I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Dalillar va isbotlash



Download 197,85 Kb.
bet29/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

7-bob. Dalillar va isbotlash
65-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74, 76, 85 — 88-moddalari.
66-modda. Isbotlash
Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 78-moddalari.
67-modda. Isbotlash majburiyati
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ma’muriy organlarning nizolashilayotgan hujjatlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘zining arz qilingan talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida ochib berishi kerak.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli.
Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o‘zida ushlab turgan va sud so‘rovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65, 66, 68 — 78-moddalari.

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish