Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fan ijtimoiy institut bo‘lib, unda farovonlikka erishish uchun zarur
bo‘lgan yangi g‘oyalar, tushunchalar va nazariyalar ishlab chiqiladi, shular asosida
yangi predmetlar, mexanizmlar va texnologiyalar ixtiro qilinadi.
2. Jamiyatni hozirgi taraqqiyot bosqichini fansiz, unda amalga
oshiriladigan ilmiy va texnologik yangilanishlarsiz, kashfiyot va ixtirolarni ishlab
chiqarishga tatbig‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
3. Fanning harakatlantiruvchi kuchi-bu yangi bilimlar va loyihalar
ishlab chiqishga, ixtirolar qilishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilardir.
4. Fan poli(ko‘p)strukturali ijtimoiy institut (muassasa) bo‘lib, uning
barcha tashkiliy bo‘limlarida faoliyat va mehnat taqsimoti nizomlar va
shartnomalar asosida mutanosiblashtiriladi.
5. Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganish yosh tadqiqotchilarda
izlanish olib borish malakasi va mahoratni hosil bo‘lishiga olib keladi.
6. Tadqiqot olib borishda metodologik fikrlash va uslubiy aniqlik
bo‘lmasa, ijobiy natijaga erishish imkoniyati kamayadi.
7. Ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan tushunchalar,
ko‘rsatmalar va tavsiyalarni o‘rganish ijod qilish, bilim va amaliyotni uzviy
bog‘lash uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |