§1. Aloqa vaziyat, belgili harakat va tarjima
Shuni aytish kerakki, tarjimada so‘z tanlashga ta’sir qiladigan yosh, jins va bilim faktorining mavjudligi sababli muloqot vaqtida ham kcrp faktorlar mavjud. Turli xil lug‘at turli joyda qoMlaniladi, kimningdir uyida, do‘stlari bilan odatiy suhbatida.
Misol uchun, “mastlik” so‘zi badiiy nutqda qoMIansa, “kayf’
og‘zakida, “qotib qolgan” - oddiy nutqda ishlatiladi. Rasmiy nutqda - Dr Jones, norasmiyda -John va Buddy - oddiyda. Rasmiy muomalalarda, radio, TV xabarlarida rasmiy nutq qoMlaniladi. Norasmiy nutq jonli til jarayonlarida qoMlaniladi.
Rasmiy nutqning doirasi chegaralangan, norasmiy nutq esa odatda vaziyatga bogMiq boMadi. Yozishmalarda ham odatda rasmiylikka rioya etiladi va davlat idoralariga yozilgan xat bilan shaxsiy xatlar tili orasida ancha farqlar boMadi.
Texnik terminologiya ham maxsus konnotativ xususiyatga ega. Ba’zida insonlar jamiyatda bilish darajalarini yoki professional fikrlashni ko‘rsatish maqsadida texnik, kasb-hunarga doir lug‘at-lardan foydalanadilar. Texnik so‘zlarning qoMlanilishi bundan xabar dor boMmaganlarga tushunarsiz boMishi mumkin. Tarjimon kim bilan gaplashayotganligiga qarab texnik so‘zlami qoMlashi kerak. Tibbiy shifokorlar uchun tarjima qilingan byulleten “incision”, “lesion”, “tonsillectomy” kabi so‘zlami o‘z ichiga olishi mumkin. Hattoki bir tildagi lug‘at birliklar bir viloyat yoki mamlakatda bir xil qoMlanilishi va bir ma’noni anglatishi boshqa viloyat yoki mamlakatda esa ikkinchi boshqa ma’nolami ifodalashi mumkin. Misol uchun Qo‘shma Shtatlarda “cookie” - pechenye, Avstraliyada esa pechenye “biscuit” deb aytiladi. Tarjimon viloyatlar orasidagi tilga doir farqlami bilishi muhimdir va ko‘pchilikka tushunarli boMadigan so‘zni qoMlashi kerak. Agar kimdir mahalliy hududdagi so‘zlovchiga tarjima qilayotgan boMsa, albatta, u o‘sha hududda ishlatiladigan shaklni tanlashi shart.
Наг bir madaniyatda belgili (symbolic) hisoblanadigan aniq harakat mavjud bo‘ladi. Agar harakat shunchaki so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, uning ma’nosi yo‘qqa chiqadi. Bu asosiy tilda muhim ma’noga qaratilmagan hech qanday harakat bo‘lmasa paydo boiadi. Masalan: He nodded his head.
Agar asliyat tilida bosh qimirlatish “ha” ni bildirsa va tarjima tili madaniyatida bunday belgi m a’noga ega bo‘lmasligi mumkin. Ba’zi madaniyatlarda bosh qimirlatish ijobiy emas salbiy ma’noga ega bo‘lishi ham mumkin.
Agar harakat shakli qabul qiluvchi tilidagi boshqa shakl bilan bog‘langan bo‘lsa, ba’zida belgili harakatni tarjima qilish qiyin bo‘ladi. Misol uchun. agar asliyat tilida “musht ko‘rsatish” berilgan boisa, tarjimon imo-ishora ma’nosini aniqlashtirish uchun “g‘azab” ni ko‘rsatishi mumkin. Biroq, agar, “Musht ko‘rsatish” tarjima tilida boshqa ma’noni bildirsa, bu tarjima o‘quvchilarni matnni tushunishiga halal beradi.
Muhimi shuki, tarjimon asliyat tilida ham, tarjima tilida ham, belgili harakat har xil ma’noga egaligidan xabardor bo‘lishi kerak.
Quyida ingliz tilida belgili harakatni ifodalovchi ba’zi harakatlar berilgan, Siz harakatning zamonini, tabiiy ingliz tilini qo‘llang.
Bumini qimirlatish. - Wrinkling up nose
Qoshini ko'tarish (chimirish) -- Raise eyebrow
Yelkasini qisish (uchirish) —Shrug of shoulders
Boshini qimirlatish (likirlatish)-N od of head
Tishini g‘ijirlatish - Clench teeth
Yelkasini orqaga qisish - Hands on hips, feet apart
Do'stlaringiz bilan baham: |