III BOB. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MINTAQAVIY HAL QILISH YO’LLARI
3.1 O’zbekistonda barqaror bandlik holati, muammolari va yechimlari
TOSHKENT – Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va yaxshilangan hamkorlik qator mintaqaviy muammolarni hal etishga yordam bermoqda.“Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va barchamiz uchun dolzarb muammolarni hal qilish tashabbusi bilan chiqmoqdalar”, dedi tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov 19-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirning ochilish nutqida. Bu haqda kun.uz nashri xabar bermoqda.“Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” deb nomlangan anjuman mintaqadagi xavfsizlik, savdo, transport, kommunikatsiya, suvdan foydalanish, energetika, turizm, ta’lim, fan va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tashkil etgan tadbirda 36 davlatdan 100 dan ortiq tahlilchilar ishtirok etdi.Anjumanda Yevropa Ittifoqi va AQSHda joylashgan tashkilotlar, jumladan Jahon banki, Yevropa investitsiyaviy banki, Butunjahon savdo tashkiloti va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.
Mintaqa miqyosidagi yutuqlar
Mintaqaviy hamkorlik barcha sohalarda kengaymoqda. Mintaqa doirasidagi eng dolzarb muammolar - xavfsizlik, davlat chegaralari va suvdan foydalanish masalalari “izchillik bilan” hal etilmoqda, dedi Komilov.O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini strategik hamkorlik darajasiga olib chiqdi, dedi u.Bu orada, 2017-yil bilan solishtirganda o‘tgan yili Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan oʻzaro savdo aylanmasining oʻsishi hisobiga O‘zbekistonning daromadi 50 foizga oshgan, dedi u aloqalarning yaxshilanishi boshqa davlatlarga ham foyda keltirayotganini taʼkidlar ekan.“Mintaqaviy hamkorlikning mustahkamlanishi - obyektiv, barqaror va ortga qaytmaydigan tendensiya”, dedi Komilov. “U mintaqadagi barcha mamlakatlarning qatʼiy siyosiy irodasiga asoslangan va chuqur tarixiy asosga ega.”“Markaziy Osiyodagi yaqinlashuv jarayoni hech kimning manfaatlariga qarshi qaratilmagan”, deb qo‘shimcha qildi u.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tugatilgan ihotalanish siyosati va siyosiy to‘siqlar mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirdi va tahlilchilar tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim yutuq sifatida baholanmoqda.“Markaziy Osiyo davlatlarining bir-biriga intilishga moyilligi tabiiy jarayondir”, deydi bishkeklik iqtisodchi, “Global Technology Solutions Co.” kompaniyasi rahbari Iskender Sharsheyev Karvonsaroy nashriga.“Bizni tarixiy, madaniy va qardoshlik rishtalari bogʻlab turadi. Nekbinlik bilan baho berilsa, davlatlarimiz kuchli mintaqaviy o‘yinchi sifatida qudratli davlatlar bilan teng muzokara olib bora oladigan, integratsiyalashgan kuchli birlik sifatida shakllanmoqda”, dedi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |