I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustda PQ-4412-sonli “O’zbekiston 
Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarori.


15 
I BOB. SUG‘URTA BIZNESI FANINING PREDMETI VA OB’YEKTI 
 
1.1
 
Sug‘urta biznesi haqida tushuncha va uning boshqa biznes turlaridan 
farqli jihatlari 
 
Biznes tushunchasi bugungi kunda jamiyatni ajralmas qismiga aylanib qoldi. 
Xususiy tadbirkorlik kapitalistik davlatlarning hal qiluvchi kuchiga aylandi. 
Biznes – bu shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil 
faoliyatidir. Biznes faoliyati tadbirkorning o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati va 
yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Biznes qonun 
tomonidan ta’qiqlanmagan barcha turdagi xo‘jalik faoliyatlari bilan shug‘ullanishi 
mumkin. Biznes faoliyati bu tavakkalchilik asosida amalga oshiriladigan 
faoliyatdir. 
Biznesmen 
(tadbirkorlik) so‘zi 
birinchi 
marotaba 
Angliya 
iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. 
Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish 
uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy 
tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini 
rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan 
daromadiga o‘zi ho‘jayinlik qiladi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil 
etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash 
demakdir. Biznes- bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo‘yicha tarqalgandir, undan 
barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, 
biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi, 
lekin unga qo‘shimcha ma’no ham beradi. Bu so‘zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan 
shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes - bu 
korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do‘koni, xizmat 
ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank. Demak, biz bu 
yuk narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat 
ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, 
bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafakat dastlabki paytlarda, balki 
tadbirkor bir umir o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak. Tadbirkor nimalarni bilishi 


16 
va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, 
qanday sharoitda amaliy xarakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni 
hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - 
ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor 
munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baxolashni va to‘g‘ri 
yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni 
o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z 
biznesini sug‘urtalash orqali o‘z o‘ziga yordam berishi mumkin. 1995-1999 
yillarda kichik va hususiy korxonalar tashkil qilishga eng katta ahamiyat berildi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “...qishloq 
joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish bilan 
bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz”. Mamlakatimizda 
bu siyosatni amalga oshirishda asosan tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi. 
Tadbirkorlikning keng ko‘lamda rivojlanishiga ko‘makdosh sug‘urta tizimi 
hisoblanadi. Bu rivojlanishda biznes sug‘urtasining o‘rni albatda muhimdir.
 
Biznes faoliyatida mavjud bo‘lgan bu uchta xususiyat tadbirkorni 
ijodkorligini kuchaytiradi, yangi-yangi biznes g‘oyalarni ishlab chiqib, uni amalga 
oshirish uchun ishtiyoqini va shijoatini o‘stiradi. Lekin baribir o‘z biznesining har 
hil kutilmagan baxtsiz tasodiflar natijasida katta zarar ko‘rish havfi bo‘ladi. Bu 
xavfni kamaytirishning yo‘llaridan biri albatta biznesni havf - xatardan 
sug‘urtalashdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida, bozor mexanizmlaridan 
samarali foydalanayotgan mamlakatlarda fuqarolar, tadbirkorlar, biznesmenlar, 
firmalar, kompaniyalar va davlat o‘zlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishda 
sug‘urtadan keng foydalanmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan kelib 
chiqqan holda mamlakatimizda ham mustaqillik yillarida sug‘urta sohasida keskin 
islohotlar amalga oshirildi. Yagona davlat sug‘urta tashkiloti tugatilib, turli mulk 
shaklidagi sug‘urta tashkilotlar tashkil etildi. Mazkur tashkilotlar faoliyat 
ko‘rsatishi uchun huquqiy jihatdan shart-sharoitlar yaratildi, jumladan “Sug‘urta 


17 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib takomillashtirildi, fuqarolik 
kodeksida alohida bob sug‘urtaga bag‘ishlandi, majburiy sug‘urta turlari qonun 
asosida kuchga kiritildi va sug‘urta faoliyatini tartibga solish maqsadida sug‘urta 
kompaniyalarini litsenziyalash yo‘lga qo‘yildi hamda sug‘urtaning barcha 
jihatlarini nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Natijada bugungi 
kunda sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yirik 
sohaga aylanmoqda. Sug‘urta va tadbirkorlik faoliyati bir-biri bilan bog‘liq sohalar 
bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati sug‘urta xizmatlariga doimiy ravishda ehtiyoj sezadi. 
Tadbirkorlik sohasi yangiliklarga intiluvchan, resurslarni tejash va samarali 
foydalanish imkoniyatini beruvchi usullarni qidirib topishga harakat qiluvchi, 
tavakkalchilikka asoslangan soha hisoblanadi. 
Ma’lumki, tadbirkor o‘z ishini o‘zi rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil 
etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi egalik qiladi. O‘z o‘rnida 
tadbirkorning faoliyati davomida yuz bergan turli hodisalar tufayli ko‘rilgan 
zararini uning o‘zi qoplashi kerak. Ko‘p hollarda bunday zararlarni tadbirkor 
qoplash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday imkoniyatga jamiyatda faqatgina 
sug‘urta kompaniyasi egadir. Shu munosabat bilan tadbirkorlik tavakkalchiliklari 
sug‘urtasi tadbirkor faoliyatida zarur ko‘makchi hisoblanadi. Tadbirkorlik 
tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklar sug‘urtasi turli ishlab chiqarish, savdo va 
xizmat ko‘rsatish faoliyati davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa 
kutilmagan hodisalardan ko‘riladigan zararlarni qoplashni ko‘zda tutuvchi 
sug‘urta faoliyatidir. Turli sabablar (xom-ashyoning etishmay qolishi, elektr va 
yoqilg‘i moylash materiallarining etishmay qolishi, ish joyida yong‘in chiqishi va 
hokazolar) oqibatida yuz beradigan ishlab chiqarishdagi uzilishlar natijasida 
ko‘riladigan zararlar, bankrotlik holatlari, tayyor mahsulotning sotilmay qolishi 
yoki sotilgan mahsulot uchun to‘lovning amalga oshmay qolishi va boshqalar 
sug‘urta hodisasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Tadbirkorlik tavakkalchiligi 
sug‘urtasi birinchi marta Angliya iqtisodiyotida o‘n sakkizinchi asrda paydo 
bo‘lgan. Keyinchalik ushbu sug‘urta turlari Evropaning boshqa malakatlarida, 
AQSHda va boshqa mamlakatlarda qo‘llanila boshlagan. O‘zbekistonda 


18 
tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi mustaqillik yillarida paydo bo‘lib 
boshladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta klassifikatorida ham klasslar nazarda 
tutilgan. Ammo bu sug‘urta turi hozircha keng rivojlanish darajasiga etgani yo‘q. 
Tadbirkor faoliyatidagi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘luvchi 
bir qancha xatarlar, masalan xom-ashyoni etkazib berishning to‘xtab qolishi, ish 
kuchining etishmay qolishi, elektr energiya va boshqa energiya vositalarini etkazib 
berishning to‘xtab qolishi va boshqa holatlar ishlab chiqarishdagi uzilishlarga 
sabab bo‘lishi va natijada ko‘zlangan foydaga erisholmaslik holatlari yuz berishi 
mumkin. 
Tijorat faoliyatida tovar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xatarlar yuz berishi 
mumkin, ya’ni etkazib berilgan tovar uchun xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi 
yuz berishi va natijada to‘lovni amalga oshira olmasligi mumkin. Ma’lum 
mamlakat miqyosidagi siyosiy holatlar natijasida sotuvchi yoki xaridorga 
mahsulotni sota olmaslik yoki sotib ololmaslik holatlari yuz berishi mumkin. 
Hozirgi zamon sharoitida tijorat risklari sug‘urtasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib 
bormoqda, chunki ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlar soni oshib 
ketdi va o‘z o‘rnida mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ham 
ortib bormoqda. Ammo sug‘urtaning bu turi eng murakkab bo‘lib, sug‘urta 
kompaniyasining javobgarligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan risklardan hosil bo‘lgan 
zararlarni qoplashda hosil bo‘ladi. Bunda sug‘urta summasini aniqlashning ikkita 
varianti mavjud. Birinchi variantda sug‘urta summasi sug‘urtalanuvchi tomonidan 
sug‘urta ob’ektiga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar hajmidan kelib chiqib 
belgilanadi, ikkinchi variantda sug‘urta summasi sug‘urta ob’ektiga qilingan 
kapital mablag‘dan tashqari olinishi kutilayotgan foydani ham qo‘shib 
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy 
hodisalar natijasida yuz berishi mumkin, ya’ni turli tabiiy hodisalar tufayli 
hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot 
etishishi va hokazolar natijasida kutilgan natijaga erishilmay qolinishi mumkin. 
Bundan tashqari ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq boshqa 
xatarlar ham yuz berishi mumkin. Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p 


19 
holatlarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, to‘lovga 
qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin. 
Kredit risklari sug‘urtasining ob’ekti bo‘lib, xaridorga beriladigan tijorat 
kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladigan bank ssudasi, kredit bo‘yicha 
majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisoblanadi. 
Ushbu sug‘urta turi sotuvchi yoki bank-kreditor manfaatlarini qarzdorning 
to‘lovga qobiliyatsizlik holatidan himoya qiladi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning barchasida kredit risklarini 
sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular eksport kreditlari 
sug‘urtasini amalga oshiruvchi tizimga va chet el investitsiyalarini sug‘urtalash 
sxemalariga ega. Kreditni qaytara olmaslikdan sug‘urtalash turi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida keng rivojlangan sug‘urta turlaridan biri hisoblanadi. Bu sug‘urta turi 
banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikning kuchayishi bilan 
yanada keng rivojlandi. Bizning mamlakatimizda ham bu sug‘urta turi birmuncha 
rivojlanmoqda, banklar tomonidan xo‘jalik sub’ektlariga berilayotgan kreditlarni 
to‘liq bo‘lmasada ma’lum qismini qaytara olmaslikdan sug‘urtalash amalga 
oshirilib kelinmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi foyda olish. Shuning 
uchun ushbu foydani ololmaslikdan sug‘urtalash muhim hisoblanadi. Foydani 
ololmaslikning sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) stixiyali hodisalar 
tufayli ishlab chiqarish jarayonining buzilishi; 2) bozor kon’yunkturasining 
o‘zgarishi. Bu sabablardan ham sug‘urtalash, kelajakda kutilayotgan foydani 
ololmaslikdan himoyalanishdagi muhim omil sanaladi. Yangi texnikani joriy 
etilayotganda texnik va texnologik risklardan sug‘urtalash ham muhim 
hisoblanadi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish