Mavzu: Jahonning global iqtisodiy muammolari.
Mundarija
|
|
Kirish
|
3
|
Asosiy qism
|
5
|
I . JAHONNING GLOBAL MUAMMOLARI HAQIDA TUSHUNCHA
|
5
|
1.1 Iqtisodiyotning global maqsadlari
|
5
|
Insoniyatning global muammolari va ularni zamonaviy dunyoda hal qilish usullari
|
11
|
II . JAHONNING IQTISODIY GLOBAL MUAMMOLARI TAHLILI
|
16
|
2.1 Inson- jamiyat tizimidagi global muammolar
|
16
|
2.2 Hozirgi bosqichda iqtisodiy rivojlanishning global muammolari
|
24
|
III . MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MINTAQAVIY MUAMMOLARINI HAL QILISH YO’LLARI
|
29
|
3.1 O’zbekistonda barqaror bandlikni, muammolari va yechimlari
|
29
|
3.2 Umumiy muammolarni bartaraf qilishning chora tadbirlari
|
32
|
Xulosa
|
37
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
40
|
Kirish.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining ob‘ekti qonunniyatlaridan biri – uning birligi va yaxlitligi tomon og’ishmay rivojlanayotganligidir.Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilaridan kelib chiqqan xilma-xil tusiqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, ularning hammasi bitta sayyora – Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir, umumiy bo’lgan biologik muhitda hayot kechiradilar.Insoniyatning ko’p ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida oldinlari hech bo’lmagan va kutilmagan vaziyat yuzaga keldi: Ommaviy qirg’in qurollari, birinchi navbatda, termoyadro qurolining vujudga keltirilib, tobora takomillashtirib borilishi natijasida insoniyat hayot-mamoti, tsivilizatsiyasi uchun termoyadro xalokati xavfi tug’ildi, insonning ishlab chiqarish faoliyati ko’lami kengayib va ko’payib borgani sari jahon tsivilizatsiyasi va inson hayot mamoti uchun ekologik xalokat xavfi tug’ilib, kuchayib bormoqda.Es-xushi joyida bo’lgan har bir odam shuni yaxshi tushunadiki, termoyadro va boshqa ommaviy qirg’in qurollarini qo’llab, olib borilgan urushdan keyin atmosfera, yer va suv radiatsiya bilan zaxarlanib, ob-xavoning mudxish tarzda o’zgarishi, yer yuzi buylab tarqalishi faqat odamlar avlodining qurib ketishigina emas, balki xayvonot hamda o’simlik dunyosining ham ko’pchilik qismi yer yuzidan yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Yer sayyorasida umuman ongli hayot yana qaytadan vujudga kelishi mumkin bulmay qoladi.
Jahon siyosati keng qamrovli, serqirra va xilma-xil xalqaro munosabatlar mazmuniga ega bo’lib borgani sari barcha umumbashariy muammolarni faqat “o’zining” tuzumi manfaatlari, faqat “o’zining” milliy-davlat maqsadi intilishlari nuqtai nazarida turib emas, balki hozirgi dunyoning birligi, yaxlitligi qonun-qoidalarini to’g’ri anglagan holda yechish yo’llarini topish ijobiy samara keltirib, maqsadga erishish imkoniyatini yaratib beradi.
“Xavfsiz dunyo, - deb ta‘kidladi Prezidentimiz I. Karimov, - umuman, butun insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda ozmuncha nayzasi sinmagan har bir inson uchun ham oliy maqsaddir. Bugungi kunda jahondagi ko’pgina mintaqalarda yuz berayotgan, odamlarni eng asosiy huquqi – yashash huquqidan mahrum qilayotgan qonli to’qnashuvlar to’xtatilmas ekan, inson huquqlari va insoniyat taraqqiyoti sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida jiddiy gapirib bo’lmaydi”. Hozirgi jahon siyosatining o’ziga xos xususiyati shundaki, har bir davlat o’zining tashqi siyosatini belgilashi jarayonida boshqa mamlakatlarning ham maqsad manfaatlarini hisobga olishi shart. Bu davrning amri va talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |