I mavzu: hayot faoliyati xavfsizligining


Hayot faoliyati xavfsizligi



Download 88,96 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2022
Hajmi88,96 Kb.
#463994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
мавзу 1. ХФХнинг таъминлаш асослари

Hayot faoliyati xavfsizligi – insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani – har bir odamga xavf soluvchi umumiy xavf-hatarlar va odamning turli hayot sharoitlarida ulardan himoyalanishning turli vositalarini o‘rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani - inson va uning salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan texnikaviy, sanitar-gigienik va huquqiy tadbirlar majmuidir.
Bu fan xavfsizlikning maxsus muammolarini hal qilmaydi. Bu ilmiy-uslubiy fan bo‘lib, xavfsizlikning maxsus fanlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko‘p ulug‘ allomalar shug‘ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat, Aristotel, Agrikola, M.V.Lomonosov, Kirpichev V.L., Nikolskiylar ham xavfsizlik muammosi bilan shug‘ullanganlar.
Ulug‘ o‘zbek hakimi Abu Ali Ibn Sino o‘z ishlari bilan gigiena faniga asos solgan. Ibn Sino o‘z davrida ilm-fanning deyarli barcha sohasida chuqur izlanishlar yozib qoldirgan qomusiy olimdir. Uning falsafa, mantiq, tibbiyot, gigiena, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarga bag‘ishlangan 450 dan ortiq asar yaratgani haqida ma’lumotlar bor.
Tabobat tarixida birinchi bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o‘latni farqlagan, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni boshqalardan ajratish g‘oyasini ilgari surgan.


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibi, maqsad va vazifalari.

Hayot faoliyati xavfsizligi fani 3 ta mustaqil fan asosida tashkil topgan bo‘lib, bular:



  1. Atrof-muhitni muhofaza qilish - insonni o‘rab turgan atrof-muhitni, atmosfera havosi, suv va tuproqni zararlovchi omillarni, ularning hususiyatlarini, ifloslantiruvchi ta’sirlar miqdorini kamaytirish yoki umuman yo‘qotish usullari ko‘riladi.

  2. Mehnatni muhofaza qilish - insonlarga mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillardan saqlanish qoidalarini, qo‘llaniladigan vositalarni hamda ishlovchilar uchun qulay sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratishdan iborat.

  3. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi - tabiiy, texnogen, ekologik va ijtimoiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni, ularga sabab bo‘luvchi omillarni, xususiyatlarini, keltiradigan talafotlarni va ulardan himoyalanish qoidalarini o‘rganadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va asosiy vazifasi iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borishdir. Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Mehnat faoliyati xavfsizligi talabi bo‘yicha huquqiy savodxonlikka

o‘rgatish.

  1. Mehat faoliyati xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish va yo‘riqnomalar

tayyorlash.

  1. Mehnat shartnomasi tushunchalari va unda mehnatni muhofaza qilish

tamoyillarini o‘rganish.

  1. Mutaxassisni ishlab chiqarish sharoiti bilan organizm faoliyatini o‘zaro ta’sir

etish jarayonlarini o‘rganishni nazariy va amaliy tomondan tayyorlash.

  1. Mehnat qonunchiligi, yoshlar va ayollar mehnati, jarohatlanish, baxtsiz

hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo‘llari, kishi organizmiga yorug‘lik
energiyasi, issiqlik, shovqin va tebranishlar ta’sirini o‘rganish.

  1. Mehnat sharoitini, undagi ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ularga baho

berish uslublarini egallash, ish sharoitini sog‘lomlashtirish tadbir-choralarni
ishlab chiqish.

  1. Mehnat faoliyati davrida ish qobiliyatini o‘rganish uslublarini egallash va

ishlab chiqarish jarayonida charchashning oldini olish tadbirlarini ishlab
chiqish.

  1. Umumiy va kasb kasalliklari kelib chiqishining oldini olish hamda

ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida barcha chora-tadbirlarni
ishlab chiqish.

  1. Mehnat faoliyati xavfsizligini o‘rganishda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy

omillarning ahamiyatini o‘rgatish.

  1. Yaratuvchanlik va bunyodkorlikda mehnatni muhofaza qilishga doir xavfsizlik talablarini o‘rgatish.

  2. Yong‘in va elektr xavfsizlik talablarini o‘rganish.

Hayot faoliyati xavfsizligi fani odamga tahdid qiluvchi xavf-xatar turlarini va odamning turli hayot sharoitlarida ulardan himoyalanish vositalarini o‘rganadi. Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo‘lib, odam sog‘lig‘iga bevosita yoki boshqa yo‘llar bilan zarar etkazmaydigan, ya’ni ko‘ngilsiz hodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi:
1. Maishiy muhitdagi xavfsizlik;
2. Ishlab chiqarishdagi xavfsizlik;
3. Shahar muhitidagi xavfsizlik;
4. Atrof-muhitdagi xavfsizlik;
5. Tinchlik va urush vaqtida favqulodda holatlardagi xavfsizlik (2-rasm).

Download 88,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish