I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
1.3
 
Sug‘urta tashkilotlarida biznes jarayonini tashkil etilishi 
 
O‘zbekiston sug‘urta bozori Markaziy Osiyoda eng tezkor sur’atlar bilan 
rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir necha yildan beri barqaror 
o‘sish sur’atiga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat 
iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma’lumki, mamlakat moliya sektorining, 
shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan 
chambarchas bog‘langan. Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan 
uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha biznesni sug‘urtalash mamlakatdagi 
umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez ta’sirchan hisoblanadi. O‘zbekistonning 
hozirgi zamon iqtisodiyotida biznesni sug‘urtalash tizimi strategik ahamiyat kasb 
etmokda. Buning boisi sug‘urta tizimining davlat siyosati darajasiga kutarganligi, 
sug‘urta bozorining davlat boshqaruvi idoralari (organlari) tomonidan 
mamlakatning bozor infratuzilmasining ajralmas qismlaridan biri sifatida ko‘rib 
chiqilayotganligidadir. Undan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 
katta e’tibor berilayotganligi va ishlab chiqarishning uzliksizligini ta’minlashga 
qaratilayotgan keng ko‘lamdagi tadbirlarda ham ko‘rishimiz mumkin.


29 
So‘nggi 
yillarda 
biznesni 
sug‘urtalashning 
rivojlanishi 
asosan 
sug‘urtalovchilar soni jadal sur’atlarda ko‘payishi va biznesni sug‘urtalashdan 
tushgan sug‘urta mukofoti hajmi ancha oshishi bilan tavsiflanadi. O‘zbekistonda 
sug‘urta bozorining rivojlanishi davlat miqyosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy 
omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar, milliy sug‘urta 
an’analari va madaniyati hisobga olingan xolda isloh etilgan va milliy sug‘urta 
bozori tashkil topishi va shakllanishi sekin - astalik bilan tubdan o‘zgarib borgan 
va bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan. 
Respublikamiz sug‘urta bozori isloh etilishini birinchi bosqichi (1991-1996 
yillar) sug‘urta bozoriga xususiy sug‘urta kompaniyalarni kirib kelishi va Davlat 
sug‘urtasini transformatsiyasi jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy bazasi bilan qo‘llab-quvvatlangan.
Ikkinchi boskich (1997-2002 yillar) ni bugungi kunda peshqadam bo‘lgan 
sug‘urta bozorining asosiy ishtirokchilari shakllangan bosqich deb atasak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu bosqichda, hukumatimiz rahnamoligida bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga xos yirik sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Bu bosqichni 
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini Davlat tomonidan nazorat qilishni shakllanishi 
bosqichi deb xam atash mumkin. O‘zbekiston sug‘urta bozori shakllanib, 
rivojlanishining uchinchi bosqichi 2002 yil boshida “Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi bilan boshlanib bugungi kunda ham davom 
etmoqda. 
Bu 
bosqichda 
bir 
qator 
sug‘urta 
agentlari 
faoliyatini, 
sug‘urtalovchilarning 
aktivlari 
va 
majburiyatlarini 
tartibga 
soluvchi, 
sug‘urtalovchining rahbariga va bosh buxgalteriga bo‘lgan malaka talablari 
me’yorlari, sug‘urta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy 
natijalarini 
shakllantirishning 
o‘ziga 
xos 
hususiyatlari 
borasidagi, 
sug‘urtalovchilarning alohida sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha majburiyatlari, 
jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p xajmi va to‘lov qobiliyati 
me’yorlarini aniqlashni tartibga soluvchi me’yoriyhuquqiy xujjatlar qayta ishlandi 
va yangilari qabul qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan biznesni sug‘urtalash 
tizimi shakllandi va uning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratildi. Endilikda 


30 
biznesni sug‘urtalashda sug‘urta bozorining professional qatnashchilari erkin 
sharoitda bozorda o‘z mavqeini egallash uchun har doimgidan faolroq harakat qila 
boshladilar. 
Sug‘urtasi biznesi mamlakatimizdagi hali yaxshi rivojlanmagan, lekin 
sug‘urta istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tarmoqdagi ahvol ko‘p 
jihatdan milliy iqtisodiyotda va jamiyatda biznesning rivojlanganlik darajasiga 
bog‘likdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta bozori, xususan biznes 
sug‘urtasi bozoridagi asosiy muammo- talabning etishmasligidir. Respublikamizda 
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun tadbirkorlarga byudjetdan tashqari 
fondlar va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hamda chet el kredit liniyalari va 
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari ajratilmoqda. O‘z o‘rnida bu 
mablag‘larning sug‘urtaviy kafolatini ta’minlash zarurati hosil bo‘lmoqda. Xozirgi 
vaqtda mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta tariflarini ishlab 
chiqish va zaxiralarini shakllantirishda aktuar hisobkitoblarning zamonaviy 
uslublaridan foydalanish qoniqarsizdir. Hali yosh tarmoq bo‘lganligi sababli, bu 
sohada ishlovchi zamonaviy bilim va etarli darajada malakali mutaxassislarning 
etishmovchiligi ham sezilib turadi. Tajribali mutaxassislarning tanqisligi biznes 
sug‘urtasi mahsulotini yaratishdan boshlab, uni sug‘urtalanuvchilarga 
etkazishgacha va undan keyinga jarayonlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Sug‘urta 
bozori professional ishtirokchilar assotsiatsiyasi o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, 
sug‘urta kompaniyalarda kuyidagi mutaxassislarga talab yuqori: sug‘urta 
agentlariga, anderrayterlarga, hamda sug‘urta ekspertlariga. Shuni ham ta’kidlash 
joizki, sug‘urta biznes buyicha mutaxassislarga talab eng yuqori darajada, undan 
so‘ng qayta sug‘urtalash va javobgarlik sug‘urtasi mutaxassislari turadi. Hozirgi 
vaqtda respublikamizda sug‘urta biznesi, MDHning barcha respublikalaridagi kabi, 
bozor tamoyillariga o‘tish bosqichidadir. Shuni aytish mumkinki, sug‘urta biznesi 
mahalliy ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta portfelida munosib 
o‘rinni egallashi va ular to‘plangan xalqaro va mahalliy tajribalarni hisobga olgan 
holda o‘z faoliyatini jadallashtirishlari lozim. O‘zbekiston sug‘urta bozorida biznes 
sug‘urtasi vazifalari, bir shaxs tomonidan emas balki sug‘urta agenti, sug‘urta 


31 
brokeri, sug‘urta syurveyeri hamda adjaster kabi sug‘urta bozorining professional 
ishtirokchilari tomonidan yoki sug‘urta kompaniyalarining professional bilim va 
malakaga ega bo‘lgan xodimlari tomonidan bajarilmoqda. Qaltisliklarni sug‘urtaga 
qabul qilish jarayoni metodik ta’minlanmaganlik va sug‘urta bozori rivojlanib 
borayotgan bir paytda sug‘urta kompaniyalarining biznes sug‘urtasi turlari 
bo‘yicha sifatli sug‘urta mahsulotlarini amalga oshirilishiga bo‘lgan talablari 
kuchayib bormoqda. O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi raqobat, sug‘urta 
kompaniyalari oldiga yangi pog‘onadagi masalalarni qo‘ymokda: qanday qilib 
mijozlarni ushlab qolish, qanday qilib sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish va 
biznes sug‘urtasi rentabelligini kerakli darajasini saqlab qolish. Bungi kunda 
sug‘urta kompaniyalari asosan majburiy sug‘urta turi bilan shug‘ullanib 
qolayotgani hech kimga sir emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes sug‘urtasi 
tadbirkor va biznesmenlarni ish faoliyatini sug‘urtalashda amaliy ko‘makchi 
bo‘lishi lozimdir. Agar sug‘urta kompaniyalari biznes sug‘urtasi mahsulotining 
qanchalik foyda berishini o‘z mijozlariga etkaza olishsa, bu ularning eng 
ommabob sug‘urta mahsulotiga aylanishi aniq. Respublika bo‘yicha sug‘urta 
xizmatlari ko‘rsatish qamrovi yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu 
esa, sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini taklif 
qilishi va mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishi yaxshilanib 
borayotganligidan dalolat beradi. Rejali iqtisodiyot davrida korxonalarning 
aksariyati davlat tasarrufida bo‘lganligi va bu xususiy mulkchilik rivojlanishiga 
to‘sqinlik qilganligi, keyinchalik mulklarni davlat tasarrufidan chiqarilishi 
korxonalarning biznes sug‘urtasiga ya’ni himoyaga ehtiyoji borligini ko‘rsatib 
berdi. Oxirgi yillar davomida tadbirkorlarning sug‘urtaga bo‘lgan munosabatlari 
tobora yaxshilanib, fuqarolarning sug‘urtalovchilarga bo‘lgan ishonchi ortib, 
sug‘urta ishiga jiddiy yondoshilmoqda.
So‘ngi yillarda sug‘urta biznesi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar barcha 
sug‘urta kompaniyalarda o‘zlarining yangi sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta 
mahsulotlarini kengaytirish ustida ish olib borishlariga turtki bo‘ldi. Buning 


32 
natijasida respublikamizning barcha hududlarida agentlik tarmoqlarini moddiy 
texnika ba’zalari mustahkamlandi va mutaxassiclar tayyorlandi.
Sug‘urta bozorida sug‘urtasi biznesini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri, shubhasiz yil davomida sug‘urtalovchilar tomonidan yig‘ilgan sug‘urta 
mukofotlarining hajmi hisoblanadi. Sug‘urta bozorida sug‘urta biznesining 
kengayish hajmini, shuningdek rivojlanish darajasini kuzatish uchun sug‘urta 
mukofotlari hajmi va tarkibi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi turli nodavlat mulkchilik shakllari va 
xususiy manfaatdorlik tushunchalari rivojlanib, sug‘urta biznesining ahamiyatini 
tobora oshirib, ularga bo‘lgan ehtiyoj va talabning ortishiga olib kelmoqda. 
Tahlillarga ko‘ra, respublikamiz bo‘yicha biznesni sug‘urtalash hizmatlari 
ko‘rsatilishi qamrovi oxirgi besh yilda sezilarli darajada oshgan. Bu holat sug‘urta 
kompaniyalarni sug‘urta bozorida biznes sug‘urtasi mahsulotlarini taklif qilishi va 
mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib, biznes sug‘urtasi 
asta sekin rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 
mamlakatimiz sug‘urta bozorining keskin sur’atlar bilan rivojlanib borishiga guvoh
bo‘lmoqdamiz. Buni hukumatimiz tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga 
qaratilgan alohida e’tibor tufayli deyish mumkin. 
Sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi doirasida hukumat 
miqyosida sohaga oid bir nechta qonun va qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, 
sug‘urta bozori ishtirokchilariga faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun keng 
sharoitlar yaratilib berildi. Shu bilan birga, jahon sug‘urta bozori bosib o‘tgan yo‘l 
va O‘zbekiston sug‘urta bozorida to‘plangan tajribaga asoslanib doimiy tarzda 
qonunchilik hujjatlari takomillashtirib borilmoqda. O‘z navbatida, sug‘urta 
tashkilotlari ham bunday e’tiborga javoban respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 
barqarorlashtirishda va tadbirkorlarning ishlash farovonligini yanada oshirishda 
o‘zlarining munosib ulushini qo‘shib kelmokda. 
Biznesni sug‘urtalash turlaridan baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, ishlab 
chiqarish imoratlari va mol-mulkini sug‘urtalash, transport vositalari sug‘urtasi, 
garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash, ipoteka sug‘urtasi, lizinga berilgan mulk 


33 
sug‘urtasi, moliyaviy tavakkalchiliklarda sug‘urtalash kabi qator sug‘urta turlari 
bilan aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda. 
Tadbirkorlar bilan ishlashni faollashtirish va mazkur sug‘urta turlarini 
rivojlantirish borasida bir qator rejali chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, 
bular qatoriga kompaniyada mazkur segmentga oid reklama ishlarini kuchaytirish, 
ommaviy axborot vositalarida reklama roliklarini joylashtirish, kompaniya 
tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan sug‘urta turlari bo‘yicha tahliliy 
materiallar tayyorlash va chop etib borish, sug‘urta agentlarining bevosita 
tadbirkorlar bilan joylarda ishlarini takomillashtirish maqsadida har bir filial va 
bo‘linmalarda plastik kartochkalar orqali hisob-kitob qilish uchun simsiz 
ishlaydigan terminal bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirishni 
kiritish mumkin. 
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarida 
imtiyozlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda 
yuridik va jismoniy shaxslarning biznesini sug‘urtalashda keng qatnashishini 
rag‘batlantirish uchun mol-mulkni va hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash 
bo‘yicha sug‘urta mukofotlari soliqqa tortilmasligi, ko‘rilgan zararlar bo‘yicha 
kompaniya tomonidan to‘langan mablag‘lar soliqqa tortilmasligi, transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta 
mukofotini hisoblashda bir qator sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti 
summasining 50 foizi miqdorida siylov berilishi ko‘zda tutilgan.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish