanday lavozim?
9 Ustod deb kimni atashgan?
10 Somoniylar davrida Vazir qanday lavozim edi?
IV YANGI MAVZU BAYONI.
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi
sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi. Sug’orish tarmoqlari
vositasida sug’orilib obod etilgan serunum vohalarda g’allakorlik,
Sholikorlik,paxtachilik,sabzavotchilik,polozchilik va bog’-
mosh,yasmiq,kunjut,no’xat,zig’ir va shu kabilarni yetishtirar
edi.Zig’ir,kunjut va kanakunjutdan moy olinardi.Vohalarda paxtachilik
kattagina o’rinni egallardi
Bog’dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi.Bog’ va chorbog’larda
uzum,anor,anjir,olma,nok,behi,o’rik,shaftoli,olxo’ri,olcha,tut,jiyda kabi
mevalar yetishtilar edi.
IX-X asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada
rivojlangan.Mamlakatning dasht va tog’oldi yaylovlarida qo’y va
echkilar,yilqilar va tuyalar boqilar edi.
Movarounnaxr va Xorazm shaxarlarida to’qimachilik, kulolchilik,
chilangarlik,miskarlik, zargarlik,shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-
hunar rivoj topadi.Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan
o’zgaradi.Unda katta-katta gumbazli toq-u ravoqli va peshtoqli imoratlar,
ustaxonalar,masjid,madrasa,maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad
ko’tardi.Endilikda shaharlar o’ndan ortiq darvozali kattagina
hunarmandchilik markaziga aylandi.
Shaharning do’nglik yerida joylashgan arkda odatdagidek podshohning
qarorgohi-dargoh,xazina, chaqa-tangalar so’qiladigan zarbxona va
qamoqhona bo’lardi.Uning markaziga Registon maydoni,devonlar,
maxkama saroyi,shuningdek,amirzodalar,saroy ayonlari,ruhoniylar,
mulkdor dexqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli
qasrlari,qurol-yaroq,asbob,egar-jabduq yasaydigan
ustaxonalar,hunarmandchilik do’konlari va savdo rastalari joylashgan.
Movarounnaxrning tog’li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan
konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi.Zarafshon
tog’larida temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush,feruza va boshqa
qimmatbaho toshlar, madanlar qazib olinardi.Eloq viloyati kumush va
qo’rg’oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi.Farg’ona
vodiysi tog’laridan temir, qo’rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza,
navshadil qazib chiqarilgan.Hatto Farg’onadan o’sha vaqtlardayoq
toshko’mir va neft topilib ishlatilgan.Konlarning yaqinida rudalarni eritib
ma’dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo’lardi.Narshaxiy
ning yozishicha Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-
mulk, sohibi shuxrat kabi o’nta devon orqali idora etlib ular orasida vazir
devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr II ( 914-943)
davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida sevonlar
uchun saroy qurilib maxkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi.
Maxkama xizmatchilari arab fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va
shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha
xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.Movarounnaxrning
ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi.Shu boisdan
ularning obro’yi oshib poytaxt Buxoro sharqda islom dinining eng nufuzli
markazlaridan biriga aylandi.Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar shu
jumladan Jome’ masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi.Shu davrda
Buxoro shahrida musulmon sharqidagi ilk ilmgoh- madrasa bunyot etiladi.
Buxoroning shu qadimiy madrasasi X asrda shaharning kavushdo’zlar
mahallasi yainida bino qilingan. U farjak madrasasi deb
yuritilgan.Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom
mafkurasiga bu davrda “ustod” deb atalgan din va ilm peshvolari
raxnamolik qilardi.Keyinchalik bu nom “shayx ul -islom” nomi bilan
yanada ulug’landi.Ustoddan keyin xatiblar turardi.
Somoniylar masjid, madrasa va xonaqoxlar qurish uchun maxsus joylar va
ularning sar- fu xarajarlari uchun katta – katta mulklar ajratib berganlar.
Islom dini ravnaqi shubxasiz O’rta Osiyo aholisining mustaqil halq bo’lib
shakllanishida muxim ahamiyat kasb etdi.
Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo’shin va saroyning maxsus
muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan
sarbozlar “Hojib” lavozimiga ko’tarilgan. Hojiblarning boshlig’i “hojib ul
hujob” yoki “ hojibi buskur” deb yuritilar edi. Bunday unvon
Somoniylar saroydagi oily unvon hisoblanardi.
Yangi mavzuni tushuntirib bo’lganimdan keyin o’quvchilarni ushbu
mavzuni qanchalik o’zlashtirganliklarini bilish uchun savollar beraman
V MUSTAHKAMLASH.
1 Somoniylar davrida qishloq xo’jaligining qaysi sohalari rivoj topdi?
2 Bu davrda qanday mevalar yetishtirilgan?
3 Hunarmandchilikning qaysi turlari rivojlangan?
4 Somoniylarning pul birliklari xaqida nimalarni bilib oldingiz?
5 Konchilikda qanday ma’danlar qazib olingan?
6 Ichki va tashqi savdo haqida nimalarni bilib oldingiz?
7 Turkistonda qachondan boshlab choy istemol qilina boshlangan?
VI BAHOLAR IZOHI
O`quvchilarni dars davomida olgan baholarini e`lon qilib kundalik va sinf
jurnaliga qo`yaman.
VII UYGA VAZIFA : O`qib o`rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |