I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari


-MAVZU. TADQIQOTCHI FAOLIYATI VA UNGA QUYILADIGAN



Download 9,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana01.02.2022
Hajmi9,37 Mb.
#421268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Илмий тадқиқот методологияси маъруза

2-MAVZU. TADQIQOTCHI FAOLIYATI VA UNGA QUYILADIGAN 
MALAKAVIY TALABLAR 
Reja: 
1. Tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan malakaviy talablar 
2. Zehn va ishchanlikni saqlash 
3. Tadqiqot texnologiyasi 
4. Tadqiqot samaradorligi 
1. Tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan malakaviy talablar 
Har bir ishni, shu jumladan, ilmiy ishni sifatli bajarish uchun tadqiqotchi kasbiy malakaga 
ega bo‘lishi lozim. Sifatli ish – bu ilmiy muammoni yangicha yondashuv asosida xal qilish, 
yangi xulosaga kelish, ma’lumotlarni yangi xossa yoki qonuniyatni ochish imkoniyatini 
beradigan darajada tasniflash, umumlashtirish va tushuntirish, o‘zida yangi natijalarni aks 
ettirgan maqola, risola yoki dissertatsiya yozishdir. 
Kasbiy malakasi o‘zi nima? Kasbiy malaka ma’lum faoliyatni ijro etish uchun zarur bo‘lgan 
fazilatlarga (o‘quv, zehn, mahorat va boshqalarga), nazariy va tajribaviy amallarni bajarish 
usullaridan foydalana bilish hislatiga ega bo‘lishdir. 
Kasbiy malakaga ega bo‘lishni asosida qobiliyat, ya’ni, u yoki bu ishni bajarishga 
yaraydigan layoqat, moyillik yotadi. Ishga bo‘lgan qobiliyatni psixologik, intellektual, pedagogik 
jihatlari (sifatlari) mavjud. 
Faylasuflar va psixologlarni aytishlaricha, ilmiy faoliyatni unumdor bo‘lishida 
tadqiqotchidagi qiziqish va hayratda qolish qobiliyati yetakchi rol o‘ynaydi. Qiziqish shunday 
nuqtaga qaratiladiki, u qiziquvchanlikka, qiziqish tug‘dirgan predmetga berilib ketishiga 
aylanadi. Bunday holatga tushgan inson qiziqish uyg‘otgan masala bilan shug‘ullanmasdan yura 
olmaydi, muammo va uni hal qilish ishtiyoqi butun vujudini qamrab oladi. 
Har bir kishida barmoqlar bo‘lsada, mo‘yqalam va bo‘yoqlar sotib ola olsa ham, lekin bu uni 
rassom qilmaydi. Qiziqishdan tashqari yana o‘quv, tirishqoqlik, mahorat, faollik kabi hislatlar 
darkor. 
Tadqiqotning samarali bo‘lishini muhim sharti ishga berilib ketish, ishni muntazam amalga 
oshishi. Muttasil izlanish jarayonida ilhom, nogahon yorishish, ijodiy tush ko‘rish shaklida 
namoyon bo‘ladigan ruhiy holatlar sodir bo‘ladi. 
Kasbiy malakani takomillashtirishni muhim pedagogik yo‘li tadqiqotchida qayd etilgan 
sifatlarni shakllantirish va tarbiyalashdan iboratdir. 
Avvalambor, kasbiy yo‘nalishni tanlash paytida strategik maqsadni aniqlab olish lozim. Kim 
bo‘lmoqchisiz: muhandismi, texnologmi, nazariyotchimi? Tanlangan kasbiy yo‘nalishni qaysi 
sohasi: fundamental nazariy izlanishmi yoki konstruktiv qurilmalarni yasash,kashfiyotmi yoki 
ixtiro qilish sizni ko‘proq qiziqtiradi? Har sohada izlanish olib borish va ijod qilishni o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud. 
Tabiatan berilgan qobiliyatni qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratish kerak. 
Maqsadni ro‘yobga chiqaradigan ma’naviy kuch motiv (bois)dir. Motiv yoki bilish 
motivatsiyasi inson faoliyatini ob’ektga yo‘naltiradi, istak, maylni harakatga keltirish orqali 
tadqiqotchiga izlanish energiyasini beradi. 
Faoliyat yo‘nalishi va barqarorligini ta’minlaydigan hislat ruhiy ko‘rsatmadir. Bu hislat 
tadqiqotchi faoliyatini tartibga soladi, boshqaradi. Ruhiy ko‘rsatma orqali tadqiqotchida faoliyat 
maqsadi va motivatsiyasi birlashadi, o‘zgarayotgan vaziyatda ham izlanish energiyasi 
kamaymaydi. 
Shunday qilib, maqsad, motivatsiya va ruhiy ko‘rsatma tadqiqot jarayonida birlashadi, 
kasbiy malakani shakllanishida ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi .
Motivatsiyasi shakllangan izlanuvchi yetarli sharoit bo‘lmaganda ham, hech narsani bahona 
qilmasdan tadqiqotni amalga oshirib boraveradi. 


Fan tarixida motivatsiya kuchini ko‘rsatadigan misollar ko‘p. VIII asr boshida ummaviya 
xaliflaridan Hamid bin Muoviya «falsafa toshi» muammosi bilan shunday qiziqib ketadiki, hatto 
xalifalikdan voz kechadi va qolgan umrini fanlarni, xususan, kimyoni o‘rganishga bag‘ishlaydi. 
Tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan hislatlardan biri tirishqoqlikdir. Bu hislat tadqiqot yo‘lida 
uchrab turadigan qiyinchiliklarni sabr-toqat bilan bilan yengib o‘tish imkoniyatini beradi. 
«Tirishqoqlik – deydi ingliz yozuvchisi Bernard Shou – ilm sari yagona yo‘ldir» Yana bir 
muhim talab (tavsiya) ustoz, u yaratgan ilmiy maktab an’analarini davom ettirish, shakllangan 
tadqiqot an’analarini yangi mazmun bilan boyitishdir. 
Ilmiy maktab o‘ziga xos betakror jamoadir. U har qanday yangilikka nisbatan ochiq va bir 
butun tizimdir. Bunday tizim (maktab) alohida tadqiqotchida bo‘lmagan sifat va imkoniyatlarga 
ega bo‘ladi. Ilmiy maktab dargohiga kirgan magistrant tez orada eng yangi yutuqlar bilan 
oziqlanib turgan fanning «qaynab turgan qozonida» faoliyat ko‘rsata boshlaydi. 
Ustozga bo‘lgan iltifot va e’tiqod Sharqda hamisha e’zozlanib kelingan. XXI asr fanida ham 
ilmiy an’ana ahamiyati saqlangan. Haqiqatan ham har tomonlama murakkablashib ketayotgan 
bilimlar, tasavvurlar va nazariyalar okeanida ustozning yo‘l ko‘rsatuvchi g‘oyalari va o‘gitlari 
bamisoli kompasdek zarur. 
Izlanish boshlandimi, tadqiqotchi sobitqadamlik bilan ishni olib borishi kerak. Ishni boshida 
qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlik sodir bo‘lishi mumkin. Hatto uchayotgan raketaning kursdan 
og‘ish hodisasi bo‘lib turadi. Lekin, maqsad, umumiy izlanish yo‘nalishi to‘g‘ri belgilangan 
bo‘lsa, unda salbiy natija aks aloqa mexanizmi orqali qayd qilinadi, qayerda xatolikka yo‘l 
qo‘yilgani aniqlanadi, ish oxirigacha yetkaziladi. 
Ish jarayonida muammoni mazmuni bo‘yichami, faktlar xususidami, qanday bo‘lmasin, 
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor berish kerak. 
Shu o‘rinda G.Alder ishlab chiqqan va Sinab ko‘r, Ishla, Natijaga erishgin deb nomlangan 
SIN modelidan foydalanish mumkin (Qarang: Alder G. NLP: sovremennie psixotexnologii. – 
SPB: Piter, 2001, 13-14 betlar.). 
Sinab ko‘rishda, bitta qadam natija bermasa, boshqa qadam qo‘yiladi, ya’ni boshqa chora 
imkoniyatlar ishga solindi. Shu jarayonda tadqiqotchilik kasbi, uquv va izlanish faoliyati 
takomillashib boradi. 
Endi qobiliyatni o‘stirishning intellektual vosita va mexanizmlarini ko‘rib chiqamiz. 
Intellektual qobiliyat tafakkur faoliyatida namoyon bo‘lib, bu sohada ham bir qator qoida va 
talablar borki, ularni bajarish izlanuvchiga kutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bular 
quyidagilardan iborat: 
- diqqatni asosiy muammo nuqtasiga yig‘ish; 
- muammo bo‘yicha o‘zimizga savol berib turish; 
- alohida obrazlardan bir-butun model – tuzilmani ishlab chiqishga o‘tish; 
- o‘xshashliklarni (analogiyalarni) izlash, ulardan foydalanish; 
- obrazlar bilan fikrlash, modellar bilan ishlash; 
- xotira faolligini o‘stirish; 
- ob’ektga har tomonlama yondashuv (intellektual uddaburonlik) qobiliyatini tarbiyalash; 
- muammo yechimi bo‘yicha alternativ yo‘llarni izlash qobiliyatini shakllantirish; 
- ilmiy bashorat qilish qobiliyatini o‘stirish; 
- fikrni mantiqan to‘g‘ri ifodalash, mulohazalarni qog‘ozga aniq bayon qilish. 
Qayd etilgan hislatlarni tadqiqotchida shakllantirish izlanish samaradorligini ta’minlaydigan 
muhim shartdir. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tadqiqot-to‘xtovsiz amalga oshadigan intellektual mehnat, 
yangilikni kashf etish, ixtiro qilish faoliyatidir. Bunday faoliyat darajasiga yetishish uchun yosh 
tadqiqotchi o‘zida bir qator (yuqorida qayd etilgan) psixologik, pedagogik va intellektual 
ko‘nikmalarni, malakaviy o‘quv va kasbiy mahoratni shakllantirish lozim. 

Download 9,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish