3 ilova
T-sxema
Windows operatsion tizimning foydalanuvchi taqdim etgan imkoniyatlari
Qulayligi
|
kamchiliklari
|
|
|
Xulosa :
|
4 ilova
“Blits-so’rov”
T/r
|
Savollar
|
Javoblar
|
1
|
Windows operatsion tizim qachan yaratilgan?
|
|
2
|
Nima uchun Windoews nomi berilgan?
|
|
3
|
Windows operatsion tizimning oyna tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?
|
|
4
|
Windows operatsion tizimda yorliq yarata olasizmi?
|
|
5
|
Masalalar panelida nimalar mavjud?
|
|
6
|
Ounaning foni qanday o’zgartiriladi?
|
|
5 ilova
“FSMU” texnologiyasi yordamida “ Nima uchun Windows operatsion tizimda ishlay qulay deb xisoblaysiz?
Savol
|
“Nima uchun Windows operatsion tizimda ishlay qulay deb xisoblaysiz?”
|
F- fikringizni bayon qiling;
|
|
S- fikringizni bayoniga sabab ko’rsating;
|
|
M- korsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring;
|
|
U- fikringizni umumlashtiring;
|
|
5-mavzu .
Windows operatsion tizim haqida ma’lumot mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot darsini olib boorish texnologiyasi
O’quvchilar soni
|
10-15 o’quvchi
|
Vaqti:
|
2 soat
|
Dars shakli
|
Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish amaliy mashg’uloti
|
Mashg’ulot rejasi
|
1.Mening komp’yuterim ilovasi.
2.Ilova oynasining asosiy ob’ektlar.
3.Fayl va jildlarni tashkil etish.
4.Oyna ichidagi ob’ektlarning tasvirlanish turlari.
5.“Fayl” menyusi.
|
Dars maqsadi: O’quvchilarda shaxsiy kompyuterlar qurilmalaridan foydalanib, shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi mavzusi bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish
|
Pedagog vazifalari :
|
O’quv natijalari:
|
Mening kompyuterim ilovasi bilan tanishtirish;
|
Mening kompyuterim ilovasi bilan tanishish;
|
Ilova oynasining asosiy o’byektlari bilan tanishtirish;
|
Ilova oynasining asosiy o’byektlari bilan tanishish;
|
Fayl va jildlarni tashkil etishni tushuntirish;
|
Fayl va jildlarni tashkil etishni o’rganish;
|
Oyna ichidagi o’byektlarni tasvirlanish usulari;
|
Oyna ichidagi o’byektlarni tasvirlanish usulari haqida ma’lumotga ega bo’lish;
|
Fayl menyusi bilan ishlash;
|
Fayl menyusi bilan ishlash;
|
O’qitishning usul, texnikasi
|
Ma’ruza, suxbat, T-sxema, “Blits-so’rov” metodlari, fikr almashish FSMU ni to’ldirish, muhokama qilish
|
Ta’limni tashkil etish shakli:
|
Ommaviy va ijodiy guruhlarda ishlash:
|
Didaktik vositalar:
|
Ma’ruza matni, tarqatma topshiriqlar , kompyuterlar
|
O’qitish shart –sharoitlari:
|
Texnik vositalarni qo’llashga mo’ljallangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash:
|
O’zini –o’zi nazorat qilish, refleksiya
|
Windows operatsion tizimqobig’I ostida ishlovchi dasturlar mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot darsiga texnologik karta
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
1-bosqich O’quv mashg’ulotlariga kirish va da’vat bosqichi {10 min}
|
1.1 Mashg’ulotning mavzusini e’lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsad va vazifalarini tushuntiradi. Reja savollarini yozdiradi. {1 ilova}
|
Yozadilar , tinglaydilar
|
2-bosqich Asosiy bo’lim { 70 min}
|
2.1 mavzu rejasi bo’yicha slaydlar asosida ma’lumot beriladi;
|
Tinglaydilar yozadilar
|
2.2. Guruhdagi ishlar taqdimotni tashkil etadi. Yagona T-sxema fikrlarni birlashtiradi.
|
T-sxemani tuzadilar
|
2.3 Blits-so’rovi orqali darsda yoritilgan savollar bo’yicha bilimlarni mustahkamlaydi; {4 ilova}
|
Javob beradilar
|
3-bosqich Yakunlovchi {10 min}
|
3.1. Ma’ruzaning har bir savoliga umumiy yakuniy xulosa beriladi.
|
Eshitiladi
|
3.2. FSMU texnologiyasi yordamida jadval to’ldiriladi.
|
Jadval to’ldiradilar va baxolanadi
|
1 ilova
2 ilova
WINDOWS-98 tizimi kompyuterda ma'lumotlarni saqlash strukturalarini boshqarish va ko’rib chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) va «Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning faylli strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel upravleniya» (Boshqarish paneli) va «Printerы» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiqlashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy kompyuter» fayllarni o’chirish, qayta nomlash, joyini o’zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi ham mumkin.
Ish stolidagi «Moy kompyuter» ob'ektida sichqonchani ikki marta bossangiz, ilova oynasi ochiladi (5.11-rasm). «Moy kompyuter» oynasi ochilganda, unda fayllar strukturasining yuqori pog’onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo’lgan disklar kulrang ob'ektlar bo’lib, qolgan resurslar — sariq jild ko’rinishida namoyish etiladi.
Agar (S:) disk belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan holat qatorida diskdagi bo’sh joy miqdori aks etadi.
Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish uchun diskning rasmchasi ustida sichqonchani ikki marta bosamiz. Natijada oynada disk ichidagi axborot namoyon bo’ladi. Agar disk ichidagi jild ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, oyna o’zgarib, monitor ekranida jild ichidagi axborot paydo bo’ladi. Boshqa ob'ektlarda ham ikki marta sichqonchani bosish mumkin:
Yo agar bu Ilova bo’lsa — Ilova ishga tushadi;
Yo agar bu Hujjat bo’lsa — mos ilovadagi hujjat ochiladi.
Faylli strukturaning pog’onalarini aks ettirish uchun ekranga «Panel instrumentov» (Uskunalar paneli)ni chiqarish mumkin. Buning uchun «Vid» (Ko’rinish) menyusidan «Panel instrumentov» (Uskunalar paneli) buyrug’ini tanlang. Bir nechta uskunalar aks etgan qator chiqadi. Keyin «Perexod na odin uroven vverx» (Yuqoriga bir pog’ona o’tish) sariq piktogrammasini bosib, oldingi pog’onaga o’ting.
«Adres» (Manzil) qatoridan turli disklarga, jildlarga, katta jildlarga o’tish uchun muqobil usul ishlatilishi mumkin. Buning uchun siz adres qatori oxirida turgan «pastga» ko’rsatkichini bossangiz, turli disklar va jildlar ro’yxati chiqadi. Kerakli ob'ekt ustida sichqonchani bossangiz, oynada ob'ektdagi axborot aks ettiriladi.
Siz oyna ichidagi ob'ektlar tasvirlanishi turlarini «Vid» (Ko’rinish) menyusini yoki uskunalar panelining o’ng tomonida joylashgan to’rtta piktogrammani ishlatib o’zgartirishingiz mumkin. Ular quyidagilar: «Krupnыe znachki» (Yirik belgilar), «Melkie znachki» (Mayda belgilar), «Spisok» (Ro’yxat) va «Tablitsa» (Jadval) (5.12-rasm).
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim)da ob'ektlar tasvirlanishi tartibini o’zgartirishning ikki usuli mavjud:
«Vid» (Ko’rinish) menyusidagi «Uporyadochit znachki» (Belgilarni tartiblash) ro’yxatida ob'ektlar saralanishining shartlarini tanlash kerak.
— «Tablitsa» rejimida har bir ustunning tepasida «Imya» (Nom), «Razmer» (O’lchov), «Tip» (Tur) va «Izmenyon» (O’zgartirilgan) tugmachalari aks ettirilgan.
— Ustunning sarlavhasiga mos o’sib borish yoki kamayish tartibida ob'ektlarni saralash uchun kerakli tugmachani bosish kerak.
«Vid» (Ko’rinish) menyusida «Kak Web stranitsa» (Web sahifasidek) buyrug’i mavjud, uni faollashtirib, ilovani Web sahifasidek jihozlash mumkin (5.13 rasm).
«Fayl» menyusida fayllar, jildlar, disklar bilan ishlaydigan buyruqlar yig’ilgan: «Otkrыt» (Ochish), «Nayti» (Topish), «Formatirovat» (Bichimlash), «Svoystva» (Xossalar) va hokazo.
«Pravka» (Tahrirlash) menyusida bichimlash buyruqlari yig’ilgan: «Kopirovat» (Nusxa olish), «Vstavit» (Kiritish), «Vыrezat» (Qirqib olish), «Vыdelit» (Ajratish) va hokazo.
«Perexod» (O’tish) menyusida o’tish buyruqlari yig’ilgan: «Nazad» (Orqaga), «Vpered» (Oldiga), «Na odin uroven vverx» (Bir pog’ona yuqoriga), «Na domashnyuyu stranitsu» (Uy sahifasiga), «Putevoditel po kanalam» (Kanallar bo’yicha yo’l ko’rsatuvchi), «Poisk v Web» (Webda qidiruv) va hokazo.
«Izbrannoe» (Tanlangan) menyusida sizga Internet xizmatlarini ishlatish imkonini beradigan buyruqlar yig’ilgan (5.14- rasm).
«Spravka» (Ma'lumot) menyusida ilovalar hamda tizim bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasini o’rganish jarayonida siz aniq bir masalani hal qiluvchi fayllar alohida jildlarda jamlanganini ko’rdingiz. Yendi yangi, masalan, sizning fayllaringizni saqlaydigan jild yaratamiz. Buning uchun kompyuter ekranida 5.11-rasmda aks etgan oyna namoyon bo’lganida, S: diski belgisi ustida ikki marta sichqoncha bosiladi. So’ng, «Fayl» menyusida «Sozdat» (Yaratish) buyrug’i faollashtiriladi. Namoyon bo’lgan ro’yxatdan «Papka» (Jild) qatori tanlanadi.
Hosil bo’lgan darchada o’zingiz xohlagan nomni kiritasiz va, albatta, YeNTYeR tugmachasi bilan tasdiqlaysiz. Jild tayyor. Shu jildga ba'zi fayllarni ko’chirish uchun boshqa jilddagi yoki diskdagi kerakli fayllar belgilanib, «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Kopirovat» (Nusxalash) buyrug’i yordamida nusxa olinadi hamda «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Vstavit» (Qo’yish) buyrug’i yordamida joriy jildga kiritiladi. Bu amalni uskunalar panelida joylashgan piktogrammalar yordamida ham bajarish mumkin.
«Fayl» menyusidagi «Formatirovat» (Bichimlash) buyrug’i yordamida disketalarni bichimlash mumkin. Bichimlash jarayoni tugaganidan keyin ekranda axborot oynasi chiqadi. Undan siz disketada qancha buzilgan joy borligini bilib olishingiz mumkin.
Disketalarga axborot yozishdan oldin yoki qattiq diskning buzilgan joylarini tekshirish uchun «Proverka diska» («Diskni tekshirish») ilovasi ishlatiladi. Uni ishga tushirish uchun «Pusk» tugmachasi bosilib, «Programmы/ Standartnыe/ Slujebnыe/ Proverka diska» ketma-ketligi bajariladi. Tekshirish jarayonida aniqlangan buzilgan sektorlar mazkur ilova tomonidan bir yo’la tuzatib ketiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |