IKKINCHI XULOSA:
Qur’on istilohlari, atamalari imkoni boricha chuqur va har tomonlama tadqiq qilinishi va ushbu tekshirishlar ilmiy tarjimalarga singdirilishi zarur.
Bizning so‘zlashuv va yozuv tajribalarimizda so‘zning orttirma darajalarini qoMlashga mayllar ancha kuchli ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Sayyid Mahmud Taroziy hazratlari “Bismilloxir Rahmonir Rahim” kalomini quyidagicha ifoda qiladilar: “Ibtido qilinur behad mehribon va nihoyatda rahmdil Alloh nomi ila”. Bunda “ibtido qilinur”, “behad” va “nihoyatda” degan so‘zlar mubolag‘a. Asliyatga nisbatan ular ortiqcha. Asliyat kalomi yombi, qisqa va tez esda qoladi. Insof bilan aytganda, uch asliy so‘z orasiga ortiqcha so‘z nari tursin, hatto havo zarrasini ham kiritib bo‘lmaydi. Ko‘pso‘zlilik doimo tarjimani susaytiradi, lo‘ndalikka va ta’sirchanlikka
putur yetadi. Muhtarama Valeriya Poroxova “Rahmon”ni “Всемилостивый» degan so‘z bilan o‘giradi. «Vse» degan orttirma daraja bu yerda o‘rinsiz. Matnda «kulli rahmon» deyilayotgani yo‘q. Shuning uchun Krachkovskiy «милостивый» deb beradi va to‘g‘ri qiladi. Bu kalomni muhtararna mutarjim doktor Sumayya Afifiy hamda doktor Abdel Salom al-Mansiy Qur’onning rus tiliga qilingan eng yangi tarjima nashrida ham «Во имя Аллаха милостивого, милосердного!» — deb talqin etadilar. Shamsiddin Boboxonov, Abdulaziz Mansur, Alouddin Mansur «Mehribcn va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)», deb o'giradilar. Bu ayni adekvat tarjima. 0 ‘zbek o‘quvchisiga yaxshi tushunarli. Bismilloh, lo iloha ilalloh singari o‘ta xos iboralar hamda Allohning go‘zal ismlarini asliyatda qanday bo‘lsa, tarjimalarda ham shunday o‘zgartirmay saqlash o‘rinli bo‘lar edi. Bularni har qanday tarjima matnida arabchasi qanday boisa, shundayicha ifodalash va alohida izohda ular tarjimasini ko‘rsatib o‘tish matn koloritini, uning ohangdorligini kuchaytiradi. Alloh islom diniga, uning ahkomlariga e’tiqod qilgan million'ab kishilar qalbiga xuddi shu asl sifatlar, nomlar bilan kirib borgan va shunday qabul etilgan. Atributlami o‘zgartirish o‘zini oqlamaydi. Tarjima qonuniyatlariga ko‘ra ham realiylami asl holicha berish o‘zini oqlaydi. Yana bir muhim jihati asl realiylar, istiloh-atamalar bilan birga islom g‘oyasining o‘ziga xosliklari boshqa til muhitlariga ham o‘tib boradi. Ular islomning o‘ziga xos din ekanligiga urg‘u beradi. Realiylami o‘z asl holicha berish ilohiy matnning yuksak koloritini saqlashga xizmat qiladi. Mo‘min, islom, musulmon, iymon, Ailoh, rasul, xanif, karim, rahim, rahmon, qahhor, jabbor, fiqh, hadis, shariat singari yuzlab tushunchalar va atamalar ming yildan ortiq davrdan buyon iilimizga qanday singib, o‘zlashib ketgan bo‘isa, Allohning go‘zal ismlari-sifatlari ham shunday singib, o‘zlashib boraveradi. Bunda o‘zlashish sari solingan katta yo‘l to‘siqsiz kelajak ufqlari sari olib boradi. Alloh ismlari bilan birga ilohiy suralaming asl nomlari ham tilimizga kiradi va bora-bora tarjimasiz ham tushunarli bo‘lib qoladi. Shuning uchun ayrim tarjima variantlarida suralaming nomlari asl holicha keltirilayotgani, sahifa ostidagi izohlarda ulaming
ma’nosi va ayrim hollarda ularning tarixiy ma’nosi keltirilayotgani o‘quvchi uchun katta davlatdir. Suralaming asl nomlarini bilish bilan tushunchalarimiz boyiydi, Qur’onning ilohiy yuksak muhitida nafas olishga yetaklaydi. Bu kabi keng va chuqur, zaruriy ishlarni, matnga oid ishlanmalarni, albatta ilmiy akademik nashrda amalga oshirish o‘z-o‘zidan zaruratga aylanadi. Akademik nashr qiziquvchilar va o‘rganuvchilarning har qanday savollariga labbay, deb javob beroladigan nashr boMadi. Uning yaratilishida hozirgacha boMgan barcha tarjima versiyalari ulkan asos, moya vazifasini o‘taydi. 0‘z-o‘zidan ravshanki, hozirgi bir qancha tarjima variantlari boMmaganda akademik nashr haqida so‘z yuritish ham qiyin boMardi.
Hozir qoMimizda mavjud va katta minnatdorlik bilan foydalanilayotgan nashrlaming har birining o‘z foydali, yutuq tomonlari, jozibasi bor. Ular juda katta jasoratli mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga chiqqan.
Lekin hali bizda Qur’onning asl hissiy-ruhiy, badiiy qudrati va shiddati, nazm ohangdorligining tovlanishlari va mo‘jizalari adekvat saqlangan o‘zbek tilidagi tarjimasi amalga oshirilgan emas. Ayniqsa, o‘ttizinchi pora suralarining shaxdu shiddat va samoviy hayajonlari ifodalangan o‘rinlar kamdan-kam uchraydi. Eng oliy hayajonli o‘rinlarda ham oyatlar iloji boricha soddalashtirib, iloji boricha tushunarli qilib berishga xarakat qilingan. Bu hozirgi barcha versiyalaming umumiy xususiyati. Ko‘pincha bu yuksak ilohiy hayaionlarni tarjima so‘zida ifoda qilib boMmaydi, degan fikr yuradi. Va ko‘p payt ijodkor qoMlarni bogMaydi. Lekin domla Sablukov, domla Krachkovskiy, Valeriya Poroxova xonim hatto she’riy yoM bilan buni o‘z tillarida har qalay ifodalash usulini topishga urindilar-ku, 0 ‘zbek tilida ham eng adekvat tarjima eng hayajonli (Qur’on darajasidagi hayajonli) tarjima boMishini orzu qilamiz.
asr jahonning ulkan alloma adiblaridan biri Umberto Eko tarjima nima degan savolga javob berarkan, u «aynan
aytish», deydi. Ya’ni original tilidagi matnni har qanday boshqa tilda aynan aytish, to‘g‘rirog‘i aynan ifodalash. Tarjimaning eng oddiy, eng to‘g‘ri ta’rifi. Uni tarjimaning universal ta’rifi deb aytish
ham mumkin. Shunga ko‘ra, oyatlaming ayrim tarjimalariga nazar tashlaylik. «Maorij» surasida qiyomat manzaralari bag‘oyat o‘tkir va ta’sirli qo‘rqinch iboralarda ta’riflanadi. Undan bir oyat: “Yavma takun s-samou kal-muxli” (70,8).
“U kunda osmon yog ‘ning quyqasidek bo ‘lib qolur ”.
Abdulaziz Mansur tarjimasi (588-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |