I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Download 9,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/35
Sana01.02.2022
Hajmi9,37 Mb.
#421268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Илмий тадқиқот методологияси маъруза

 
2. 
Zehn va ishchanlikni saqlash 


Tadqiqotchining asosiy intellektual quroli-zehndir. «Zehn» arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, 
tushunish qobiliyati, fahm, uquv kabi ma’nolarni anglatadi. Yana bir ibora: zehn solmoq diqqat 
bilan kuzatmoqni bildiradi. 
Zehnning bir qator turlari mavjud: amaliy zehn, hissiy-obrazli zehn, verbal (og‘zaki 
so‘zlarga nisbatan) zehn, mavhumlashgan zehn, operator zehni va boshqalar. 
Mavhumlashgan zehn tafakkurni o‘tkirligi va qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Bunday zehn 
fundamental muammolar bilan shug‘ullanadigan nazariyotchilarda rivojlangan bo‘ladi. 
Yosh tadqiqotchi o‘z zehnini muntazam mashq qilish, vazifalarni bajarish va o‘z-o‘zini 
nazorat qilish yo‘li bilan takomillashtiradi. 
Zehn kuchini o‘stiradigan ruhiy-emotsional omillar ham mavjud. Bular: motivatsiya, 
ishtiyoq, kayfiyat, o‘z ishidan qoniqish yoki qoniqmaslik, ilmiy muammoga berilib ketish, 
ishlash qobiliyati, hamkasbdoshlarning ishlarini tanqidiy tahlil qilish va boshqalar. 
Izlanish samaradorligini oshiradigan muhim ruhiy-energetik zaxira ishchanlikdir. Bu ishga 
berilib ketish holatini muntazam jarayonga aylanishida namoyon bo‘ladi. 
Ishchanlik ishlash qobiliyati koeffitsiyenti bo‘lib, mehnat kunida turlicha qiymatga ega 
bo‘ladi. Psixologik tadqiqotlarda ishchanlik koeffitsiyenti qiymatining o‘rtacha raqamlari 
quyidagicha belgilangan: birinchi bosqich-mehnatga kirishish (1-1,5 soat). Organizm uyqu yoki 
orom holatidan chiqadi. Ikkinchi bosqich-barqaror, unumli ish vaqti (3-4 soat). Uchinchi 
bosqichda toliqish paydo bo‘ladi, ishlash qobiliyatini dinamikasi susayadi. Mehnat kunida bu 
bosqichlar almashadi-tushlikkacha, tushdan keyin sutka davomida ishchanlik koeffitsiyenti 
to‘lqinsimon o‘zgarib, maksimumlari 9-13 va 16-20 soatlarga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim tadqiqotchilar kechalari unumdor ishlaydilar. Aytish kerakki, keltirilgan raqamlar 
o‘rtacha statistik ko‘rsatkichdir. Tadqiqotchining individual hislatlariga ko‘ra raqamlar u yoki bu 
tomonga og‘ishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni mehnat va dam olish rejimini tashkil qilishda 
hisobga olish kerak. 
Hafta davomida ham ish qobiliyati o‘zini darajalariga ega. Dushanba – ishga kirishish kuni, 
seshanba, chorshanba, payshanba – barqaror, unumdor mehnat qilish kunlari, juma va shanba – 
faoliyat energiyasi asta-sekin pasayadigan kunlar. 
Tadqiqot olib borish tafakkur organi bo‘lgan miyaning holati va faollik ritmalariga bog‘liq. 
O‘z navbatida miyaning faollik darajasi bir qator omillar bilan belgilanadi. Bunda uyqu va 
o‘yg‘oqlik ritmlari yetakchi rol o‘ynaydi. 
Mehnat, ovqatlanish, jismoniy tarbiya, sog‘lom uyqu va dam olishlarni oqilona tashkil qilish 
miyaga, shu jumladan, organizmga to‘la qonli energetik imkoniyat, kuch-quvvat beradi. 
3. 
Tadqiqot texnologiyasi 
Tadqiqotni amalga oshirishda izlanish faoliyati ketma-ketligi va izchilligiga alohida e’tibor 
berish kerak. 
Tadqiqotchi kasbi ommaviy kasblardan biriga aylangandagan keyin izlanish olib borishni 
oqilona modellariga, ya’ni ilmiylik standartini ta’minlaydigan talab-tavsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj 
kuchayadi. Tadqiqot texnologiyasi mana shu ehtiyojni qondiradi. 
Tadqiqot texnologiyasi – bu ilmiy mahnatni tashkil qilishga oid qoidalar, tavsiyalar va 
talablar majmuasidir. Eng muhim qoida va talablar quyidagilardan iborat. 
1. Tadqiqotni amalga oshirishda izlanish faoliyatini izchilligi va ketma-ketligini ta’minlash 
zarur. 
2. Diqqatni dolzarb, nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan mavzu yoki ilmiy muammoga 
qaratish lozim. 
3. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri ta’riflash, bayonini berish. 
4. Ish rejasi va tadqiqot bosqichlarini mumkin qadar aniq tuzib chiqish, zarur vositalarni 
(kompyuterlar, modemlar, disklar, antivirus dasturlar, eksperiment asbob uskunalari va 
boshqalarni) oldindan tayyorlab qo‘yish. 


5. Bir bosqichda belgilangan ishni oxirigacha yetkazmasdan boshqasiga o‘tilmaydi. Aks 
holda oldingi bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatolik keyingi bosqichdagi natijaga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
6. To‘plangan ma’lumotlarni sifatli qayta ishlash. Bu mavjud g‘oya va ochilgan yangi 
hodisani to‘g‘ri baholash imkoniyatini beradi. 
7. Olinayotgan natijalarni ilmiylik me’yorlari asosida nazorat qilib borish, zaruriyat 
tug‘ilganda shakllanayotgan tasavvurlarga o‘zgartirishlar kiritish. 
8. Aniq, mantiqan asoslangan, tajribada tasdiqlangan xulosalarga kelish. Bu bilan yangi 
g‘oya yoki nazariya ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi. 
9. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishda qabul qilingan talablarga rioya qilish. 
Tadqiqot murakkab faoliyat turiga kiradi. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun shart-
sharoit, asos, ta’minot, izlanish metodologiyasi va nihoyatda, katta aniqlikni talab qiladigan 
intellektual mehnat zarurdir. Bu turdagi mehnatni ichki mantig‘i, bajariladigan operatsiyalar 
ketma-ketligi va izchilligi tadqiqot texnologiyasida ifodalangan. 
Shuning uchun ham tadqiqot texnologiyasi talablariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib 
borish mehnatni yuqori darajada tashkil qilish imkoniyatini beradi, bo‘lajak yutuqlar kafolati 
bo‘lib qoladi. 
4. 
Tadqiqot samaradorligini ta’minlash 
Tadqiqot aqliy mehnatning ixtisoslashgan bir turidir. Bu sohada mehnat samaradorligiga 
erishish bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. 
Birinchisiga jamiyatni fanga munosabati, davlat siyosati, tadqiqot olib borish uchun 
yaratilgan sharoit, moliyaviy, texnik va axborotli ta’minot kiradi. 
Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida tadqiqot olib borish uchun qayd etilgan sharoit va 
ta’minotni mavjud bo‘lishi, aytish mumkinki, hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Tadqiqot samaradorligining sub’ektiv shart-sharoitlari ayrim ma’naviy omillardan iborat. Bu 
tadqiqotchi, ilmiy rahbar, jamoa va an’anaga bog‘liq tomonlar bo‘lib, xususan: 
- tadqiqotchining zehni, intellekt koeffitsiyenti (ijodiy test bilan aniqlanadi); 
- tadqiqotchining bilimi va tajribasi; 
- jamoada ilmiy rahbarlik tarzi, rahbarning ijodiy potensiali; 
- ilmiy vorislik; 
- ilmiy an’ana; 
- jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitni tashkl qiladi. 
Tadqiqot individual va jamoaviy ilmiy mehnat birligidir. Bu birlikda yetakchi o‘rinni ilmiy 
rahbar egallaydi. 
Fanda ilmiy maktabni mavjud bo‘lishi, ijodiy izlanish muhitini shakllanishi, ilmiy vorislikni 
saqlash, yosh tadqiqotchilarni tayyorlash va o‘stirish ko‘p jihatdan ilmiy rahbarga bog‘liq. 
Tabiiy-ki, shogirdlar va yosh olimlarning g‘ayrat-shijoati, fanga fidoyiligi, tarishqoqlik bilan ijod 
mevalarini yig‘ishlari ilmiy an’ana va maktabga nisbatan munosib javob bo‘ladi. 

Download 9,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish