I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

XUQUQIY XIZMAT 
1. Mehnat munosabatlaridagi 
huquqiy masalalarni, echish 
2. Xodimlarni boshqarishga 
taallukli farmoyishli hujjatlarni 
kelishish 
3. Xo‘jalik faoliyatidagi xuquqiy masalalarni echish 
IJTIMOIY TUZILMANI RIVOJLANTIRISH
 
1. Umumiy ovqatlanish 
muassasalarini boshqarish; 
kommunal xo‘jalik sohani 
boshqarish 
2. Jismoniy tarbiya va 
madaniyatni rivojlantirish; 
sog‘liqni muhofaza qilish va 
hordiq chiqarishni ta’minlash 
3. Bolalar 
muassasalari bilan 
ta’minlash
4. Ijtimoiy nizolarni 
boshqarish 
5. Xalq iste’mol mollari va oziq-
ovqat maxsulotlari sotilishini 
ta’minlash 
BOSHQARISHNING TASHKILIY TARKIBINI ISHLAB CHIQISH TIZIMI
 
1. Boshqarishning 
shakllangan tashkiliy tarkibini 
tahlil qilish 
2.Boshqarishning tashkiliy 
tarkibini loyixalashtirish 
3. SHtatlar ro‘yxatini 
ishlab chiqish 
4. Boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish 
Sug‘urta kompaniyasida band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: 

xizmat ko‘rsatuvchilar; 

boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar). 
Xodimlarni, ya’ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. 


291 
Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish 
juda ham murakkabdir. CHunki, xizmatlar ko‘rsatish va boshqarish masalalarining 
markazida odamlar - ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Sug‘urta 
kompaniyasi oldida turgan maqsadga erishish va rejalarning bajarilishi faqat 
shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga e’tiborsizlik 
oxir-oqibatda, sug‘urta faoliyati samaradorligini pasayishiga olib keladi. 
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning 
qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga safarbar etishdir. 
Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir 
etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq 
lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat, ko‘p jihatdan kuyidagilarga bog‘liq: 

aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga; 

tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga; 

qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga; 

ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga; 

mehnat resurslarini boshqarish usuliga va hokazo. 
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq 
zarur; 

doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul 
qilingan vaqti va hokazo; 

xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, 
nogironlar salmog‘i, ishchi va xizmatchilar va hokazo). 

xodimlar qo‘nimsizligi; 

ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi 
smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va hokazo); 

ish xaqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish xaki, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori 
to‘lov va hokazo. 
Qayd qilingan tashqi va ichki omillarning ta’sirida mehnat bozoridagi 
vaziyat o‘zgarib turadi va shunga mo s ravishda mehnat resurslariga 
bo‘lgan talab va taklif ko‘lami aniqlanadi. 


292 
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish 
jarayonining boshlangich bosqichi bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar 
asos vazifasini bajaradi
100


mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari; 

tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi; 

shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
boshqaruv 
vazifalarining 
murakkablashuvi sug‘urta kompaniyasi rahbarlariga xodimlarni to‘g‘ri tanlash, 
ularni joi-joyiga kuyish va taroiyalash ishlariga juda katta ma’suliyat bilan 
yondoshishni talab kiladi. Bu erda so‘z, eng avvalo ish tavsifi va ishga kabul 
kilinadigan xodimga nisbatan talablarni belgilash to‘g‘risida borayapti.
 
Shuningdek xodimlarni boshqarish samaradorligi, ko‘p jihatdan xodimlarni 
tanlashga bog‘liq. Xodimlarni tanlash - bu ikki tomonli jarayondir. Bir tomondan, 
sug‘urta kompaniyasi da’vogarga ish berish yoki bermaslikni hal qilsa, ikkinchi 
tomondan da’vogar, agar uni ishga taklif qilishsa, u bu taklifni qilishi kerakmi 
yoki kerak emasligini hal qiladi. Bu jarayonda rahbar quyidagi holatlarga o‘z 
e’tiborini qaratmog‘i lozim: 

da’vogarlarni, ayniksa, o‘zi to‘g‘risida kisqacha ma’lumotlarni taqdim 
etganlarni bilib olish uchun iloji bo‘lgan barcha tadbirlarni ko‘rmoq kerak. 

ochiq berilgan tavsiyalarga ortiqcha ishonmasdan, o‘zingiz shaxsan, 
surishtirib bilganingiz durust. Ancha ochiq fikr olish uchun nomzodning sobiq 
ish beruvchisiga ko‘ng‘iroq qilish yoki u bilan shaxsan uchrashish lozim. O‘sha 
rahbarning mazkur xodimdan ajralayotganiga qanday qarayotganini e’tibor bilan 
kuzatish kerak. 

har bir da’vogarning oilaviy xotirjamligini surishtirib ko‘rish lozim. 

birinchi navbatda shuni ta’minlamok kerakki, ishga qabul qilinayotgan 
odam muzokaralar chog‘ida o‘zining bo‘lajak ishining barcha xususiyatlarini 
tasavvur qilsin, kelgusida xafa bo‘lib yurmasin, bunda biron bir salbiy xollarga 
yo‘liqmasin. 
100
David F.Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis of the Procress 2005,р.8


293 

da’vogarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilganda, shuningdek 
muzokaralar olib borilganda: 
* uning topshirilayotgan ishni bajara olishiga; 
* zarur bo‘lib qolganda kasbiy ma’lumotini oshira bilishiga; 
* texnikaga nisbatan e’tiboriga; 
* fe’l-atvoriga; 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish