I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI
TIZIMI
Yangi industrial jamiyat nazariyasi amerikalik iqtisodchi Dj. Gelbreyt tomoni-
dan yaratilgan. U murakkab va takomillashgan texnikani amaliyotda qo‘llash kapi-
talizmning qayta ichki rivojlanishiga, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish,
yaxshi tashkil etilgan xizmatlar tizimiga erishish va avvalgi ijtimoiy ziddiyatlar-
ni yumshatish imkonini beradi, degan g‘oyani isbotlashga hararakat qiladi. Uning
fikricha, hozirgi kapitalizm iqtisodiy tizimi turlicha ikki sektor — «rejali tizim»
va «bozor tizimi»ning majmuasidan iborat.
Postindustrial jamiyat nazariyasi. Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga
ko‘ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:
• tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko‘rsatishga o‘tish;
• bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi;
• nazariy bilimlarning yetakchiligi;
• texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘nal-
tirilishi;
• yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayoni
ning ta’minlanishi.
D. Bell «industrializm» inqirozidan chiqish yo‘lini «postindustrial tendensiya-
larni» rivojlantirishga madaniyat va din o‘rtasidagi uzilgan aloqalarni tiklash orqa
li erishish mumkin, deb hisoblaydi.
Postindustrial jamiyat haqidagi g‘oyalarning boshqa
variantini amerikalik
sotsiolog va futurolog A. Tofflerning superindustrializm nazariyasida ko‘rish
mumkin. U zamonaviy jamiyatda yuz berayotgan, murakkab va turli xil o‘z-
garishlar jarayonlarini industrializmning falokati va «yangi sivilizatsiya»ning
dunyoga kelishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Bunday «o‘tish davrini» u
tari-
xiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan «o‘zgarishlar to‘lqini» nazariyasi
bilan tushuntiradi.
Yagona sivilizatsiya haqidagi ijtimoiy-madaniy nazariyaning asosida barcha
mamlakatlarning yagona siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim, ya’ni liberal demok-
ratiyaga qarab asta-sekinlik bilan harakatlanish g‘oyasi yotadi. Ushbu nazariya
ning zamonaviy tarafdorlari bunday tizimga liberallashuv natijasida G‘arb erish-
gan, boshqa mamlakatlar ham bunga erishadi va butun dunyo yagona jamiyatga
aylanadi, deb ta’kidlashadi.
Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mam-
lakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
kuchaytirib, chegaralarni yo‘qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e’tibor
qaratadi. Ushbu kuch iqtisodiyotlarni baynalminallash boiib, globallashuvga ayla
nadi va uning transmillaylashuvi hamda integratsiyalashuvi orqali namoyon bo‘la-
di. Bu modernizatsiyalashuv tufayli G‘arbda dastlab vujudga kelgan hozirgi zamon
industrial va postindustrial jamiyatlar uchun xos belgilar jahonning boshqa mam
lakatlari uchun ham xos boiadi.
Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattington-
ga tegishli bo‘lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urush-
dan» keyin yanada ko‘p qutbli bo‘ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tash
kil topadi: G‘arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin ame-
rikasi. Ushbu nazariyaga ko‘ra oxirgi vaqtlarda jahon iqtisodiyotida G‘arbning roli
pasayib, Osiyo sivilizatsiyalarining o‘rni esa sezilarli darajada ortib boradi. Sivili
zatsiyalar o‘rtasida sivilizatsiyalar tarkibidagi aloqalar sivilizatsiya markazi hisob-
langan mamlakatlarga tomon tortilib, kuchayib boradi. Natijada istiqbolda dunyo
yagona sivilizatsiyadan emas, balki turli sivilizatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasida o‘xshash va farqli jihatlar mavjud boiadi.
22