I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish



Download 0,89 Mb.
bet102/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi.
Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari:
tovar kelib tushadigan bojxona organiga jo‘natuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda va yo‘nalishlar bo‘yicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan bo‘lsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi;
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi;
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, o‘zgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng ko‘p muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun — o‘n kalendar kundan;
temir yo‘l transporti uchun — ikki ming kilometr uchun o‘ttiz kalendar kundan.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yo‘nalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat doirasida jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan so‘roviga ko‘ra oraliq bojxona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi.
Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonunchilik bilan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.
(218-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish