I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi



Download 1,21 Mb.
bet135/189
Sana10.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#950335
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189
Bog'liq
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi.
Bojxona brokeri yoki o‘z shtatida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis mavjud bo‘lgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs o‘rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
VIII bo‘lim. Bojxona to‘lovlari
42-bob. Asosiy qoidalar
289-modda. Bojxona to‘lovlarining turlari
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
(289-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
290-modda. Bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi.
Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda to‘lanadi.
Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladi.
(290-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinadi.
(290-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish