I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tarjima nazariyasi


Buyuk siymolar, allomalar. Toshkent: 1995, 1 kitob 48 b



Download 1,41 Mb.
bet34/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#261283
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Tarjima

3Buyuk siymolar, allomalar. Toshkent: 1995, 1 kitob 48 b.


89

tarjimasi halqona bo‘lib, as! matnning ifodaviyligini saqlagan. Xorazmdagi tarjimonlik maktabining asoschilaridan biri

Muhammad Rizo Ogahiy. U tarixchi, tarjimon va o‘zbek murmoz adabiyotining mashxur shoiri boMgan. Ogahiy o‘zbek tiliga Sharqning mashhur “Xaftpaykar”; “Guliston”, “Shoh va gado”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston” kabi Ganjaviy, Sheroziy, Dehlaviy, Jomiy, Hiloliy asarlarini va “Zafarnoma” “Nodirnoma”, “Ravzat us-safo” kabi tarixiy asarlarni tarjima qilib, XIX asrning buyuk tarjimoniga aylangan. Najmiddin Kornilov o‘zining Ogahiyning tarjimonlik mahorati va tarjimonlikning an’analari haqidagi tadqiqotlarida buyuk shoirning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissalarini keng yoritgan.


Ogahiy mahoratli tarjimon sifatida 19 ta asami fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan va u madaniy merosimizni bovitgan.

Ogahiy Munis Xorazmiy oxiriga yetkazmagan asari “Ravzat us-safo”ni 2-3-jildlarini tarjima qilgan. Ogahiy quyidagi tarixiy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan: “Nodirnoma” (Muhammad Mahdixon), “Zafarnoma” (Sharafiddin Ali Yazdiy), “Tazkirai Muqimxoniy” (Muhammad YusufMunshiy),“TabaqotiAkbarshohiy” (Nizomiddin Ahmad Hiraviy), “Ravzatus-safoiNosiriy” (Rizoqulihon Hidoyat); adabiy asarlardan “Haft paykar” (N.Ganjaviy), “Guliston” (S.Sheroziy), “Hasht-bihisht” (Xusrav Dehlaviy), “Zubdat-ul hikoyat” (Muhammad Voris), “Yusuf va Zulayho”, “Solomon va Ibsol”, “Bahoriston” (A.Jomiy), “Shohu gado” (B.Xiloliy), “Badoye ul-vaqoye”, tarbiyaviy-falsafiy asarlardan “Qobusnoma” (Kaykovus), Miftoh ut-tolibin” (N.Baljuvoni), “Ahloqi Muhsiniy” (Xusayn Voiz Koshifiy) va boshqalar.


Biz o‘tgan asrlarda qadimiy madaniyatimizni boyitgan jafokash tarjimonlar Sharq Renessans davrining vakillarini behad qadrlaymiz va ularni tarjimachilikni asoschilari sifatida o‘rganamiz. Bu mashhur allomalar o‘z asarlarini turli (fors, yunon va hatto Sanskrit) tillarida yozishgan. Misol uchun, Farobiy bir qancha sharq tillarini bilgan va o‘z asarlarini asosan arab, yunon va fors tillarida yozgan edi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino esa o‘zining ilmiy asarlarini arab va she’riy asarlarini fors tilida yozgan. Uning tibbiyotdagi mashhur asari “Tib

qonunlari” va filosofik asari “Davo xaqidagi kitob”i Yevropa tillariga tarjima qilingan.

Ingliz adabiyoti XX-asming 30-yillariga kelib, tarjima qilina boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika yozuvchilarining, jumladan 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlaming kitoblari jumladan, Shekspir sonetlari, Bayron she’rlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari o‘zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda o‘zbek tiliga Muhammad Fozil
Otabek ozarboyjoncha bayon tarjimadan ag‘dargan.
0 ‘zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zuifiya va boshqa ko‘plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir.
0 ‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor A.P.Chexov asarlarining eng yaxshi tarjimonidir. U o‘zining hikoyalarida fenomen (his-tuyg‘u tajribasi bilan pavqaladigan hodisa)ning mohiyatini ochib berdi. A.P.Chexov xikoyalarining tarjimasi yozuvchi-tarjimonlarga A.P.Chexov tabiatini o‘rganishga chuqurroq yordam bergan va bu esa uning iste’dodi kuchini his qilishga va o‘zbek kitobxonlariga taqdim etishga imkon berdi.
1950-yillarning oxiriga kelib O‘zbekistonda tarjima tarixi va nazariyasi tadqiq etila boshlandi, taniqli yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov “0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar ” kabi monografiyalar chiqardi. Taniqli olim va fan tashkilotchisi G‘.Salomov “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va qoMlanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to^larrilami chiqarishga bosh-qosh bo‘ldi.
1917-yilgac’na qilingan tarjimalar V.Raxmonova, H.Hamidova, N.V. Vladimirova, T.Qarayeva, M.Soipova, N.Komilov va R.Vohidovlar tadqiqotlarining muhim ob’yekti bo‘lgan.
0 ‘tgan asming o‘rtalarida tarjima nazariyasini keng qamrovli tadqiq etish davom etdi, ularda nazariyaga oid ko‘p maTumotlarga

oydinlik va aniqlik kiritildi, tarjimonlar faoliyati o‘rganildi. Najmiddin Kornilov o‘zining “Xorazm tarjima maktabi” nomli doktorlik dissertatsiyasida quyidagi an’anaviy tarjima maktablarini o‘rgangan:


XH-XVI-asrlardagi Xirot tarjima maktabi;
XVT-XVIII-asrlarda Qoshg‘ar tarjimonlik markazining vujudga kelishi;
XIX-XX-asrning boshlarida Turkistonda tarjimon likning rivojlanishi.


  1. -asming boshlarida ma’rifatparvar Fitrat tarjimonlik faoliyatini rivojlanishida ancha katta xissa qo‘shgan. Fitrat shoir, yozuvchi va olim boMgan. Fitrat Turkiyada ta’lim olgan va u Sharq yozuvchi va shoirlarining adabiyoti va tarixini o‘rgangan.

U Bedil, Umar Xayyomning mumtoz she’riyatini o ‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon yangi o‘zbek she’riyatining asoschilaridan biri boMgan. U 1897-yilda Andijonda dunyoga kelgan. Dastlab u Islom dini asosiy o‘rin tutgan maktabda, so‘ng madrasada ta’lim olgan. Arab, fors, rus tillari bilan birga barcha rus va sharq adabiyotini ham o‘rgangan va o‘zbek badiiy tarjima maktabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U Maksim Gorkiyning “Ona” romanini, Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” va Shekspiming “Gamlet” va yana boshqa bir qancha asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.


Abdulla Qodiriy tarjimonlik ravnaqiga ham katta xizmat ko‘rsatgan adibdir. Abdulla Qodiriy chet tillami o‘rganishni qadrlagan. U arab, rus, fors, turk, tatar, ozarboyjon tillarini o‘rgangan. Mashxur rus yozuvchisi Chexovning “Xameleon” hikoyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Abdulla Qodiriy ruscha-o‘zbekcha lug‘atni tuzishda qatnash-gan. Abdulla Qodiriy asl nusxa va tarjimaning mazmun jihatdan bir biriga mos kelishiga katta e’tibor bergan. XX asrda 0 ‘zbekistonda faol tarjimonlik maktabiga asos solindi. Mirzakalon Ismoiliy, Mirzi-yod Mirzoidov, Qodir Mirmuhamedov, Vahob Ro‘zimatov, Husan Ruzimetov, Odil Sharopov, Odil Rahimov, To‘xtasin Jalolov, Sharif

Tolib, Shoislom Shomuhammedov, Rahmonberdi Muhammadjonov, Ansoriddin Ibrohimov, Tohir Ibrohimov, Zinatilla Ashurboyev, Nabi Muhamedov, Jamol Kamol, Ubaydulla Karimov, Yanglish Egamo-va, Asomiddin 0 ‘rinboyev, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibro-him G‘afurov, Nizom Kornilov, Ozod Sharafiddinov bu maktabning yorqin vakillaridir.


N.Komilov, X.Karomatov, N.Vladimirovalar tarjima tarixini tadqiq etish ishini boshladilar. Hamidulla Karomatov Kristofer Mar-loning “Amir Temur” asarini o‘rgandi, o‘zbek tiliga o‘girilgan matn-ning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berdi. N.V.Vladimirova esa ayniqsa G‘arb bilan Sharq adabiyotini tarjima qilish sohasidagi ba’zi muammolarga yechim topishga intildi.
G‘aybulla Salomov 0 ‘zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari ustida ilmiy faoliyat olib bordi. U tarjimada milliy hususiyatlami aks ettirishgakattae’tiborbergan va frazeologizmlami tarjimada ifodalash yo‘llari, she’riy tarjimalaming o‘ziga xosliklari ustida ishlagan. Kitoblarda u tarjimada shakl va tarkibning yaxlitligini saqlab qolish to‘g‘risida nazariy bilimlar bergan. Shuningdek, G ‘aybulla Salomov chet el tarjimonlari tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi. 1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima qilingan. Qarluqining tarjimasini G‘aybulla Salomov asl nushaga yaqinroq deb topdi. “Yaqinroq” so‘zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilingan deb xulosa chiqargan.
Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar” ki-tobida (1972-yilda “Fan” nashriyoti), Ogahiy, Avloniy, Murodxo‘ja, Oybek, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi. Badiiy tarjimaning nazariy asosini, she’riy tarjimaning milliy uslubini, tarixiy - nazariy tarjima metodologiyasini, tarjimonlar ma-horati qirralarini tahlil qildi.
1970-1975-yillarda Gyotening “Faust” (E.Vohidov), Danten-ing “Ilohiy komediya”, “Do‘zax”(A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari” (R.Parfi) kabi asarlaming o ‘zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha yondoshuvlar paydo bo‘lgani, Navoiy

an’analari o‘z ijodiy davomini topganini ko‘rsatdi.


Shekspir uch asr o‘tsa-da yozuvchi sifatida haligacha tirik. U Angliyaning Stratford Ayvon shahrida tug‘ilgan. Tarjimonlarning har bir avlodi Shekspimi yangitdan kashf etadi. Cho‘!pon, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda kabi yirik o‘zbek adiblari Shekspir asarlarini shoirona yangratib, o‘zbek xalqiga tuhfa etdilar. Garchi Shekspimi ular vositali til orqali qayta yaratgan bo‘lsalar-da, asarlaming buyuk dramatik ta’sirchanlagini saqlab qololdilar. 0 ‘zbekistonda Mustaqillikdan oldin tarixiy sharoit taqozosi bilan G‘arbiy Yevropa adabiyotlari o‘zbek tiliga aksaran rus tili orqali tarjima qilindi. Mustaqillik yillarida adabiy, tarixiy va publitsistik asarlarni asl tillar va xususan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish harakati kuchayib boryapti. Chunonchi shoir Jamol Kamol Shekspir asarlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga to ^ rid a n - to ^ ri o‘girishga muvaffaq bo‘ldi.
Amir Fayzullo XXI-asr tarjimachiligida alohida o‘rin tutadi. U bevosita erdu va hind tilidan o‘zbek tiliga bir necha yirik hind asarlari, filmlarini o‘girdi. Prem Chandning “Yordam” (1974), “Jang maydoni” romanlarini, “Maxabxarata”, “Ramayana”, “Sangam”, “Bazigar”, “Mirzo G ‘olib” singari e’tiborli kino asarlarni mohirona tarjima qildi.
Umidqilamizki, XXI-asr texnik tarjima asri bo‘ladi. Shubhasiz, olimlar tarjimalami kompyuterlashtirish borasida izlanishlar olib borishadi. Tarjirnachilikda izlanish betinim davom etadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish