Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning urinbosarlari, bosh muxandis, bosh nktisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muxandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy xayda muxandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat kdluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va xokazolar) kiradi.
Mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni to‘g‘ri normalash uni ilmiy tashkil etish-ning asosi bulib hisoblanadi. Yaxshi asoslangan normalarsiz korxona faoliyatini ilmiy rejalashtirib bulmaydi, binobarin, normalarni to‘g‘ri belgilash korxona jamoasidagi har eir xodimning shaxsiy manfaatlarini korxonaning manfaati bilan uygunlashtiradi, mehnat unumdorligining usishiga, ish haqi to‘lovining yaxshilanishiga olib keladi.
Mehnatni normalash - amaldagi vaqt normalari, xizmat ko‘rsatish normalarini o‘z yachiga oladi.
Vaqt normasi - bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt miqdorini o‘ eelgilaydigan mehnat ulchovidir.
Ishlab chiqarish normasi - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va xokazolarda harakterlaydi.
Mehnatga hak to‘lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o‘z yachiga oladi: tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari, tarif stavkasi.
Tarif tizimi - tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi ' kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini 1niklash va ularga ma’lum razryad belgilashda asos bulib xizmat qiladi.
Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari . xursatiladigan hujjatdir. Xamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsienti «irga teng bulib, razryad ortishi bilan tarif koeffitsienti ham oshib boradi.
Tarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi davomida -o‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun 5elgilanib, krlgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini krlgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |