§3. Tarjima fan sifatida
Tarjima nazariyasi fani. Tarjima nazariyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u tarjimada uchraydigan muammolarni hal qilishda yordam beradi. U o‘z ob’yektiga ega.
Tarjima nazariyasi fani qiyosiy tilshunoslikdan ajralib chiqqan. U asosan semantika aspekti bo‘lib, semantikaga oid hamma savollar tarjima nazariyasiga taalluqlidir. Tilning ijtimoiylashuvini va u bilan aloqador bo‘lgan tillami o‘rganuvchi sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) ham tarjima nazariyasi bilan bevosita bogMiqdir. Tarjima nazariyasining asosiy maqsadi bir necha turdagi matnlami tarjima qilish usullarini aniqlashdan iboratdir. U tarjima nazariyasida ко‘rsatilgan matnga mos variantlar tanlashda turli xil qoida, tamoyiIlar tarjima bo‘vicha olimlarning turli xil fikrlari haqida ma’lumot beradi. Tarjima nazariyasi va madaniyatining umumiy, tabiiy va shaxsiy mavzulari haqida axborot berishga harakat qiladi. Tarjima nazariyasi tarjima maktablarining asosiy tamoyillari va faoliyati bilan tanishadi. Bu tarjima malakasini oshiradi. Horijiy tilni mukammal o‘rganishga va ona tilini chet tili bilan qiyoslashda ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklami aniqlashga imkon tug‘diradi.
Biron matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish lingvistikaga oid jarayondir. 1980 yillardan oldin tilshunoslar til nazariyasi va tarjima orasidagi bogMiqlikka juda kam ahamiyat berishgan. Chunki bunday bog‘liqlik aw al o‘tilmagan va tarjima nazariyasi asta-sekinlik bilan rivojlana borgan, bu jarayonning sust bo‘lishiga bir sabab tilshunoslar til hodisalarini tarjimaga qoMlamaganligidir. Tarjimonlar til nazariyasida matn, semantika nazariyasini qoMlamoqdalar. Tilshunoslik nazariyasi tarjima nazariyasi bilan juda muhim aloqadorlikda bo‘lib, uni tarjima jarayonida amalda tadbiq qilinadi.
Tipologiya tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlanishlarga e’tibor qaratadi. Uni tarjima nazariyasiga tadbiq etishni tavsiya etadi. Tarjima nazariyasi lingvistlar e’tiborini muloqotga qaratishga undaydi. U faqat so‘zlar yig‘indisidan iborat boigan matn tarjimasiga emas, tinglovchilar bilan aloqa, muallifiikning va tinglovchilaming madaniyati va dunyoqarashi, tinglovchilaming qanday qabul qilishiga ham ahamiyat beradi. Tarjimon asliyat matnini to‘g‘ri tarjima qilishi uchun o‘sha jarayon haqida muayyan asosli bilim hamda ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Tarjima nazariyasi kontrastiv lingvistikadan farq qiladi. Kontrastiv lingvistika turli hil tizimlaming o‘xshash xususiyatlarini taqqoslashni o‘rganadi. Tarjima nazariyasi o‘z o‘rganish ob’yektiga ega, u kontrastiv lingvistikaning qoidalariga suyanadi.
“Muallif va tinglovchilar aloqasida suhbat qayerda va qachon bo‘lib o‘tganligi, so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, ular o‘rtasidagi munosabat, ularning bir-biri bilan aloqasining sabablari haqida so‘zlanadi yoki bayon etiladi.”1
Tarjimonlarga sotsiolingvistika, etnografiya va psixolingvisti-kani o‘rganish ham zarurdir.
“Konsentualizatsiya tilshunoslar qo‘llaydigan nazariya bo‘lib, agar tarjimon matn jarayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lmasa, uning talqini noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tarjimonning maqsadi muloqotda va to‘g‘ri muloqotni tashkil etishdir.”2
Do'stlaringiz bilan baham: |