Olma soki ishlab chiqarish texnologiyasi. Olma sokini olishda kompleks liniyalar qo„llaniladi. Asosiy texnologik jarayonlar yuvish,sortlash,maydalash. Maydalangan mezgaga pressga uzatiladi. Olingan sok 3 sm kub rezervuarga yigilib, nasos orqali filtrga yuboriladi. Tozalangan sok 90 0С gacha qizdiriladi va fermentlarga o„tadi.
Fermentlarda sok 1-2 soat ushlab turiladi. Bundan so„ng 20-15 0С gacha sovo„tiladi. Sovo„tilgan sokka jelatin eritmasi kushilib ushlab turiladi.CHo„kma tushgandan so„ng sok dekantatsiya qilinadi va vakuum- filtrga yuboriladi. Qolgan cho„kma ikkinchi vakuum-filtrga uzatilib ,so„ngida ikkala tozalangan sok kushilib asseptik saqlash, qadoqlash yoki konsentrlash uchun uzatiladi.
Danakli mevalardan sok olish.Danakli mevalardan ya‟ni shaftoli va o„rikdan eritmaydigan provitolin A-Karotin borligi uchun etli sok ishlab chiqariladi. Etsiz soklar olxuri,olmadan olinadi.
Olcha va gilosdan sok ishlab chiqarish mevalarni bandidan tozalab valikli drobilkada maydalanadi. Bunda chaqilgan danaklar 15 % dan ortmasligi kerak.
Maydalashdan so„ng mevalar presslanadi. Olxuri va qizilchaga issiqlik ishlovi beriladi. Ularga 15- 20% suv qo„shib bug„ bilan qizdiriladi. Bunda meva ichidagi temperatura 72-76 0С bo„lishi kerak. Issiq mevalar presslanadi.
Bolgariyada olxuridan sok olish texnologiyasi quyidagicha: uzluksiz xarakatdagi qizdirgichda 2-8 min 95-100 0С gacha qizdiriladi,so„ngra protirogno„y mashinadan o„tkaziladi. (Dg 8...10 mm olingan massani 50-55 0С gacha sovo„tib, 6000-8000 sd/kg pektolitin ferment qo„shiladi,yaxshilab aralashtiriladi,2-3 soat ushlab turiladi va presslanadi. Olingan sokka tindirishni yaxshilash uchun 8000 ez/kg pektolitin preparat qo„shib 3-12 soat davomida ushlab turiladi. Tozalangan sok separatsiyaga kuyiladi va 90 0С ga qizdirib yana 30-40 0С ga sovo„tiladi. So„ngra sokni kizelgurli filtr orqali o„tkaziladi.
Anor soki Anor sokini olish murakkab bo„lib,uning po„stidan ko„p dubil moddalari bor. Maydalashda po„stidagi dubil moddalari sokka o„tib unga achchik ta‟m beradi. Anor sokini ta‟mini yaxshilash uchun avval po„stidan tozalanadi. Assortlangan donalar shnekli pressga junatiladi. Sokni tozalash uchun 0,8 mm li setkadan o„tkaziladi. Yigishda 1-2 soat tursa aralashmalar chukadi. Sokni bundan ko„p turishiga yulkuymaslik kerak. CHunki fenol moddalari sokka o„tadi va taxir ta‟m beradi. Rangi esa polifenollar oqsidlanishi tufayli qorayadi.
Tindirishni termik tiniklashtirish va separatsiya bilan ishlov berib,kullamasa bo„ladi. Bunda oqsil va termolabal moddalar kaogulyasiyaga uchraydi va separatsiya bilan chikarib tashlanadi.
Filtrlangandan so„ng sokni 75 0С ga qizdirib bo„to„lkaga kuyilib 85 0С da 15 min pasterizatsiya qilinadi.Ko„p mamlakatlarda sokni tiniklashtirish uchun jelatin qo„shib so„ngra kizelgur filtridan o„tkaziladi. Bunda 6 oy saqlash mumkin.
Anor sokini 0-10 0С temperaturada saqlash mumkin.