I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

undirma sanoatda 
ham qo'shimcha daromad olinadi. 
Ma'lumki  foydali  qazilma  konlari  joylashuvi  (va  demak,  ishlash  uchun  qulayligi)  jihatidan  ham 
konning  boyligi  jihatidan  ham  bir-biridan  farq  qiladi.  Xuddi  qishloq  xo'jaligidagi  singari,  o'rta  va 
yaxshi konlardagi korxonalar qo'shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. 
Ijara haqi. 
Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e'tiborni 
qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oddin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog'liq 
ravishda  kapital  qo'yilmalar  sarflanmagan  bo'lsa,  ijara  haqi  va  renta  miqdoran  bir-biriga  to'g'ri 
keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasqdan farq qiladi. Ijara haqining quyidagilardan iborat: yerdan 
foydalanganlik  uchun  to'lanadigan  renta  (K),  yerga  ilgari  sarflangan  kapital  uchun  foiz  (g);  yer 
uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A).  Buni formulada 
quyidagicha yozish mumkin: IH = K+g+A. 
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oddi-sotdi obyekti 
hamdir.  Yer  ham  qishloq  xo'jalik  mahsuloti  yetishtirish  va  tabiiy  qazilma  boyliklar  qazib  olish 
uchun,  har  xil  ishlab  chiqarish  va  turar  joy  binolari,  inshootlar,  yo'llar,  aeroportlar  va  hokazolar 
qurish  uchun  sotib  olinadi.  Yerning  bahosi  nima  bilan  belgilanadi?  Yer  almashuv  qiymatga  ega 
emas.Chunki u inson mexnati mahsuli emas. 
Shu  sababli  yer  va  boshqa  tabiat  inyomlari  narxini  nazariyotchilar  irratsional  narxlar  deb 
ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega. Yer uchastkasishshg egasi uni sotishda olingan summani 
bankka qo'yilganda, foiz tarzida u keltiradigan daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan 
kam  bo'lmagan  taqdirdagina  yerni  sotadi.  Boshqacha  aygganda,  yerning  narxi  kattallashtirilgan 
rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi.  U renta 
miqdoriga to'g'ri mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning 
narxi ikkita miqdorga bog'liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo'ltan yer rentasi miqdoriga; 2) 
ssuda foizi normasiga. 
Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo'yicha aniqianadi.B= *100% bunda 
K- renta r  -ssuda foizi normasi, B- yer bahosi. 
Faraz qilaylik, K - 15 ming dol., g =5%. Bunda B = 300 ming dol. ga teng bo'ladi. Yer egasi 
faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz 
unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo'ladi. 
Renta miqdori o'sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda yerning narxi o'sib boradi. 
Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega amalda yer narxi, yer uchastkasiga 
talab  va  taklifga  ta'sir  qursatuvchi  ko'plab  omillarga  bog'liq.  Jumladan,  yerga  narxning  o'sishini, 


unga  noqishloq  xo'jalik  maqsadlari  uchun  foydalanishga  talabning  o'sishi  bilan  tushuntiridishi 
mumkin.  Inflatsiya  va  asosan  giperinflatsiya  sharoitida  yerga  talab  keskin  o'sadi,  bu  tegashli 
ravishda  yer narxining o'sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan  g'arb  mamlakatlarida 
XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o'sish tamoyiliga ega bo'lib, faqat ayrim 
davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish