I-Mavzu. 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA
REJA;
1-
§
. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Fransiya
2-
§
. Qisman stabillashuv yillarida Fransiya
3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Fransiya
4-
§
Ikkinchi jahon urushi arafasida Fransiya
1-savol bayoni;
Urush 10 ta sanoat departamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni
butunlay vayron qildi. Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush xarajatlari natijasida
ko‘rilgan zararning umumiy summasi 200 milliard frankka yetdi. Urush sutxo‘r imperializm
mamlakati bo‘lgan Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta zarba berdi. Fransiya AQSH dan 4
milliard dollar va Angliyadan 650 million funt sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday
katta zarar evaziga o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan
g‘alaba qozondi. U Germaniyadan Elzas-Lotaringiyani qaytarib oldi, Marokash ustidan
protektoratini mustahkamladi, Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish
mandatini oldi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni Angliya bilan
bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z gegemonligini o‘rnatishga zo‘r berib urindi. U 1919 yilgi
Parij konferensiyasida Saar oblastining o‘ziga berilishini, Fransiya “himoyasida” Reyn avtonom
davlatini tuzishni, Bavariyaga mustaqillik berishni, Polsha territoriyasini kengaytirishni talab
qildi. Fransiyaning bundan ko‘zlagan maqsadi Germaniyani ancha zaiflashtirish, Bavariyani
o‘ziga bo‘ysundirish va Polshani kuchaytirib, undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish edi. Biroq,
bunga Angliya va AQSH davlatlari rozi bo‘lishmadi. Konferensiya qaroriga binoan, urushda ko‘p
zarar ko‘rgan Fransiyaga Saar oblasti toshko‘mirini olib turishga ijozat berildi, lekin uning
Germaniyadan oladigan reparatsiya hissasi tezda aniqlanmadi, ko‘p tortishuvlardan keyin, 1920
yilga kelib u reparatsiyaning 52%ini (8 mlyard oltin marka) olish huquqiga ega bo‘ldi. Ammo
Fransiya oladigan summasi uning AQShdan olgan qarzlaridan oz edi. Shunga qaramasdan,
urushdan keyingi yillarda Fransiyaning janubiy va g‘arbiy-janubiy tomonlarida yangi sanoat
rayonlari paydo bo‘ldi. Vayron bo‘lgan joylar tiklana boshladi. Ichki bozor kengaydi. Elzas-
Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi va Saar ko‘mirining Fransiyaga berilishi bilan unda
muhim xom ashyo manbalari vujudga keldi. Metallurgiya, avtomobil, aviatsiya, to‘qimachilik va
ximiya sanoatlari rivojlandi. Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida fransuz
metallurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha Fransiya
Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi. Saar ko‘mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil
davomida ko‘mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli
sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy
sanoat taraqqiy qildi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. Bank va davlat
apparati bilan bog‘liq bo‘lgan gigant monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi.
Fransuz bankining roli g‘oyat oshdi. Qudratli banklar paydo bo‘ldi, “Mirabo”, Rotshildlar oilasi,
aka-uka Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o‘z sarmoyalarini
ko‘paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi
tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Lekin
boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa, yengil sanoat orqada qoldi va 1939 yilgacha urushdan oldingi
darajaga yetolmadi, mayda sanoat korxonalari esa avvalgidek ko‘p edi. Jahon miqyosida Fransiya
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan
orqada qoldi. Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olgan umumiy sanoat mahsulotida
Fransiyaning hissasi 1913 yilda 7,2% bo‘lsa, 1937 yilda 5,1% ni tashkil qildi, xolos. Urush
Fransiya qishloq xo‘jaligiga og‘ir ta’sir qildi. Aholining anchagina qismi (1936 yilgi ma’lumotiga
ko‘ra 47,6%i) qishloq aholisi edi. Urush dehqonlar o‘rtasida tabaqalanishni kuchaytirdi, vayron
bo‘lgan mayda xo‘jaliklar hisobiga katta yer egaligi o‘sdi, yer maydonining ko‘p qismi yer egalari
qo‘lida to‘plandi. 1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati
boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning
lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini
o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok”
va “so‘l blok”lar tuzildi. “Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda
tashkil topdi. Eng reaksion burjua partiyalari Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-
demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta
ketgan reaksioner Puankare va Milyeran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga
radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy
harakatni bostirish, Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq foydalanib,
Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish, mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni
talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va
shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi
Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo‘ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga
va deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 1920 yil
yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati (Milyeran, Ley, Brian,
Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran prezidentlik lavozimini egalladi.
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya,
Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-1920 yillarda Fransiyada
Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu
shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi.
Fransiya Angliya bilan birgalikda 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro
tashkilot Millatlar ittifoqida yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini
tuzishda Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha
zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH bunga yo‘l
qo‘ymadi. Shunga qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olishdan
tashqari, Germaniya va Turkiya mustamlakalari hisobiga o‘z mustamlakalarini kengaytirdi, yaqin
Sharqda Turkiya mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi
sohilidagi Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator rayonlarni bosib oldi.
Fransuz harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari bilan birga Istambul yonida,
Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini
kengaytirishni mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919
yildayoq Klikiyada turk partizanlari fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk
qo‘shinlarining ingliz-grek bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi Fransuz agressorlarini
shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi
tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga
kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin
chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi
bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va
Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat
bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning
tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning
Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya
1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma
tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday
qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni
buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan joyda
imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini
mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda gegemonlik qilish uchun
urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham
kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya bilan AQSH va Angliya
o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim
voqealar bo‘lib o‘tdi.
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda
Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga
javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z
qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir
qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga
oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri
butunlay bormay qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi
tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar
bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi
AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan
edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida
taslim bo‘lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi.
AQSH qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik
agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |