Tuproqning ifloslanishi va uni toza saqlash.
Ifloslanish tufayli tuproq
ning kimyoviy va biologik xususiyati o'zgaradi. Binobarin, modda almashinu-
vida buzilish ro'y beradi.'H ar xil kasallik tarqatuvchi patogen mikroorga
nizmlar tez ko'payadi. Tuproq quyidagi omillar ta ’sirida ifloslanadi: sanoat
va shahar chiqindi axlatlari, kommunikatsiya (gaz, neft’, suv
qUvurlar,
elektr kabellari va issiqlik quvurlari, transport vositalari, oqava suvlar va
boshqalar). Hozir dunyoda shaharlar aholisi o 'rta hisobda yiliga 2 trillion
kg yoki jon boshiga 400 kg axlat chiqarib tashlamoqda. Agar dunyo bo'yicha
chiqarib tashlanayotgan axlat va sanoat chiqindilarini quruqlik yuziga yoysak
15 yil ichida uning qalinligi 5 metrga yetadi. Shunday qilib, agar shahar
axlati va sanoat chiqindilari (simob, margimush, mis, qo'rg'oshin, rux,
ftor, marganes kabi zaharli kimyoviy m oddalar va maishiy kommunal
chiqindilari) tashlangan yerlarda tezlik bilan sanitariya zonalari tashkil
qilinib, oldi olinmasa, o'sha joylar tuprog'i o 'ta ifloslanib tabiiy holda
tozalana olmaydi.
C hunki tu p ro q d a kim yoviy va organik m oddalar m iqdori o rtib
mikroorganizmlar, ayniqsa, patogen mikroorganizmlar ko'payib ketadi.
M a’lumotlarga ko'ra, 1 ga toza tuproqda 16—150 ming bakteriya mavjud
bo'lsa, 1 ga ifloslangan tuproqda 1 mlrdgacha mikroblar borligi m a’lum.
Natijada tuproq ifloslanib har xil yuqumli kasalliklarni, jum ladan, stolb-
nyak, sibir kuydirgisi, gangrena, ichburug', vabo, ichburug' tifi, sil kasal-
ligini tarqatuvchi manbaga aylanadi.
Ifloslangan tuproqda mavjud bo'lgan zararli va zaharli kimyoviy
elementlar u yerda o'sgan o'simlik orqali chorva mollariga, mollardan (sutini
ichish, go'shtini iste’mol qilish tufayli) esa kishilaiga o'tishi mumkin.
68
Tuproq issiqiik elektr stansiyalaridan chiqqan kul va shlaklar, tog‘-kon
chiqindilari (nokerak jinslar) bilan ham ifloslanadi.
Masalan, faqat M D H (sobiq ittifoq) davlatlarida elektr stansiyasidan
chiqarib tashlangan kul va shlaklaming miqdori 1 mlrd km kub bo'lib,
140 ming gektar maydonni ishg'ol qiladi. Bu kul va shlaklarni elektr
stansiyalaridan chiqarib tashlash uchun esa 120—150 mln. so‘m sarflanadi.
Yer yuzasida har xil injenerlik kommunikatsiya (gaz, suv, neft, issiqiik
kanalizatsiya quvurlari, elektr, tejefon kabellari va boshqalar) quvurlarini
yotqizish tuproq holatiga salbiy ta ’sir etib, tuproqdagi biologik jarayon-
larni buzadi va ifloslanadi. Chunki o'sha yotqizilgan kabellar atrofidagi
tuproq tarkibini buzadi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud bo'ladi,
o'simliklar quriy boshlaydi.
M a’lumotlarga ko'ra, gaz quvurlari atrofdagi 100 m ga tuproqni zahar-
lasa, issiqiik quvurlari 24 m gacha bo'lgan polosada tuproqni quritib, suv
rejimini buzib, tuproqdagi mikroorganizmlarning o'lishiga, o'simliklarning
qurishiga olib keladi.
Tuproqning ifloslanishida mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar (pestit-
sidlar) ham ishtirok etadi. Bu zaharli ximikatlar tuproqda uzoq vaqt
saqlanib, o'z xususiyatini o'zgartirmasdan to'planib qoladi. Oqibatda tu p
roqni zaharlaydi. Undagi mikroorganizmlarga salbiy ta ’sir etib ularning
qirilib ketishiga olib keladi. Zaharli ximikatlaming qoldiqlari suv, oziq-
ovqat orqali insonga ham o'tib, uning salomatligi uchun xavf tug'dirishi
mumkin. Tuproqning radioaktiv m oddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir.
So'nggi yillarda dunyoning bir qator m amlakatlarida radioaktiv m od
dalardan foydalanish (tinchlik maqsadlarida) oqibatida geografik muhit,
jumladan, tuproq ifloslanib bormoqda.
Radioaktiv moddalami qazish, tashish va ishlatish davrida, AES laming
avariyaga uchrashi natijasida radioaktivlashgan juda mayda chang zar-
rachalari atmosferaga ko'tarilib, so'ngra yom g'ir bilan yoki o'zi yerga,
tuproqqa tushib uni zaharlaydi.
Tuproqni injenerlik kommunikatsiya ta ’sirida ifloslanishidan saqlashda
quyidagilarga amal qilish lozim:
— yer osti injenerlik kommunikatsiya qurilishlarida quvurlar va kabel
lar yotqizish qoidalariga to'liq rioya qilish lozim;
— har xil quvur va kabellac yotqizilayotganda ekologik zonaning kengli-
giga rioya qilish zarur;
— injenerlik, kommunikatsiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tunnel
qazilib, o'sha tunnel orqali o'tkazilishi lozim. Bu tadbiriy ishlar amalga
oshirilsa, birinchidan, tuproq ifloslanmaydi, ikkinchidan, o'sha kom mu
nikatsiya quvur va kabellarining ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi.
69
K o‘pincha yuqori hosil olish uchun bo'lgan harakatlarda zararkunanda
hasharotlarga va begona o ‘tlarga qarshi kurashishda o ‘g‘itlar hamda zaharli
ximikatlar haddan tashqari ko‘p ishlatiladi, natijada ekinlar ulami yaxshi
o ‘zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda to ‘planib qolib
uni ifloslaydi.
Tuproqning zaharli ximikatlar, ayniqsa, defoliantlar, insektitsidlar,
fungitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda, zararli hasharotlarga, begona
o ‘tlarga qarshi kurashda va o'sim liklar bargini tozalashdan zaharsiz kishi
salomatligiga zarar yetkazmaydigan ximikatlar ishlab chiqarish yoki qar
shi kurashishda biologik usullarni qo‘llash juda katta ahamiyatga ega.
Tuproqni radiofaol m oddalar bilan ifloslanishdan saqlash uchun atom
va vodorod bombalarini havoda, yerda, yer ostida va suvda sinashni man
etish lozim. Radioaktiv moddalami qazish, tashish, ishlatish va chiqindilar-
ni saqlashda uni atrof-m uhit ifloslanmaydigan darajaga erishish, AES lar-
ni talofatsiz ishlatishni ta ’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |