I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


-§. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
3-§. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
 
 
Milliy boylik insonnyat jamiyagi taraqqiyogi davomida ajdodlar tomonidai yaratilgan 
va avlodlar tomonidai jamg'arilgap moddiy, nomoddiy va iitsllektual boyliklar hamda tabiiy 
boyliklardan nboratdir.
 
Milliy  boylikning  bir  qismini  inson  mehnatining  natijasi  hisoblasak,  boshqa  qismi  tabiat 
boyliklaridan iborat bo'ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o'z ichiga nafaqat moddiy va 
nomoddiy ne'matlar, yaratilgan san'at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari 
va  boyliklari  hamda  takror  ishlab  chiqarishning  tabiiy  iqlim  sharoitlarini  ham  oladi.  Milliy 
boylikning  bu  barcha  tarkibiy  qismlarini  miqdori,  qiymat  o'lchovlarida  hisoblab  chiqish  bir  qator 
obyektiv  sabablariga  ko'ra  ancha  qiyin,  jumladan  uning  tabiat  in'omlaridan  iborat  qismi  inson 
mehnatining natijasi hisoblanmaydi  va qiymat o'lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil 
amaliyotida  milliy  boylikning  tor  ma'nodagi  tushunchasidan  foydalaniladi.  Tor  ma'noda  milliy 
boylik  insoniyat  mehnati  bilan  yaratilgan  va  takror  ishlab  chiqarilishi  mumkin  bo'lgan  barcha 
moddiy boyliklardan iborat bo'ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun 
tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida 
chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi. U kishilarning ko'plab avlodi mehnati 


natijasi hisoblanadi. 
Aytilganlardan  kelib  chiqib,  milliy  boylikni  shartli  ravishda  quyidagi  uchta  yirik  tarkibiy 
qismlarga ajratish mumkin: 
1. Moddiy buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy  buyumlashgan  boylik  oxiri  oqibatda  ishlab  chiqarishning,  unumli  mehnatining 
natijasi  hisoblanadi.  U  ishlab  chiqarish  yaratilganda  mahsulotlarning  joriy  iste'mol  qilishdan 
ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi. 
Ammo  moddiy  buyumlashgan  boylikni  qator  yillardagi  yillik  yalpi  mahsulotlar  yig'indisi 
sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, 
qaytadan  yangilanib  turadi  (ishlab  chiqarish  vositalari,  iste'mol  buyumlari).  Shu  sababli  ishlab 
chiqarish vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy 
buyumlashgan bog'liq sifatida jamg'arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan 
boylikning o'sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo'lib, 
tarkibiy tuzilishi bo'yicha qo'yidagilarni o'z ichiga oladi: 
-  ishlab  chiqarish  xarakteridagi  asosiy  kapital  (fondlar).  Bular  butun  milliy  boylikning 
tarkibida ancha katta salmoqga ega bo'ladi, xamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi milliy 
mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi: 
-  noishlab  chiqarish  xarakteridagi  asosiy  kapital  (fondlar).  Asosiy  kapitalning  bu  turiga 
mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakgerdagi obyektlar kiradi. 
aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo'lib, asosiy 
kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi. 
-  tugallanmagan  ishlab  chiqarishning  moddiy-buyumlashgan  qismi.  Ular  ishlab  chiqarish 
bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo'lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi. 
— moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomila bosqichdaga tayyor mahsulot, korxonalar 
va  savdo  tarmoqlaridagi  moddiy  zahiralar,  davlat  ehtiyojlari  va  rezerv  fondlari  kiradi.  Moddiy 
zahiralar  iqtisodiyotda  ro'y  berishi  mumkin  bo'lgan  va  oldindan  bilib  bo'lmaydigan  favqulotda 
holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.   
Davlat  ehtiyojlariga  oltin  zahiralari,  sug'urta  va  mudofaa  ehtiyojlari  uchun  zarur  zahiralar 
kiradi. 
-  aholining  uy,  tomorqa  va  yordamchi  xo'jaligida  jamg'arilgan  mol-mulk.  Bunga  uy-joy, 
avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. 
Moddiy  buyumlashgan  boylik  tarkibiy  qismlarining  mazmuni  va  ularning  salmog'i 
o'zgarishsiz  qolmaydi.  Asosan  fan-texnika  taraqqiyoti  sharoitida  moddiy,  buyumlashgan  boylik 
tarkibida  yirik  o'zgarishlar  ro'y  beradi.  Sanoat  tarmoqlarining  asosiy  kapitali  tez  ko'payadi  va 
yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o'quv, sog'liqni  saqdash 
muassasalarining  ulushi  tobora  ko'proq  hissasini  egallaydi.  Tabiiy  resurslarni  iqtisodiy  faoliyatga 
jalb qilish suratlari o'sib boradi. 
Moddiy  buyumlashgan  boylik  o'sishining  asosiy  omillari  sifatida  quyidagilarni  ajratib 
ko'rsatish mumkin: 
- mehnat unumdorligining o'sishi; 
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
- milliy daromadda jamg'arish normasining ortishi. 
Moddiy  buyumlashgan  boylik  ishlab  chiqarishning  natijasi  va  shart-sharoiti  hisoblanadi. 
Buning  ma'nosi  shuki,  bir  tomondan  mahsulotdan  milliy  boylik  tomon  harakatda  boylikning 
iste'mol  qilingan  qismining  qoplanishi  va  uning  ko'payishi  ro'y  beradi.  Boshqa  tomondan  milliy 
boylik  ishlab  chiqarishning  moddiy  shart-sharoiti,  uning  moddiy  texnikaviy  asosi  hisoblanadi. 
Bunda  ishlab  chiqarishning  o'sish  sur'ati  va  miqyosi  milliy  boyliqdan  foydalanish  xarakteriga 
bog'liq bo'ladi. 
Moddiy buyumlashgan boylik oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdan farqlansa-
da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy  boylikning  boshqa  qismi  tabiiy  boyliklar  ishlab  chiqarishning  shart-sharoitini  va 
inson  faoliyatining  tashqi  muhitini  tashkil  qiladi.  Tabiiy  boylikning  vujudga  kelishi  insoniyat 


jamiyatiga bog'liq emas, u tabiat qonunlari asosan ro'y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o'rmonlar, 
suv va resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishi tashqarida turadi. 
Tabiat  in'omlari  o'zlarining  dastlabki  ko'rinishida  tabiy  boylik  bo'lib,  shu  holatida  inson 
faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Bunning ma'nosi shuki, tabiiy 
boyliklar  jamiyat  uchun  faqatgina  potensial  boylik  hisoblanadi.  Ular  real  boylikka  inson 
mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi. 
Milliy  boylik  nafaqat  moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaratiladi.  Uning  bir  qismi 
nomoddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  vujudga  keltiriladi  va  jamiyatning  nomoddiy  boyligi 
hisoblanadi.  Nomoddiy  sohalarda  ashyoviy-buyum  shakl    bilan  bog'liq  bo'lmagan  alohida  turdagi 
iste'mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish, sohalarining faoliyat qilishi va 
rivojlanishi  uchun  shuningdek  bevosita  aholining  turmush  darajasini  ta'minlash  va  oshirib  borish 
uchun  zarur  bo'ladi.  Bunday  boyliklarga  ta'lim  sog'likni  saqlash,  fan,  madaniyat,  san'at,  sport 
sohalarida v judga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uni tarkibida tarixiy yodgorliklar, 
arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san'at asarlari alohida o'rin tutadi. 
Jamiyatning  nomoddiy  boyliklarida  madaniyat  va  san'atni  rivojlanish  darajasi,  jamiyat 
a'zolarining  to'plagan  ilmiy  bilimlari  va  intellektual  darajasi,  ishlovchilarning  ixtisosligi  va 
malakaviy  bilim  darajasi,  sog'liqni  saqlash,  ta'lim  va  sportning  rivojlanish  darajasi  o'z  ifodasini 
topadi. 
Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishning asosi 
xisoblanadi. Agar fan-texiika taraqqiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat, sana't fan kabi 
nomoddiy sohalar xam o'sib va takomillashib boradi. 
Shunday  qilib,  milliy  boylik  moddiy  buyumlashgan  va  tabiiy  boyliklardan  ancha  keng  tushuncha 
bo'lib, o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish