.1 ilova
2.1 ilova
2.2 ilova
3 ilova
“Blits-so’rovi”
Ha
|
Fikr-mulohaza
|
Yo’q
|
|
Page Maker nashriyot tizimi qanday ustunliklarga ega?
|
|
|
Page Makerda qo’lyozmani nashrga tayyorlash qanday bosqichlardan iborat?
|
|
|
Page Maker dasturi qanday ishga tushiriladi?
|
|
|
Page Maker dasturining ruscha variantini qachon va qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgan?
|
|
5 ilova
“FSMU” texnologiyasi yordamida “Page Maker dasturi eng qulay nashriyot tizimlaridan biri”
Savol
|
“Page Maker dasturi eng qulay nashriyot tizimlaridan biri”
|
F- fikringizni bayon qiling;
|
|
S- fikringizni bayoniga sabab ko’rsating;
|
|
M- korsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring;
|
|
U- fikringizni umumlashtiring;
|
|
31-mavzu: Page Maker dasturi va unda ishlash asoslari.
Reja:
Page Maker tizimi.
Page Makerda qo`lyozmani nashrga tayyorlash.
Qo`lyozmani kiritish va tahrir qilish.
Qo`lyozmani o`qib chiqish va formatlash.
Tayanch iboralar: Page Maker, Toolbox, Sample1.PUB, Target Printer resolution, Shablon – sahifa, lupa ko`rinishi.
Page Maker tizimi.
Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Aldus firmasining Yevropa bo`limi 1989 yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e`lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to`liq lahjasi bo`lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo`lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o`chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi. Windows muhiti amaliyot tizimning qobig`i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6ta asosiy harakatni bajarish mumkin:
(Point) Ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
(Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo`yib yuborish;
(Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
(Select) Biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko`chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha knopkasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha knopkasi qo`yib yuboriladi.
Matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o`tish uchun sichqoncha yordamida ko`rsatkichni muloqot oynasidagi "|" belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap knopkasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro`yhati paydo bo`ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha knopkasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko`proq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko`rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o`zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko`rinishini tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma`quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq kiritilgan bo`lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to`g`ridan-to`g`ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo`lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko`rish va unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |