Kompyuterning asosiy qurilmalari:
Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo’lib, uning ichida ona platasi, mikroprosessor, qattiq disk (vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar (kontrollerlar yoki adapterlar), elektr bilan ta’minlovchi blok va disk yurituvchilar bor.
Monitor - displey yoki ekran. Kompyuterdagi ma’lumotlar va amallarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 millimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar monoxrom (2 rangli), rangli va suyuq kristalli bo’ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo’lsa, shuncha shu monitor ko’proq ma’lumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar o’rtasidagi masofa kichkina bo’lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar aniq holda ko’rinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |