I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi



Download 197,85 Kb.
bet88/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

215-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi.
Apellatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno.
216-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 136-moddasi.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 35, 36-moddalari.
217-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
Sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tekshirishi shart.
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200, 201, 208, 215-moddalari.

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish