I bo‘lim. Iqtisodiy tahlil nazariyasi


 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana17.07.2022
Hajmi372,79 Kb.
#817548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

1.4. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha
Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayo-
nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizi-
miga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish 
uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun 
tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun 
ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga 
ega, chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar 
o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning 
faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.
Fan
- texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika 
hamda texnologiya bilan ta’minlash, modernizatsiya qilingan ishlab 
chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘ja-
lik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g‘oyalar 
bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu 
asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda 


33
oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ba-
jarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda 
muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida 
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-mu-
rakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rga-
nadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga 
olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – 
ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olgan 
holda o‘rganadi. 
Fanning predmeti, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob 
berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. 
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan 
bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik 
faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi, lekin har bir iqtisodiy 
fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat 
shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi 
lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi 
uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. 
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan 
obyektning xo‘jalik faoliyatidir, ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliya-
viy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menej-
ment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. 
Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu 
jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga 
tegishli predmetini aniqlab olish lozim. 
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ammo bu jarayonlarning sodir 
bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir 
bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes-rejasida ko‘zda tutilgan 
ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan 
hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statis-
tika» kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum 
davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z 
aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan 
hujjatlarga asoslanadi. 


34
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyot-
larda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, 
iqtisodchi olim M.Q.Pardayev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif 
bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) 
va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va 
bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbayida 
ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va 
yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». 
Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyida-
gicha ta’rif berishni lozim deb topdik.

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish