Aylanani teng besh ЬоЧакка bo4ish. Aylana radiusi OA teng ikkiga bo‘lib olinadi. Buning uchun A nuqtadan sirkulda aylana radiusiga teng yoy bilan aylana kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan В va С nuqtalar tutashtiriladi, shunda OA radiusda E nuqta aniqlanadi. E nuqta OA radiusni teng ikkiga bo‘ladi (8.5- chizma, а). E nuqtadan El radiusda yoy chizilsa, gorizontal markaz chiziqda К nuqta hosil bo‘ladi. 1 va К nuqtalar tutashtirilsa, aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi kesma, ya’ni aylananing beshdan bir bo‘lagi (vatari) hosil bo‘ladi (8.5-chizma, b). IK kesma bilan aylana chizig‘i beshga bo‘lib chiqiladi (8.5-chizma, d). Barcha nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, beshburchak yasaladi (8.5-chizma, e).Aylanani transportir yordamida ham teng besh bo‘lakka bo‘lib chiqish mumkin. Ma’lumki, aylana 360° ga teng. Aylanani beshga bo‘lmoqchi bo‘lsak 360:5=72° li markaziy burchak hosil bo‘ladi. Aylana markazi О dan boshlanuvchi bu markaziy burchaklarni transportir yordamida yasash mumkin.Aylanani teng yetti ЬоЧакка bo4ish. Bu yerda aylanani teng uchga bo‘- lishdagi usul qo‘llaniladi. Muntazam uchburchak bir tomonining teng yarmi muntazam yettiburchakning bir tomoniga to‘g‘ri keladi (8.6-chizma, a). Yoki aylanani teng beshga bo‘lishdagi usuldan ham foydalanish mumkin. Undagi BE kesma muntazam yettiburchaklikning bir tomoniga to‘g‘ri keladi (8.6-chizma, b). Yoki aylanani o‘zaro teng oltiga bo‘lishdagi usuldan foydalaniladi. Buning uchun aylananing gorizontal va vertikal markaz cliiziqlari cliizib olinadi hamda undagi A va В nuqtalardan aylana radiusiga teng yoylar chiziladi. Bu yoylaming aylana bilan kesishgan CvaE nuqtalari o‘zaro tutashtiriladi (8.7-cliizma, а). 1- nuqtadan aylana cliizig‘iga OF kesma sirkulda 7 marta o‘lchab qo‘yilsa, aylana teng yetti qismga bo‘linadi (8.7-chizma, b). Hosil qilingan hamma nuqtalar o‘zaro ketma-ket tutashtirilsa, muntazam yettiburchak yasaladi (8.7-chizma, d).usul. Muntazam ko‘pburchaklarni faqat sirkulda yasash ham mumkin. Masalan, AB kesmaning A va В nuqtalaridan AB ga teng radiusda yoylar chizilsa, ular o‘zaro kesishadi. A va В nuqtalar С bilan tutashtirilsa, muntazam uchburchak yasaladi (8.8-cliizma, a).Muntazam oltiburchak yasash uchun A va В nuqtalardan 60° burchakda chiziqlar chiziladi va ularga AB ga teng kesmalar o‘lchab qo‘yilib, С va D bilan belgilanadi. Uning yuqori qismi ham shu tartibda bajarilishi mumkin (8.8- chizma, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |