§2. Tarjima nazariyasi fanda nisbatan yangi soha
0 ‘zbekistonda tarjima nazariyasini yaratish yo‘lidagi urinishlar XX asming o‘ttizinchi yillarida boshlangan edi. Bu ishga adabiyotshunos yoki tilshunos olimlar emas, bevosita tarjimachilik amaliyoti bilan faol shug‘ullangan, yangi davr tarjimachiligini oyoqqa turg‘izishga g‘ayrat bilan kirishgan Mannon Roiq, S.YE. Palastrov, Sanjar Siddiq, Sotti Husayn, M.Salye singari ijodkor, bilimdon, ma’rifatli tarjimonlar kirishgan edilar. Ular o‘ttizinchi yillarda yozgan bir qator risolalarida rus va jahon adabiyotidan qilinayotgan tarjimalarning sifatiga, adekvatligiga, tarjimachilikda savodxonlik va mas’uliyat masalalariga va bularga amalda qanday rioya qilinayotganligiga jamoatchilikning e’tiborini tortgan, tarjimachilik bilan bog‘liq ilk masalalarga juda muhim ijtimoiy, siyosiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy, ilmiy-ma’rifiy hodisa sifatida qaragan edilar. 0 ‘sha paytda umidli va talantli tarjimon kabi tanilib kelayotgan Mannon Roiq va Sanjar Siddiq ilk
bora tarjima nazariyasi qo‘llanmasini yaratishga uringan va bunga muvaffaq bo‘lgan edilar. Mannon Roiqning “Nafis adabiyotni tarjima qilish haqida bir tajriba” (1932 y.), S.YE. Palastrovning “Badiiy asarlar tarjimasining sifati uchun” (1935 y.), Sanjar Siddiqning “Adabiy tarjima san’ati” (1936 y.) risolalari hajman katta boMmasa-da, ilk marotaba tarjima nazariyasini uning amaliyotiga bog‘lab o‘ta aktual tarzda qo‘yganligi, tarjima prinsiplari, baholash mezonlari, ekvivalentlik darajalari va umuman tarjimachilik vazifalarini ilmiy yo‘nalishda belgilashga intilganliklari juda katta qimmatga ega edi. Ushbu ilk nazariy risolalami hozir topish amri mahol. Allaqachon nodir kitobga aylangan.
Taijimashunos olim, filolog tadqiqotchi, g‘ayratli fan tashkilotchisi G‘aybulla Salomov ancha izlanishlardan so‘ng Sanjar Siddiq asarining saqlanib qolgan nusxasini topishga muyassar bo‘lib, uni o'zining “Til va tarjima” (1966 y.) tadqiqotida batafsil bayon qilib berdi. Uning yutuq va kamchiliklariga to‘xtaldi. Asarning “Badiiy tarjima haqida”, “Tarjima ijodiy ish”, “Tilning sofligi va tarjimon”, “Tarjima sohalari va tarjimachilik shartlari”, “So‘z qurilishidagi farqlar”, “Uslub masalalari”, “Yanglishlar”, “Matbuot tili” singari boblarini G ‘aybulla Salomov keng sharhlab o‘tdi. Sanjar Siddiq o‘ttizinchi yillarda o‘rtaga chiqargan nazariy muammolardan keyingi davrda shu G‘aybulla Salomov tadqiqoti orqaligina tanishish imkoniyatiga ega bo‘lindi.
asming 40-90-yillarida 0 ‘zbekistonda tarjimashuno-slarning ancha katta guruhi samarali ish olib bordi. Tarjimashunos-likning G‘aybulla Salomov asos solgan maktabi vujudga keldi. Tadq-iqotchilik ruhida ilmiy faoliyat olib borgan olimlar ichida L. Abdul-layeva, E. Aznaurova, N. Vladimirova, G. G‘afurova, N. Kornilov, Q. Musayev, YU. PoMatov, M. Rasuliy, V. Rahmonov, S. Salomova, Z. Umarbekova, H. Homidov, A. Hojiahmedov, S. Olimov, Z. Iso-middinov ma’lum darajada Sanjar Siddiqning ishini davom ettirib, tarjimalaming sifatiga asosiy e’tiborini qaratdilar. Ular rus tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan rus tiliga, qardosh tillardan (qirg‘iz, qozoq, tatar, turkman, ozarboyjon, qoraqalpoq va qo‘shni fors, to-
jik, arab, hind, xitoy) o‘zbek tiliga bajarilgan tarjimalarni tarji-mashunoslikning universal va xususiy masalalari doirasida ancha qiziqarli tahlil qildilar, xuddi Roiq va Siddiq kabi tarjimada ma’no chiqarish, uning sifatini asliyat darajasiga ko‘tarish kabilarga izchil urg‘u berdilar. Shu davrda yuzaga chiqqan ilmiy tadqiqotlar ichida G'aybulla Salomovning “Tarjima nazariyasi asoslari” (1983 y.), “Til va tarjima” (1966 y.), “Tarjima tashvishlari” (1983 y.) singari ilmiy-nazariy kitoblari, olim, shoir, nazariyotchi Jumaniyoz Sharipovning “0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan” (1965 y.), “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” (1972 y.) asarlari rang-barang boy material aso sida tarjima nazariyasi va tarixining muhim muammolarini jahon tar-jimashunosligidagi g‘oyalar va fikrlar, qarashlarga hamohang tarzda yoritdi. Tarix qa’rlarida tarqalib yotgan juda qimmatli faktlarni an-iqladi va tarjimashunoslik tafakkuri doirasiga tortdi.
Tarjima va tarjimashunoslikning, undagi qarashlaming chuqurlashu-vida 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi olimlari tomoni-dan yaratilgan “0 ‘zbekistonda badiiy tarjima taraqqiyoti” (1986 y.), “0 ‘zbekistonda tarjimachilik” (1988 y.), “O‘zbekistonda badiiy tarji ma tarixi” (1985 y.) maqolalar to'plamlari hamda 1970-1980 yillarda ketma-ket chiqib turgan “Tarjima san’ati” deb atalgan turkum kito-blar uslub, kolorit, adekvatlik, so‘z tanlash, ekvivalentlik, tarjimon mahorati singari masalalar ustida ilmiy mubohasalar va muhokama-lar olib bordi. Bular kabi kitoblar XX asr tarjimashunosligi tarixin ing noyob mulki bo‘lib qoldi. Ularda 0 ‘zbekistonda ijod qilgan yirik tarjimonlar faoliyati va tajribalari ham ancha chuqur yoritildi.
0 ‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqishi, xalqa ro aloqalarning kengayishi, mamlakat o‘quv-ta’lim jarayonlarin-ing tubdan yangilanishi, kadrlar tayyorlashga yangi talablaming qo‘yilishi, mutaxassislarga ehtiyojlarning ortishi - tarjima nazariyasi qo‘llanmalarining davrga mos va monand yangi namunalarini yarat ish, rang-barang va juda boy amaliy tajribalami yangicha nuqtai na-zar va ilmiy nazariy asoslardaumumlashtirish hamda yoritishni talab qiladi.
Ushbu darslik mana shu dolzarb va oliyjanob ilmiy maqsadni
amalga oshirish yo‘lidagi bir urinishdir. Linda Jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining tarjimonlar tayyorlashdagi ko‘p yillik tajribalari ham hisobga olindi. Tarjimonlik fakulteti dotsentlari I. G ‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tomonidan yozilgan bu ish ularning o‘quv-pedagogik faoliyati tajribalari, yangi davrdagi tarjimachilik faoiiyatida bevosita ishtirok etish, jarayonlami sinchiklab kuzatib borish, turli xalqaro tarjimonlar anjumanlarida qatnashish, yangidan-yangi ilmiy adabiyotlarni kuzatish, yoshlaming muammolarini o‘rganish jarayonlarida vuzaga kelgan hayotiy fikrlar, g‘oyalami umumlashtirishga qaratildi.
Ushbu darslik tarjimon mutaxassisligiga kadrlar tayyorlovchi universitetlar va tarjimashunoslik muammolariga qiziquvchilar uchun mo‘jallandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |