21
2.
TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYA
Ma’lumki, inson va uning jamiyatining harakatlantiruvchi kuchi — bu
inson tafakkuridir. Tafakkur — bu aql-idrok va dunyoviy bilimlar
majmuasidir. Dunyoviy bilimlar ta’lim jarayonida bunyod etiladi.
Haqiqatan ham Prezidentimiz I.A. Karimov ta’rif berganidek, «Ta’lim
O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib
kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon
bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlaming
dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga 0‘tadi»1. Shunga ko‘ra,
mamlakatimizda ta’limga alohida e’tibor berilgan holda uni yangi
pedagogik tizimga o'tkazish bugungi kunning bosh vazifalaridan biriga
aylanib, uzluksiz ta'limni yo‘lga qo‘yishda ham ilmiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ma’lumki, har bir mamlakat va jamiyat o‘zining ta’lim-tarbiya
tizimiga va o‘qitish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Lekin bu texnologiyada,
albatta, jahon va umuminsoniy ta’lim-tarbiya tizimidan va o'qitish
texnologiyasidan ijodiy foydalanib, undan bahramand bo‘linadi. Shu bois
o‘quv fanlarini pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishga alohida e’tibor
berilmoqda. Jumladan, maktablarda tasviriy san’at o‘quv p red met ini yangi
pedagogik tcxnologiyada o‘qitishga o‘tilmoqda. Buning uchun tasviriy
san’at o‘quv predmeti darslari bo‘yicha didaktik materiallar, ko‘rgazmalar,
22
metodik adabiyotlami tayyorlash va ishlab chiqarish zarurligi bugungi
kunimizdagi muhim vazifa bo‘lib qolyapti. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya
sohasida pedagogik textiologiyadan tasviriy san’atni o‘qitishda foydalanish
va uning samaradorUgiga erishish uchun ham o‘ziga xos didaktik
jarayonning o‘rganib chiqilishi zarur bo‘ladi. Maktabda tasviriy san’atni
o'qitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biron-bir
tuzukroq ilmiy asar yoki metodik-didaktik qollanma chop etilgani yo‘q.
Shuning uchun bu masalada mulohaza yuritishda masala kengroq
o‘rganilib, texnologiya, pedagogik texnologiya va so‘ngra tasviriy san’atni
o‘qitishda pedagogik texnologiyadan foydalanish masalasi tahlil qilinishini
lozim topdik. Ma’lumki, tasviriy san’atning dars mashg‘ulotlari besh
turdagi mashg‘ulot xarakterida yoki texnologiyada amalga oshiriladi: 1.
Narsaga qarab rasm ishlash. 2. Tematik kompozitsiya ustida ishlash. 3.
Dekorativ
amaliy-bezak
san’ati. 4. Haykaltaroshlik ishlari. 5.
San’atshunoslik asoslaridan tashkil topgan mashg‘ulotlar turlarida olib
boriladi Bu darslaming texnologiyasi bir mazmunda bo'lsa-da, ulardagi
ta’lim berish texnologiyasi albatta bir-biridan farqlanadi. Ya’ni «narsani
o‘ziga qarab rasm chizish» mashg'ulotlarida naturadan, buyumning o‘zini
ko‘rib, undan shaklning imkoniyati boricha naturadan tasvirlanadi. Tematik
kompozitsiyada esa o‘quvchilar o‘ylab-o‘ylab, uzoqlarga qarab,
nimalarnidir esga olish asosida rasm chizadilar. Haykaltaroshlikda esa,
23
qalam-bo‘yoq bilan emas, loy-plastilin bilan, oz bo‘lsa-da, jismoniy mehnat
vositasidagi mashg'ulotlar texnologiyasi mashg‘ulotning asosi bo‘ladi.
Shuning uchun tasviriy san’at darslaridagi pedagogik texnologiyalar
ta’rifini keltirish va ulami «Dars texnologiyasi» turlariga ajratishda ham
alohida e’tibor zarur bo£ladi. Xo‘sh, maktabda tasviriy san’atni o'qitishdagi
pedagogik texnologiyani umumiy holda qanday tushunamiz? Tasviriy
san’atning pedagogik texnologiyasi — bu tasviriy san’at o‘qituvchisining
o‘quvchilarga ma’lum davrda va sharoitda san’at bilimi va malakasini
berish vositalari asosida oldindan belgilangan maqsadga erishish hamda bu
vazifani bajarishni kafolatlay oladigan pedagogik jarayon. Ya’ni
o‘qituvchining 45 minut dars jarayonida belgilangan, mo‘ljallangan
maqsadga erishish uchun ta’lim va tarbiya vositalaridan foydalanishning
didaktik, metodik va uslubiy jarayonlari majmuasi asosida kafolatlangan
natijalarga erishishni ta’minlaydigan pedagogik jarayondir. Maktabda
tasviriy san’at fanini o‘qitishda ham pedagogik texnologiyaning «dars
texnologiyasi», «o‘qitish texnologiyasi» va «ta’lim texnologiyasi» kabi
ko‘rinishlaridan foydalaniladi. 1. «Dars texnologiyasi» — bu 45 minutli
tasviriy san’at darsining qurilishi, tuzilishi va tashkil etilishining umumiy
pedagogik talablarga (didaktik va metodik) javob berishni kafolatlaydigan
pedagogik jarayondir. Ya’ni tasviriy san’at o‘quv fanining sinf-dars
sistemasi bo‘lib, u yangi bilim berish, berilgan bilim-malakasini
24
mustahkamlash, aralash dars, bilim-malakani tekshirish va nazorat qilish
darslari kabilardir. Ularning har biri o‘ziga xos texnologiyalarda faoUyat
yuritadi. 2. « O’qitish texnologiyasi» — tasviriy san’at va san’atshunoslik
fanlarini o‘qitish, ular asosida nazariy hamda amaliy sohalardan bilim-
malakani o‘zlashtirish yo‘li, qoidalari va uslublari majmuasi jarayonidir. Bu
texnologiya m a’lum bir o‘quv predmetini o‘qitish va o‘zlashtirish yo‘lining
didaktikasi va xususiy metodikasi jarayonini ifoda etadi. Shunga ko‘ra,
o‘qitish texnologiyasi tasviriy san’at dars mashg‘ulotlarining besh turi
bo‘yicha o'zgarib turadi. Chunki tasviriy san’at dars mashg‘ulotlarini o
‘qitish didaktikasi va uslublari mashg'ulotlardagi maqsad-vazifalaming
o‘zgarib turishi bilan uning o‘qitish texnologiyasi ham o'zgarib turadi.
3. «Ма’lumot texnologiyasi» — bu o‘quvchilarga ma’lumot berish
mazmunida ifodalanib, u o‘quvchilarga tasviriy san’at o‘quv fanidan bilim-
malaka berish jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida ilmiy muloqot,
munosabat, ijodiy hamkorlik jarayonlari mazmunida ifodalanadi. Ya’ni
o‘quvchilarga beriladigan san’at nazariyasi va rasm chizish (tasvirlash)ga
oid bilim-malakani o‘quvchilarga yetkaza olishni kafolatlay oladigan
ta’lim-tarbiya vositalari, o‘qitish didaktikasi, metodikasi va uslublari
majmuasida ifodalanadi. Chunki dars jarayonida tasviriy san’at o‘qituvchisi
o‘quvchilarga bo‘ladigan dars mazmuni bo‘yicha va darsda bajariladigan
amaliy ishlar bo'yicha vazifalar va ularni bajarish yo‘llari haqida eng oson,
25
eng qisqa va ilmiy asosdagi ma’lumotlar beradi. Yuqoridagilar shuni
ko‘rsatadiki, tasviriy san’atning o‘qitilishi jarayonida pedagogik
texnologiyaning har uch ko‘rinishidan foydalanilaveradi. Pedagogik
texnologiyani yaxshi tushunib olgan tasviriy san’at o‘qituvchisi har qanday
holatda ham dars samaradorligini oshirishga erishadi. Chunki pedagogik
texnologiyaning juda ko‘plab prinsiplari borki, ulardan dars maqsad va
vazifasiga ko‘ra foydalanish mumkin. Hozirgi davrda pedagogik
texnologiyaning muammoli-modulli o‘qitilishi shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim, ta’limni jadallashtirish, maqsadli o‘qitish, tabaqalashtirib o‘qitish
kabi turlari ishlab chiqilganki, o‘qituvchining o‘zi tasviriy san’atni o‘qitish
mazmuniga mos kelishiga ko‘ra tanlaydi va undan foydalanadi. Masalan,
muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasidan tasviriy san’atni o'qitishda
foydalanib, o‘tiladigan dars materialini to‘liq, qisqartirilgan yoki
chuqurlashtirilgan
mazjnunda
amalga
oshirib,
ta’lim jarayonini
integratsiyalash va tabaqalashtirib o‘qitish texnologiyasidan foydalanadi.
Tasviriy san’at o‘qituvchisi pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishi
uchun o‘quv-tarbiya vositalarini kuchaytirishi zarur. Bu darslar didaktikasi
va metodikasi talablariga javob beradigan tasviriy san’at kabinetini tashkil
etish va unda zaruriy didaktik hamda ko‘rgazma materiallar bazasi, natura
fondini bunyod etish zarurligini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |