I. Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha



Download 31,5 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi31,5 Kb.
#432504
Bog'liq
ilmiy tadqiqot hisoboti


Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti Lingvistika (o‘zbek tili) 2-kurs magistranti Hayitova Mahliyo Ilhom qizining Ilmiy tadqiqot va Magistrlik ishi bo‘yicha 3-semestr davomida (Sentabr, Oktabr, Noyabr oylarida) amalga oshirgan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
I.Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha:
Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishni boshlash uchun, dastlab, 1-kurs davomida tadqiqot mavzusi tanlab olinib, mavzu yuzasidan dissertatsiya rejasi ishlab chiqildi, ilmiy ishning obyekti, o‘rganilish manbalari va maydoni aniqlab olindi. 3-semestr davomida mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Kutubxonalardan va elektron saytlardan mavzuga doir adabiyotlar, maqolalar, dissertatsiya va monografiyalar to‘plandi. Shu bilan birga mavzuga aloqador xorijiy adabiyotlarga ham e’tibor qaratildi hamda ulardagi kerakli ma’lumotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda maqola va tezislar tayyorlanib, bir nechta konferensiya va ilmiy anjumanlarda ishtirok etildi. Ularning ba’zilari nashrga tavsiya etildi. Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq mamlakatlik universitetida o‘tkazilgan “Turkiy filologiyaning ahamiyatli masalalari” nomli konferensiya materiallari to‘plamida “Suv leksemasi asosida shakllangan iboralarning funksional semantik xususiyatlari (Murod Muhammad Do‘stning “Galatepaga qaytish” qissasi misolida)” nomli maqolamiz chop etildi. Shu bilan birga Samarqand Davlat universetitida ham o‘tkazilgan ilmiy konferensiyaga “O‘zbek va ingliz tillarida suv leksemasi asosida shakllangan barqaror birliklar (maqollar)ning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi maqolamiz ham berildi. Hozirda “O‘zbek tilida suv leksemasi asosida shakllangan lingvokulturemalar” nomli maqolamiz Samarqand Davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Magistrlarning birinchi ilmiy-amaliy tanlovi materiallari” to‘plamiga berilgan.

II.Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha:
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Dastlab, dissertatsiya uchun mavzu tanlab olindi. Ilmiy ishning maqsad va vazifalari, predmeti va obyekti belgilandi. Nima uchun aynan shu mavzu tanlangani, uning dolzarbligi, ahamiyati aniqlandi. Va shu asosda ilmiy ishning kengaytirilgan rejasi ishlab chiqildi. Shundan keyin ilmiy ish bo‘yicha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlarni yig‘ish, ularni saralash, turli xil ilmiy gazeta va jurnallardan mavzumizga doir maqola va tezislarni to‘plash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun kutubxonada ishladik, internet va elektron resurslardan foydalandik. Bundan tashqari mavzuga doir adabiyotlarni ham o‘rgandik.
Ilmiy tadqiqotimizni faqat o‘zbek tilshunosligi emas, balki dunyo tilshunosligi bilan ham qiyosan o‘rganish maqsadida rus va ingliz tillarida yozilgan mavzuga doir adabiyotlarni ham to‘pladik. Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha hozirgacha Ishning umumiy tavsifi va Birinchi bob yozib tugallandi. Kirishda tadqiqot obyekti, maqsad-vazifalari, ilmiy ishda qo‘llaniladigan usullar hamda ishning amaliy ahamiyati haqida umumiy fikr yuritildi. Birinchi bobning birinchi bo‘limida “suv” leksemasining jahon tilshunosligining turkologiya yo‘nalishida hamda o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishiga e’tibor qaratildi. Hamda shu bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. “Suv” leksemasi bo‘yicha qilingan ishlarda qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor berilgan, tahlil qilinganligi, qaysi xususiyatlari e’tibordan chetda qoldirilganligi borasidagi fikrlar ham aytib o‘tildi, tadqiqotchi olimlarning mulohazalariga munosabat bildirildi.
Ikkinchi va uchinchi bob bo‘yicha ham bir qator materiallar to‘planib, tanqidiy o‘rganilmoqda.

Kafedra mudiri: ____________ f.f.n. Sh.Mahmadiyev


Ilmiy rahbar: _____________ f.f.n. Sh.Mahmadiyev
Magistrant: ______________ M.Hayitova
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish