I-mavzu. 1918-1939 yillarda angliya reja; 1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya



Download 364,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.07.2022
Hajmi364,72 Kb.
#818672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

2-savol bayoni;
1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari 
Fransiyada ham stabillashuv boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, 
mashina uskunalarini yangilash va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurilishlar boshlandi. 
1924-1925 yillarda Fransiya sanoat mahsuloti urushdan oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 
yilda ko‘mir qazib chiqarish urushdan ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 
102 % ga yetdi. Ishlab chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning 
foydasi ko‘paydi. 1924 yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikal-
sotsialistlar partiyasi boshqa mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi sotsialistlar, 
mo‘tadil antiklerikallardan), sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” tuzildi. So‘l ittifoq o‘z 
dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o‘zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan 
tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan 
qo‘shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni 
tiklashni va’da qilgan edi. Saylovda bu blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga 
uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l blok” 
mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha boshqardi. Avval boshda Eduard Errio 
boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua hukumati xalq ommasining qat’iy 
talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi moddalarini amalga oshirishga majbur 
bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya e’lon qilindi, 1920 yilda ish tashlashda 
qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan temir yo‘lchilar qaytadan ishga olindi, uy-joy qurilishiga 
bir oz mablag‘ ajratildi. Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning qadrini oshirish 
maqsadida majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. 
1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan Sovet Ittifoqi 
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio hukumatining mehnatkashlarga ba’zi 
yon berishlik siyosati monopolistik burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. 
Moliya oligarxiyasi frankni qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi 
loyihani rad etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l 
blok”dan chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida Puankare 
boshchiligida yirik burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Hukumatda radikallar ishtirok 
etdi. “Milliy birlik” hukumati mamlakatni uch yil idora qildi. O‘ng sotsialistlar blokdan tashqarida 
bo‘lsada, Puankare hukumatini qo‘llab-quvvatladi.
Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlashni o‘z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini 
qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSH va 
Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926 yilga kelib davlat 
daromadlari urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Frank barqaror valyutaga 
aylandi.


Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining umumiy 
yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi inqirozni bartaraf etgan 
jahon iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan ham uzviy bog‘liq edi. 1925 yilda 
Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. Oradan 
besh yil o‘tgach, 1930 yilda Fransiyada urushlar oralig‘idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi 
va savdo hajmi qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo‘yicha (yiliga o‘rtacha 5%) 
Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O‘nlab yangi yirik zavodlar, elektr 
stansiyalari, temir yo‘llar qurildi. 1924 yildan 1932 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini 
barqarorlashtirish davri bo‘ldi. Bu davr aholi turmushiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar 
barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator 
qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926 yilda 
ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam 
puli beriladigan bo‘ldi.
Tashqi siyosatda Puankare hukumati mustamlakachilik tadbirlarini kuchaytirdi. 1926-1927 
yillarda Marokash va Suriyadagi milliy ozodlik harakati yovuzlarcha bostirildi. Shovinistik va 
fashistik tashkilotlar aktivlashdi va polkovnik De Lya Rok boshchiligida 1927 yilda “Jangavor 
krestlar” nomli yangi harbiy-fashistik tashkilot tuzildi. (Peten va De Goll fashistik tashkilotning 
yashirin a’zolari bo‘lganlar). Burjua parlamentarizmining inqirozi kuchaydi. Monopolistik 
burjuaziya mehnatkashlar ommasiga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun kurashdi. 
O‘ng burjua partiyalari 1928 yil aprelida bo‘lgan navbatdagi parlament saylovlarida ko‘pchilik 
o‘rinni egalladi. Saylovda kam o‘rinni egallagan radikallar hukumatdan chetlashib bordi va 
oppozitsiyaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Puankare hukumati tarkibida o‘ta ketgan reaksionerlar 
mamlakatni idora qildi.

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish