1-asosiy savol bayoni: Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta`lim-tarbiya
sohasidagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlikka ularning jahon ta`lim talablari
bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq.
Ta`lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy
yangilik kiritish bilan belgilanadi. Bunday yangilikni kiritish jarayoni innovatsion
jarayon bo’lib, ilg’or pedpgogik texnologiyalarni joriy qilib, ta`limda sifat va
samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |