2.Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Oʻzbekistonda koʻp yoʻnalishdagi chorvachilik tarmoqlari rivojlantiriladi. Ularning asosiy mahsulotlari ayrim davrlarda quyidagi miqdorda ishlab chiqarilgan (1-jadval).
1-jadval
Oʻzbekistonda asosiy chorva mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili(2011-2014 yy.)*
№
| Mahsulot turlari | Yillar |
Aholi jon boshiga, kg
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
Barcha toifadagi xoʻjaliklar
|
1.
|
Barcha turdagi
yalpi goʻsht (tirik vaznda), ming tonna
|
1564,2
|
1672,9
|
1787,8
|
1906,3
|
52,9
|
55,8
|
58,6
|
61,4
|
2.
|
Sut, ming tonna
|
6766,2
|
7310,9
|
7885,5
|
8431,6
|
228,9
|
243,7
|
258,6
|
271,8
|
3.
|
Tuxum, mln. dona
|
3441,7
|
3873,7
|
4388,1
|
4950,0
|
116,4
|
129,1
|
143,9
|
159,6
|
4.
|
Jun, ming tonna
|
28,7
|
31,1
|
32,4
|
34,4
|
1,0
|
1,0
|
1,1
|
1,1
|
5.
|
Pilla, ming tonna
|
24,7
|
25,0
|
25,4
|
26,1
|
0,8
|
0,8
|
0,8
|
0,8
|
6.
|
Qorakoʻl teri, ming dona
|
1022,3
|
1116,9
|
1062,1
|
1061,3
|
34,6
|
37,2
|
34,8
|
34,2
|
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. Toshkent 2015 toʻplam materiallari.
2000-yilda 1990-yilga nisbatan aholi jon boshiga goʻsht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2-marta, qorakoʻl teri- 2,3-marta, pila 45% ga kamaygan.
2014-yilda 2011-yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – goʻsht 16,1 % ga, sut 18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan.
Demak, asosiy chorva yalpi mahsulotlarining oʻsishida barqarorlik taʼminlangan boʻlib, pilla va qorakoʻlda deyarli oʻzgarish boʻlmagan. Bunday holatni chorva mollari soni va ularning mahsuldorligidagi oʻzgarishlarni umumiy tahlil qilish yoʻli bilan ham aniqlash mumkin.
Quyidagi jadval(2-jadval)da asosiy chorva mollari sonidagi oʻzgarishlar keltirilgan.
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. Yillik statistik toʻplam. Toshkent 2013-yil va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. Toshkent 2015 toʻplam materiallari.
2000-yilda 1990-yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qoʻy va echkilar - qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga koʻpaygan, choʻchqalar soni esa-8,8-marta, parrandalar-2,6-marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga koʻpaygan.
Chorva mollari ayrim turlarining maʼlum darajada kamayishi yoki ularning oʻsish surʼatining nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va isteʼmoldagi ayrim tarkibiy oʻzgarishlar boʻlsa bu kamchiliklar 2004-yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga erishildi.
Ayrim turlar – choʻchqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda maʼlum darajadagi natijaga erishildi.
Keyingi davrda chorva mollari boshsonining, jumladan qoramollar bosh sonining oshib borishi, hukumatimiz tomonidan bu sohaga yuksak eʼtibor qaratilayotganligining yorqin natijasidir.
Chorva mollarining mahsuldorlik koʻrsatkichlarida ham oʻzgarishlar mavjud. Masalan, 1990-yilda oldingi 10 yillikka har bir bosh sigirdan sogʻilgan sut 3,9-marta, tovuqdan olingan tuxum-3-marta, qoʻydan qirqilgan jun - qariyb 3-marta, soʻyilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan.
2000-yilda 1990-yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik koʻrsatkichlari biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sogʻilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7 foizga, soʻyilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik koʻrsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish holati bilan bogʻliq.2012-yilda 2004-yilga nisbatan qoramollar soni qariyb 1,8-martaga, qoʻy va echkilar – 1,6, parrandalar – 2,7-martaga va otlar soni 33,6 % ga oshgani holda choʻchqalar soni esa 26,3 % ga kamaygan. 2014-yilda esa 2005-yilga nisbatan - qoramollar soni
67,3 % ga, shu jum. sigirlar soni 44,8% ga, qoʻy va echkilar-62,4 % ga, choʻchqalar deyarli oʻzgarmagani holda, parrandalar –2,7-martaga va otlar soni 35,0 % gaoshgan. Shu davrda fermer xoʻjaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ham xuddi shundayoʻsishtendensiyasi mavjud. Hozirgacha chorvachilik hayvonlari bosh sonida ham,chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari yetakchilik qilishmoqda.
2005-2014-yillarga kelib goʻsht ishlab chiqarish dinamikasida barcha hayvonlar goʻshtlarining koʻpayganligini quyidagi 3-jadvalda koʻrish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |