V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish so’zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 9.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m
VIII.Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.
IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.
X.Yangi dars bayoni: Shpilkali birikma. Shpilkaning uzunligi bolt uzunligi kabi aniqlanadi. Bu birikmada biriktiriladigan detal shpilkaga kiydiriladi. Shuning uchun shpilka uzunligi / ni aniqlashda kiydiriladigan detal qalinligi a, shayba qalinligi h, gayka balandligi H va ehtiyot qism k ning yig'indisi hisobga olinadi (26.1-chizma, a). Bu yerda l{ shpilka uzunligiga kirmaydi.Misol. Shpilka rezbasining diametri d=2A mm va biriktiriladigan detal qalinligi a = 25 mm berilgan. Shpilkali birikmani chizing.
1 . Buning uchun dastlab simmetriya o'qi chiziladi. Unda oldindan aniqlangan shpilka uzunligi / o'lchab qo'yiladi. / oralig'idagi biriktiriladigan detal qalinligi a, shayba va gaykalar o'rni belgilanadi. Shpilka uzunligi ostiga shpilkani burab
kiritiladigan rezbali uchi va shpilka uyasi chiziladi (26.1-chizma, a). Shpilka uyasining oxiriga 120° li konus chiziladi. Bu konus rezba o'yishdan oldin d diametrda ochilgan silindrik teshikning oxirida parmadan qolgan iz hisob-lanadi.
Uyaga shpilkaning uchi burab kiritilgandan keyin uyada 0,5 d zaxira qoladi. Bu yerda uya chuqurligi / = / + 0,5 d = 43 mm ga teng. Shpilka uyasining ustdan ko'rinishi chiziladi va u joy ingichka cniziqda chegaralanadi (26.1-chizma, a).
2. Shpilkaning uyaga burab kiritiladigan holati chiziladi. Yig'ish chizmasida rezbalarning bir-biriga kirib turishida doimo rezbaning katta diametri kontur chiziqda tasvirlanadi. Ya'ni, rezbaning tashqi diametri asosiy yo'g'on tutash chiziqda chiziladi. Rezbali teshik sterjenga o'yilgan rezba bilan almashadi (26.1-chizma, b). Shpilka uchi rezbasigacha burab kiritiladi. Shuning uchun uya chegara tekisligi chizig'i bitta chiziqda tasvirlanadi
3. Biriktiriladigan detal, shayba va gaykalar chiziladi. Gaykaning faskasi, detal va shpilka sterjeni oralig'ida tirqish (zazor), shpilka faskalari chiziladi. O'lchamlari qo'yiladi va chizma taxt qilinadi (26.1-chizma, d).
Shpilkali birikmani ham ikkita ko'rinishda shartli soddalashtirib tasvirlash mumkin (26.1-chizma, e).
Do'stlaringiz bilan baham: |