I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tarjima nazariyasi


Ravzayi jannatu jinon bog



Download 1,41 Mb.
bet27/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#261283
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
Tarjima

Ravzayi jannatu jinon bog 7.
Ravza bog'i visolini istar esang,
Bo 7 onaning oyog 7 tufrog7...
Alisher Navoiy tarjimalari ichida 1495-yilda yozilgan ■‘Nasoyim ul - muhabbat” alohida badiiy, tarixiy, falsafiy, biografik qimmatga ega. Bu Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” asarining tarjimasi. U ustozga eng buyuk hurmat-e’tiboming aks sadosi. Bunday asar yozish g‘oyasini Jomiyga Navoiyning o‘zi bergan. Buni asar debochasida aytib o‘tadi. Asar tarjimasidan Navoiy bir qancha pragmatik maqsadlami ko‘zlagan. Ular hozirgi tarjima nazariyalarida doim tilga olinadigan va sharhlanadigan, chegaralari belgilanadigan (xususan, V.N .Komissarov, L.S.Barxudarov, P.I.Kopanev, V.N.Krupnovning tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan qator ishlarida) tarjima pragmatikasi mavzuida qamrab olinadigan masalalami qo‘zg‘aydi va ularga ajoyib bir misol bo‘loladi. Navoiy bu asar tarjimasidan kuzatgan pragmatik maqsadlar nimalardan iborat?


    1. Navoiy Jomiyning bu asari zamon ahliga ko‘p foyda va fayz-u zavq keltirayotganiga o‘zi guvoh bo‘ladi.

    2. Kitob forsiyda ishoratlar tilida bitilgan. Har kim bu kitobdan o‘z qiziqishlari doirasida talay-talay manfaatlar topmoqda. Navoiy bu asar yigirma yil mobaynida halq ichida mashhur bo‘la borganligini kuzatdi.




    1. Yigirma yildan buyon turkiy uluslar ushbu mo” tabar kitobning kimyodek hayotbaxsh so‘zlaridan bahramand bo‘lolmay kelmoqdalar. 0 ‘z elining bu haqiqatlardan mahrumligi Navoiyni qiynaydi.




  1. Yigirma yil ichida hamisha bu kitobni tarjima qilishni ko‘ngliga tugib yuradi. Doim uni munosib tarzda tarjima qila olramikinman, elga manzur boiarmikan? - deb o‘ylaydi. Jomiy haqiqatlarni bayon etishda ko‘proq nozik ko‘ngillar tushunadigan ishoratlar lafzida so‘z yuritadi. Men uni ravshanroq alfoz so‘zlar va

ochuqroq ado usullar bila o‘tkara olg‘aymuman? - degan xayollarga boiadi.

  1. Nihoyat, yigirma yilgi orzulardan so‘ng Navoiy bu ijodiy rejasini amalga oshirishga kirishadi.

  2. Yigirma yil mobaynida Navoiy maqsadidan ham xalqning ma’naviy manfaatini ko‘zlashdan voz kechmadi, shu bilan birga ishning dushvorligi va azimligini ham unutmadi.

Navoiy yigirma yil nimalarga tayyorgarlik ko‘rdi? Bu savolga javob Tarjima pragmatikasining ikkinchi qismini tashkil etadi. U ko‘proq Navoiy tarjima ustida ado etgan bir qator transformatsiyalar hodisasi bilan chambarchas bog‘liq. Navoiyning o‘zi asar ustida qanday o‘zgarishlar bajarganligini birma-bir aytib o‘tadi: Jomiyning kitobida unga zamondosh va suhbatdosh boMgan donishmand shayxlarning tarjimayi hollari, faoliyatlari keltirilmagan edi. Navoiy bulamingbarini topib, ular haqida yozibkitobgaqo‘shdi. Tkkinchidan, bir qator donishmand valiy zotlaming fikrlari hamda qarashlari Navoiy zamonasi kishilarining qarashlariga to\g‘ri kelmay qolgan, ulami takrorlash zamon ahllari o‘rtasida turli tushunmovchiliklar va janjallargasababboMishi mumkin edi. Uchinchidan,Navoiy kitobning nomini o‘zgartiradi. Unga do^tlik va muhabbat shabbodalari degan nom qo‘yadi. Bu shabbodalardan kishi laming ruhlari toza boMishini istaydi.


Jomiyning kitobida 618 ta shayx donishmand mutasavvif haqida hikoya qilingan edi. Navoiy ularning sonini 770 taga yetkazdi. 150 ga yaqin donishmand va ayniqsa, ayollar ichidan chiqqan donishmandlar haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Navoiy katta miqyosdagi mualliflik ishlarini ado etdi. Kitob islom olami mutasavvif donishmandlari haqidagi qimmatli maMumotlarni o‘z ichiga olgan, qomusiy ahamiyat kasb etgan asarga aylandi.
Navoiy bu asarda tarjima amaliyoti va san’ati uchun juda katta qimmatga ega fikrni aytib o‘tadi. U ham boMsa, tarjimada ravshan alfoz hamda ochiq ado haqidagi fikrlardir. Jomiyning ramzga toMa, ishoratlarga boy tiliga nisbatan ravshan al foz va ochiq ado tushunchasi o‘zgacha badiiy lingvistik vazifalami nazarda tutadi. Ravshan alfoz

bu Navoiyning o‘z iborasi. U ravshan, aniq, tushunarli so‘zlar degani. Navoiy tarjimada shu ikki uslubiy hodisani dasturilamal qilib oladi. Tarjimaning ravshanligi va ochiq usulda bo‘lishini qoida darajasiga ko;tardi. Tarjima nazariyasining ikki muhim qoidasiga tamal toshini qo‘ydi. Bu uzoq tarjima amaliyotlarining ilmiy-nazariya tomonga tashlangan ilk qadami natijasi edi. Navoiy bu o‘zi ochgan ulug‘ qoidalami umrining oxirida yaratgan “Lison ut-tayr” dostonida yuksak badiiy darajaga olib chiqdi. Ushbu majoziy-falsafiy, axloqiy dostonni Navoiy umrining oxirida, 1499-yilda yozdi. Lekin bu ajoyib asarning g‘oyasini yuragida ellik yildan ortiqroq parvarishladi. U hali yosh bolalik paytlari maktabda saboq ola boshlaganda, Attorning (XII asr) “Mantiq ut-tayr” dostonini o‘qigan, unga oshifta boMib yod olgan, doston ta’sirida qattiq xayol olamiga g‘arq boigan, so‘ng ota-onasi uning sog‘ligi yomonlashganidan xavfsirab bu kitobni mutolaa qilishni yosh Alisherga man etgan edilar. Lekin “Mantiq ut - tayr” (“Qushlar nutqi”) asari uning yuragiga muhabbat kabi o‘rnashib, uni umr bo‘yi tark etmadi. U qachon bo‘lmasin, shu doston yo‘lida bir asar yozaman deb niyat qilib yurdi. Umr oxiriga yeta boshlaganini payqagandagina, asar butunlay yozilmay qolishidan xavfsirab va ustod Attor oldidagi burchini o‘tolmay qolishidan tashvishlanib, nihoyat 1498-yilda “Lison ut-tayr” ni (“Qushlar tili”) yozishga o‘tirdi.


Asar debochasida u dostonni “Mantiq ut-tayr”ga tarjima rasmi bilan yozishga jazm etganligini, payrov asar bino etishga kirishganligini ta’kidlab o ‘tadi. Navoiyning bu asari sof tarjima emas. Olz tili bilan aytganda, “tarjuma rasmi” bilan yozilgan asar. Tarjima asarning Navoiy yaratgan yana bir shakli. Ikkinchi tomondan, u “Javob usuli”da yozilgan “muqobil” asar. Unda tarjima elementidan ko‘ra originallik elementlari kuchliroq. Buni bir misoldan ham tasavvur qilsa bo‘ladi. Asar hikoyatlar, qoliplovchi rivoyatlar, naqllar bir-biri ichida keladigan shaklda bitilgan, undagi 63 hikoyatdan faqat 12 tasigina tarjima. Navoiy peshvo va Xudo izlagan, Xudoning haqiqati hamda borliqdan uning zuhurotini qidirgan o‘ttiz qushning majoziy obrazlari, ulaming dunyoning yetti mashaqqatli vodiysini

kezib, boshqa bir majoziy siymo — Semurg‘ni axtarishdagi rang-barang sarguzashtlari va bahsu munozaralari orqali o'zining olann qurilishi, vahdat ul-vujud (yagona vujud) haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi, XV asming axloqiy, ilohiy qarashlarini bayon qildi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish