I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona yig‘imlari



Download 1,21 Mb.
bet136/189
Sana10.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#950335
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
Bog'liq
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

291-modda. Bojxona yig‘imlari
Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;
dastlabki qarorni qabul qilish;
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnomalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(291-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(291-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish;
yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi.
Bojxona yig‘imlarining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
292-modda. Boj tarifi. Bojxona bojlari qo‘llanilayotgandagi tarif kvotalari
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin.
Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qo‘llaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir.
Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash usullari va tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(292-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish