I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish



Download 1,21 Mb.
bet186/189
Sana10.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#950335
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
Bog'liq
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini o‘z ichiga olgan joylar ushbu joylarning xususiyatini ko‘rsatadigan ko‘zga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega bo‘lishi kerak.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi jo‘natilgan joyiga qaytarib yuboriladi.
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar yoki tovarlar bo‘lishi kerak.
58-bob. Chet ellik boshqa shaxslar uchun bojxona imtiyozlari
400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari
Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari o‘z shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni o‘zaro kelishuv asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdan va bojxona to‘lovlari to‘lanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari a’zolari uchun bojxona imtiyozlari
Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek o‘zaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining a’zolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu bo‘limda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh bo‘lib kelgan oila a’zolariga ham beriladi.
402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida o‘tadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya a’zolari uchun bojxona imtiyozlari
Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida o‘tayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi.
403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila a’zolari uchun bojxona imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish