I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Download 9,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana01.02.2022
Hajmi9,37 Mb.
#421268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
Илмий тадқиқот методологияси маъруза

3 -MAVZU. FANDA IJOD QILISH 
Reja: 
1. Ijodiyot va uning turlari 
2. Ilmiy tadqiqotda ijodiy jarayon 
3. Ilmiy ijodiyotning ratsional va noratsional tomonlari 
4. Tadqiqotda yangilik yaratish bosqichlari 
5. Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari 
6. Ilmiy tadqiqot turlari 
7. Ilmiy tadqiqot strukturasi 
8. Ilmiy bilish darajalari va shakllari 
1. Ijodiyot va uning turlari 
Magistratura ta’limi haqida gapirganimizda, bu bosqichda magistrantlar hal etilmagan, hali 
ochilmagan yoki yetarli ma’lum bo‘lmagan narsa va hodisalarga tegishli muammolarni 
o‘rganishga kirishishlari haqida malohaza yuritdik. Demak, magistrantlar tadqiqotchi sifatida 
izlanish olib borganlarida yangi tushuncha, xulosa yoki tavsiya ishlab chiqish shaklida ijod qilish 
bilan shug‘ullanadilar. Ular chop etadigan maqolalarda, yozadigan dissertatsiyalarida yangicha 
yondashuv, faktlarni yangicha talqini, yangi mazmunga ega bo‘lgan xulosa va tavsiyalar berilishi 
lozim. Bu esa ilmiy ijodiyot jarayonini anglatadi. Fanda ijodiyot o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Shu bois, ijodiyot tushunchasiga, ilmiy ijodiyot mohiyatini tushunish masalasiga to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Ijodiyot inson faoliyatining yangi narsalar yoki qadriyatlar yaratishga qaratilgan hislatini 
bildiradi. Inson, jamoa, kishilar va tashkilotlar uyushmasini ijodiyot sub’ekti,deb atash mumkin. 
Ijodiyotga aniqroq qilib quyidagi ta’rifni berish mumkin: ijodiyot – bu insonni tobora 
takomillashib borayotgan xilma-xil ehtiyojlarini qondiradigan yangidan-yangi moddiy, ijtimoiy 
va ma’naviy qadriyatlar yaratish faoliyatidir. Fanda yaratiladigan yangi g‘oyalar,nazariyalar va 
texnologik loyihalar ma’naviy qadriyatlar turiga kiradi. 
Ijodiyot xususida so‘z yuritganda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyatni farqlash lozim. 
Birinchisi ma’naviyat, san’at, fan sohasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Islohotlarni amalga 
oshirish, yangi ijtimoiy tuzilmalarni bunyod etish ijtimoiy-ijodiy faoliyatni bildiradi. 
Fanda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat birlashadi. Bunday birlashishni natijasi 
sifatida xalqaro ilmiy hamkorlik, fanning tashkiliy strukturalarini takomillashtirish, fan sohasida 
islohotlarni joriy qilish kabi jarayonlarni ko‘rsatish mumkin. 
Endi ilmiy ijodiyot tushunchasi ta’rifini beramiz: ilmiy ijodiyot-bu bilish shakllari va 
unsurlarini tafakkurda ratsional va noratsional tarzda harakatlantirib, yangi ilmiy va texnologik 
qadriyatlar yaratish faoliyatidir. 
Bu yerda bilish shakllari va unsurlari deganda, tasavvur, tushuncha, g‘oya, nazariy qoidalar 
va turli uslubiy vositalar ko‘zda tutiladi. Bularni hammasi tafkkurda anglash, mulohaza 
yuritish,tahlil qilish va taqqoslash jarayonida ratsional fikrlash tarzida, ya’ni, aqliy, mantiqiy 
izchillik bilan harakatga keltiriladi, ob’ekt o‘rganiladi. Ayni paytda ruhiyatimizning ong osti 
qatlamida murakkab muammoli vaziyatda intuitiv va nogahon fahmlash yo‘li bilan ham 
noratsional bilish va ijod qilishni amalga oshirish mumkin. 

Download 9,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish