I BO'LIM.
JAHON XO'JALIGI TIZIMI
1-BOB. JAHON XO‘JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA
KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
1.1. Jahon xo‘jaligining mohiyati
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin1. Keng ma’noda
jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim hisoblansa,
tor ma’noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqti
sodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqti
sodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsu
lotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko‘p-
roq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz.
Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari
yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlash-
tirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqti
sodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir (1.1.1-rasm).
1.1.1-rasm
Jahon iqtisodiyotining mohiyati va tarkibi
Mamlakatlar guruhlanish sabablari
Iqtisodiy rivojlanish darajasi
Iqtisodiy o'sish tipi
Iqtisodiyotning ijtimoiy tarkibi
Tashqi iqtisodiy aloqalarxarakteri va b.
«Jahon iqtisodiyoti» tushunchasidan «xalqaro iqtisodiyot» tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqti
sodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
1 Jahon xo'jaligi, umumjahon xo'jaligi sinonimlar sifatida ishlatiladi.
15
I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI TIZIMI
Jahon iqtisodiyotining subyektlari.
Jahon xo‘jaligi tizimini sodda holda uning
tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘-
rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyot-
lar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqti-
sodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqti
sodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosim-
ning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqa-
ridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun
ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakat
larda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Shunga qara
masdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyi pasayib bormoq-
da. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning
umumiy mexanizmi bilan uyg‘unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (jum-
ladan, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda hukumat o‘z kom-
paniya va fuqarolari talablaridan emas, balki aksariyat hollarda xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar va xorijiy TMKlar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda.
Avvallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firma-
lar shug‘ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor hisoblan-
gan. Ammo oxirgi o‘n yillikda ularning ko‘pchiligi TMKlar darajasiga ko‘tarilishdi
va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi.
Natijada TMKlar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanish-
di va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to‘g‘ri kelmoq-
da. TMKlarning aksariyat qismi o‘z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashlari-
ga qaramasdan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanishadi.
Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun
manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo‘jalik subyektla
ri sanalishadi. Shu bilan birga TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot
manfaatlari bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan globallashuv jarayonining
chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon xo‘jali-
gining boshqa subyektlariga ta’siri ortib bormoqda.
TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o‘zaro birla-
shib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashma
lar jahon xo‘jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba’zilari, jumladan Yevropa
Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o‘z a’zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo
ko‘pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin
savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o‘z a’zolari milliy iqtisodiyotiga kuch
li ta’sir ko‘rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan
rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa
ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning
soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi
katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Boshqa mamlakatlar tovarlar, xizmatlar,
kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o‘tilgan mamlakatlarga bog‘liqligi sababli
xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur. Shu bilan bir vaqtda
globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kucha
yishiga olib kelmoqda. Shu sababli milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlar-
ga a’zo bo‘lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a’zolik ko‘p-
lab iqtisodiy muammolarni ko‘ptomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini
16
1-BOB. JAHON XO'JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan
kichik va o‘rta mamlakatlarga nisbatan) kuchli subyektlariga aylanib borishmoqda.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri — jahon iqtiso
diyotining rivojlanishi to‘g‘risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Amaliyotda Xalqaro valyuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Umumjahon
banki guruhi (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report),
Umumjahon savdo tashkiloti (UJST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlar
ning nashrlari keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |