Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktab 8-”A” sinf o’quvchisi To’lanboyeva Dilfuzaning “Un mahsulotlarini J2 bilan boyitish”mavzusidagi
ILMIY TADQIQOT ISHI
REJA:
I.KIRISH QISMI:
Un mahsulotlari haqida umumiy ma’lumot.
II.ASOSIY QISM:
1.NaCl osh tuzining inson organizimidagi tutgan o’rni va uni J2 bilan boyitish.
2.J2 moddasining tanqisligini bartaraf etish.
3.Iste’mol mahsulotlarini J2 moddasi bilan boyitish.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
MAVZUNING DOLZARBLIGI.
J2 moddasining tanqisligi.Nafaqat O’zbekiston balki, boshqa davlatlar ham J2 moddasining kamligidan zarar ko’rib kelmoqda.J2 moddasi O’zbekiston hududida juda kam uchraydi.Buning asosiy sababi O’zbekiston boshqa ocean,daryo,ko’llar yaqinida joylashmaganligidandir.Bilamizki O’zbekiston faqat davlatlar bilan chegara orqali ajralgan.Masalan Porfira-qizil suv o’t bo’lib,tallomi bir hujayradan iborat.Iste’mol qilinganligi sababli “dengiz salati”deb ataladi.Yana bir suvo’t u ko’p hujayrali qo’ng’r suvo’ti bo’lib,asosan dengizda uchraydi bu-Laminariya “dengiz karami” deb ataladi.Bu suvo’tlari dengizlarda uchraydi O’zbekiston hududlarida bu suvo’tlardan foydalanish juda kam miqdorni tashkil qiladi.
MAVZUNING MAQSADI:
MAVZUNING OBYEKTI VA PREDMETI:
UN MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
Un - kukunsimon mahsulot bo’lib, boshoqli donlar va ayrim dukkakli ekinlar urug’ini yanchish natijasida olinadi. Un - non, bulochka, konditer, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining asosiy xomashyosi bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda va boshqa davlatlarda quyidagi un turlari ishlab chiqariladi: bug’doy, javdar, arpa, makkajo’xori, suli, no’xat, soya, bug’doy-javdar unlari.
Bug’doy uni, avvalo yaxshi ko’pirgan g’ovak non olinadigan un sifatida non mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan yuqori oziqaboplik qiymatiga ega bo’lgan mazali non va bulochka mahsulotlarining bir necha xil turlari tayyorlanadi. Bug’doy uni qandolatchilik sanoatida ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Shuningdek, makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda ham asosiy xomashyo bug’doy unidir. Uning oziqliligi o’simlik masalliqlari orasida kraxmalga boyligi bilan ajralib turadi. Unda kraxmal moddasi 68-75% gacha bo’lib, tarkibining asosini tashkil etadi.
Mineral moddalar asosan bug’doyning qobig’ida bo’ladi. Demak, bu modda kepakda ko’pdir. Kepakda vitaminlar ham bor. Kepaksiz tortilgan unda bunday modda 0,5%, birinchi navda 0,75%, ikkinchi navda 1,25%, jaydari unda yanada ko’proq bo’ladi. Kepakda fosfor, kalsiy, magniy, temir, xlor, kremniy, mineral tuzlar bo’ladi, bu oziq qimmatlidir. Oliy nav un - oppoq upasimon massadan iborat bo’lib, bir oz sarg’imtir rangda tovlanishi ham bor. Siqimlab ko’rganda mayin tuyuladi. Tarkibida mineral modda 0,55%, oqsil modda 28% bo’ladi.Birinchi nav un - oq, sariq bo’lib tovlanadi. Ushlaganda yumshoq, mayin. Tarkibida 30% oqsil modda bo’lib, xamir uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |